ma’naviy-ma’rifiy ishlar ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan ishlash sohasining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanadi.
Ichki ishlar vazirligi (P.R.Bobojonov), Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi (M.M.Xojimatov) boshqa manfaatdor idora va tashkilotlar bilan birgalikda ichki ishlar organlarida ma’naviy- ma’rifiy ishlarni yuqori saviyada tashkil etish choralarini ko‘rib borsin.
Belgilansinki, mazkur qaror bilan amalga oshirilayotgan tashkiliy-shtat o‘zgarishlariga muvofiq ichki ishlar organlari xodimlarining tizimda egallab turgan lavozimi bo‘yicha pul ta’minoti va ijtimoiy imtiyozlar ular lavozimga qayta tayinlanguniga yoki pensiyaga chiqquniga qadar, biroq uch oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga saqlab qolinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ichki ishlar vazirligi:
Do'stlaringiz bilan baham: |