O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2021 yil 02 aprel kunidagi “ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy


jamoat tartibini ommaviy buzish bilan bog‘liq holatlar yuzaga kelganda



Download 83 Kb.
bet5/7
Sana31.12.2021
Hajmi83 Kb.
#198545
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
LOTIN

jamoat tartibini ommaviy buzish bilan bog‘liq holatlar yuzaga kelganda poytaxtdagi barcha ichki ishlar organlari faoliyatini, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha vakolatli davlat organlari va jamoat tuzilmalari kuch va vositalarining yagona tezkor boshqaruvi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi zimmasiga, umumiy boshqaruvi ichki ishlar vaziri zimmasiga yuklatiladi.

  1. YAgona "poytaxt mintaqasi" tamoyili asosida ishlarni samarali tashkil etish maqsadida Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlarining hamraisligida Jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi o‘rinlarda - Kengash) tashkil etilsin.

Belgilansinki:

Toshkent shahar va Toshkent viloyati Milliy gvardiya boshqarmalarining boshliqlari Ksngash raisining o‘rinbosarlari hisoblanadi;

Kengash yig‘ilishlari har oyda kamida bir marotaba o‘tkaziladi hamda ularda poytaxt mintaqasida kriminogen va ijtimoiy vaziyatni tahlil qilish natijasida aniqlangan muammolarni o‘zaro hamkorlikda hal etish bo‘yicha manzilli choralar belgilanadi.

Ichki ishlar vaziri P.R.Bobojonov, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.M.Jo‘raev mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir hafta muddatda Kengash tarkibini tasdiqlasin, ichki ishlar vazirining o‘rinbosari A.I.Ikramov Kengash faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rsin.



  1. Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzurida YAgona tezkor boshqaruv markazini (keyingi o‘rinlarda - Markaz) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

poytaxt hududida kriminogen va ijtimoiy vaziyatni uzluksiz monitoring qilish, jamoat xavfsizligini ta’minlashga jalb etilgan ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Toshkent shahar hokimligining tegishli kuch va vositalarini boshqarish;

jinoyat, hodisalar va favqulodda holatlar haqidagi xabarlarga tezkorlik bilan munosabat bildirish, jamoat tartibini ommaviy buzish bilan bog‘liq holatlar yuzaga kelganda vakolatli idoralarning harakatlarini markazlashgan holda muvofiqlashtirish.


  1. Ish unumdorligini oshirish maqsadida shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2021 yil 1 iyuldan boshlab, shaxslarni profilaktik hisobga olishning elektron tizimi joriy etiladi.

Ichki ishlar vazirligi (N.S.Turaxo‘jaev, A.I.Ikramov):

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.A.Pekos) bilan birgalikda joriy yilning birinchi yarmi yakuniga qadar elektron tizimining dasturiy ta’minoti ishlab chiqilishi va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimiga joriy etilishini ta’minlasin;

Adliya vazirligi (R.K.Davletov) bilan birgalikda bir oy muddatda profilaktik hisobga olinadigan shaxslar ro‘yxatini qisqartirish bo‘yicha takliflarni kiritsin.


  1. Ichki ishlar vazirligi va Xalq ta’limi vazirligining "Xavfsiz ta’lim muassasasi" tamoyili asosida voyaga etmaganlar orasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo‘yicha manzilli choralarni nazarda tutuvchi quyidagi takliflari ma’qullansin:

tuman, shahar ichki ishlar organlari tarkibida 2 000ta shtat birliklaridan iborat voyaga etmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog (keyingi o‘rinlarda - inspektor-psixolog) lavozimlarini joriy etish hamda ularning bevosita xizmat o‘tash joyi etib umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini belgilash;

inspektor-psixologlar zimmasiga har bir o‘quvchi kesimida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida psixologik mux,itni yaxshilash, voyaga etmaganlar orasida qonunbuzilishlarga murosasiz munosabatda bo‘lish hissini shakllantirish, muammoli o‘quvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlash vazifalarini yuklash.

Belgilab qo‘yilsinki, 2021 yilda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 2 000ta psixolog shtat birligini joriy yilning 1 iyulidan qisqartirish evaziga 1 100 ta inspektor-psixolog shtat birligi kiritiladi va 2022 yilda qo‘shimcha 900 ta shtat birligini kiritish orqali ularning soni 2 000 tagacha etkaziladi.

Moliya vazirligi (T.A.Ishmetov) 2021 yil 1 dekabrga qadar qo‘shimcha kiritilayotgan 900 ta inspektor-psixolog shtat birligini moliyalashtirish manbalarini aniqlasin.

Xalq ta’limi vazirligi (SH.X.SHermatov), Ichki ishlar vazirligi (A.I.Ikramov) 2021 yil 1 sentyabrga qadar inspektor-psixologlar uchun umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida maxsus jihozlangan xizmat xonalarini tashkil etish choralarini ko‘rsin, shuningdek, Vazirlar Mahkamasiga ularning faoliyatini tartibga soluvchi nizomni va samaradorlik indikatorlarini tasdiqlash uchun kiritsin.


  1. Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti (keyingi o‘rinlarda - Jazoni ijro etish departamenti) to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofik,tasdiqlansin.

Ichki ishlar vazirligi (N.S.Turaxo‘jaev, R.A.Tursunov) 2021-2023 yillar davomida jazoni ijro etish tizimini raqamlashtirish orqali sohada inson omilini istisno etish va jazoni o‘tashning tartibotini ta’minlash maqsadida:

jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida qat’iy intizom va qonuniylikni ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, shuningdek, mahkumlarni saqlash holati ustidan nazorat olib borish jarayonlarini to‘liq avtomatlashtirish;

jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlar, shu jumladan ularning qarindoshlari tomonidan qonun bilan taqiqlanmagan buyumlarni erkin bozor mexanizmlariga asoslangan elektron do‘konlar orqali sotib olish imkoniyatini yaratish;

mahkumlarni qayta tarbiyalashning taktikasini to‘g‘ri belgilash va ular tomonidan huquqbuzarlik sodir etilishining barvaqt oldini olish maqsadida har bir mahkumning xulq-atvori va shaxsi haqidagi ma’lumotlar elektron bazasini yuritish va uning asosida mahkumlarni taqsimlash jarayonini to‘liq raqamlashtirish choralarini ko‘rsin.



  1. Mahkumlarni mehnatga jalb qilish orqali qayta tarbiyalash va sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish maqsadida mavjud shtat birliklari doirasida quyidagi lavozimlar kiritilsin:

Jazoni ijro etish departamenti boshlig‘ining axborot texnologiyalari xdmda ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosarlari;

jazoni ijro etish muassasalari boshliqlarining ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha o‘rinbosari.

Belgilansinki:

joriy etilayotgan lavozimlarga ishlab chiqarish, marketing va axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislikka x,amda zarur tajribaga ega shaxslar tayinlanadi, shuningdek, ularga mehnat bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, Jazoni ijro etish departamentining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha to‘lovlar amalga oshiriladi;

jazoni ijro etish muassasalari huzuridagi davlat unitar korxonalari jazoni ijro etish muassasalarining yuridik shaxs hisoblanmagan va byudjetdan tashqari faoliyatni amalga oshiradigan ishlab chiqarish bo‘linmalari sifatida qayta tashkil etiladi;

jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyatidan kelib tushadigan mablag‘lar mazkur sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va talab yuqori bo‘lgan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga yo‘naltiriladi.



  1. Vazirlar Mahkamasi va Ichki ishlar vazirligining 2021 yil yakuniga qadar ichki ishlar organlari faoliyatiga raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin:

ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining elektron ma’lumotlar bazalarini yagona platforma negizida birlashtirish asosida "E-ichki ishlar organlari" markazlashgan axborottizimini yaratish;

ichki ishlar organlarining barcha axborot tizimlarini integratsiya qilish va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligining Ma’lumotlarni qayta ishlash yagona markazini yaratish.

Ichki ishlar vazirligi (N.S.Turaxo‘jaev) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O.A.Pekos) bilan birgalikda bir oy muddatda ichki ishlar organlarining faoliyatini bosqichma-bosqich to‘liq raqamlashtirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va kiritsin.


  1. Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilab qo‘yilsinki, Konsepsiyani amalga oshirish doirasida:

ichki ishlar organlari xodimlarining ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish ishlari "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz!" konseptual g‘oyasi asosida tashkillashtiriladi;

ichki ishlar organlarining xodimlarida mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish kabi oliy mas’uliyat tuyg‘usini shakllantirish maqsadida har bir hududiy ichki ishlar organlarida "vatanparvarlik burchagi" tashkil etiladi;


Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish