O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi



Download 121,92 Kb.
bet30/38
Sana12.09.2021
Hajmi121,92 Kb.
#172537
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
Bog'liq
Мурожаатнома 29.12.2020

Beshinchidan, islohotlarimiz samarasini har bir inson o’z hayotida his etishi uchun qabul qilinayotgan hujjatlar ijrosini o’z vaqtida va samarali ta’minlash lozim.

So’nggi 4 yilda barcha sohalarda keng ko’lamli o’zgarishlarni amalga oshirish bo’yicha 150 ta qonun, 2 mingga yaqin farmon va qarorlar qabul qilindi. Lekin joylarda barcha rahbarlar ham ushbu hujjatlar mazmun-mohiyatini tushunib, berilgan imkoniyatlardan foydalanmoqda, aholi va tadbirkorlarga zarur shart-sharoit yaratmoqda, deb ayta olmaymiz.

Amaldagi nazorat tizimi esa ko’proq formal tusga ega bo’lib, ijroni tashkil etishdagi muammolarni aniqlash va hal qilishga yo’naltirilmayapti. Shuning uchun kelgusi yilda bu borada yangi ish tizimi joriy etiladi.

Endi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarma va bo’limlarining asosiy vazifasi qabul qilingan hujjatlarni mas’ullarga yetkazish, tushuntirish, amaliyotda qo’llashga ko’maklashish va nazorat qilishdan iborat bo’ladi. Shu maqsadda Adliya vazirligiga zarur vakolat va resurslar beriladi.

Shuningdek, qabul qilingan hujjatlar ijrosini tashkil etishda jamoatchilik ishtiroki va nazorati keng yo’lga qo’yiladi. Jumladan, “jamoatchilik eshituvlari” va “jamoatchilik monitoringi” tizimi joriy qilinadi. Bu jarayonga fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolar ham faol jalb etiladi.

Shuningdek, tahlillar asosida ijroga xalaqit berayotgan ortiqcha vazifa va funksiyalar qisqartiriladi.

Davlat idoralaridagi ijro sifati va holatini viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari kengashlarida, respublika darajasida esa – Vazirlar Mahkamasida har oyda tanqidiy muhokama qilib borish amaliyoti joriy etiladi.

Hukumat Adliya vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan birga bir oy muddatda ushbu tizimni joriy etish bo’yicha zarur chora-tadbirlarni belgilasin.

Adliya vazirligi barcha ommaviy axborot vositalari, jumladan, televideniye orqali “Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda”, degan mavzuda ko’rsatuv va chiqishlar tashkil etib, xalqimizga islohotlar mohiyati va natijalarini yetkazib borish tizimini joriy etsin.


Download 121,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish