O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi



Download 121,92 Kb.
bet28/38
Sana12.09.2021
Hajmi121,92 Kb.
#172537
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
Bog'liq
Мурожаатнома 29.12.2020

Uchinchidan, mahalliy ijro organlari, vakillik idoralari hamda mahallaning institusional asoslarini yanada takomillashtirish lozim.

Mahalliy hokimlik va kengashlar bundan 27 yil avval, ya’ni, hokimlik instituti joriy etilgan dastlabki paytda qabul qilingan Qonun asosida ishlamoqda. Bu hujjat bugungi islohotlarimiz talablariga mutlaqo javob bermasligini hisobga olib, uni tubdan yangilash zarur.

Islohotlarimiz natijalari, bo’layotgan o’zgarishlar va aholining kayfiyati avvalo mahallada seziladi. Shu ma’noda, “mahalla – jamiyatimizning yorug’ yuzi va vijdoni ko’zgusi”, desak, to’g’ri bo’ladi. Shuning uchun barcha darajadagi rahbarlar pastga tushib, o’z sohasi bo’yicha mahallalardagi muammolarni o’rganishi va ularga yechim topishi, odamlar sezadigan natijani ta’minlashi shart.

Bundan buyon mahalladagi ishlarning ahvoli vazirlik, idoralar va hokimliklar ishini baholashda bosh mezon bo’ladi.

Shuningdek, mahallaning nufuzini, uning resurs va imkoniyatlarini oshirish, xodimlarining moddiy ta’minotini yaxshilash bo’yicha dastur ishlab chiqish zarur.

Joriy yilda tumanlar byudjetiga qo’shimcha manbalarning kamida 10 foizini bevosita mahalladagi muammolarni hal etishga sarflash bo’yicha ishlarni boshlab, bu maqsadlarga 70 milliard so’m ajratildi. Endi bu vakolatni yanada kengaytirib, tuman byudjeti xarajatlarining 5 foizini ham ana shunday maqsadlarga yo’naltirish bo’yicha yangi tartib joriy etiladi.

Buning natijasida bu yangi eksperiment orqali birgina G’ijduvon tumanida 8 milliard so’m yoki Farg’ona shahrida 11 milliard so’m mablag’ aynan aholi dolzarb deb hisoblaydigan muammolarni hal etish uchun sarflanadi.

Mahalla raisi va uning o’rinbosarlari vakolatlarini kengaytirib, ularga aholi muammolarini bevosita hal qilish imkonini yaratishimiz kerak. Bunda mahalla raisiga mahalliy kengash majlisida ko’rilishi majburiy bo’lgan masalalarni kiritish huquqini berish lozim. Bu orqali muammolarni tezkor hal qilishga erishish imkoniyati yaratiladi.

Mahallada ishlayotgan malakali va tashabbuskor kadrlarni davlat idoralari rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimi yo’lga qo’yiladi.

Qonunchilik palatasi va Senat, Vazirlar Mahkamasi bilan birga 2021 yil 1 aprelga qadar mahalliy ijro va vakillik organlari hamda mahalla instituti faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid yangi qonun loyihalarini ishlab chiqsin. Ushbu hujjatlarda hokimlar, ularning o’rinbosarlari va maslahatchilarining vakolat chegarasi, vazifa va funksiyalari aniq belgilanishi lozim.




Download 121,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish