1Бартольд В.
Г еок-тепе. И зб. произв. в 9-том ах. М .. 1995, 3-том, стр. 399.
- В оенн ы й сборн и к. С П б , 1882, № 6, стр. 27.
218
www.ziyouz.com kutubxonasi
qiladi: «Janob Marvin bilan suhbat chog‘ida general Skobelev
0 ‘rta Osiyoni bo ‘ysundirish haqida o ‘z qarashlarini ochiqdan-ochiq
quyidagicha ifodaladi: «Gap shunday, janob Marvin. Faqat bulami
gazetangizda bosib chiqara ko‘rmang. Jahon jamoasi nazarida
g ‘irt yovvoyiga aylanib qolishni istamayman. Mening aqidam
shunday: Osiyoda osoyishtalik o ‘matish masalasi to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri
odamlaming qancha ko‘p qirilishiga bog‘liq. Zarba qanchalik kuchli
bo‘lsa, dushman shunchalik tez bo‘ysunadi. Biz K o‘ktepada 20000
turkmanni o ‘ldirdik. Tirik qolganlar bu saboqni bir umr unutmaydi-
gan b oiadi». So‘ng ikki o ‘rtada boshqacha suhbat b o id i. Marvin:
«Umid qilamanki, bu aqidalaringizning bosib chiqarilishiga ruhsat
berasiz. Rasmiy axborotingizda Siz hujum va ta ’qib paytida har
ikki jinsga mansub 8000 dushman o id irildi, deb yozgansiz. Shu
to‘g ‘rimi?»
General Skobelev: «To‘p pa-to'g‘ri. Ulami sanashganda roppa-
rosa 8000 odam chiqdi».
Marvin: «Bu m aiu m ot Angliyada juda ko‘p shov-shuvga sabab
b o id i, sababi, Sizning askarlaringiz erkaklar bilan bir qatorda
ayollami ham oidirishgan ekan».
General Skobelev: «Bu ham mutlaqo to‘g ‘ri, o ig a n lar orasida
ko‘plab ayollar bor edi. Yolg‘on gapirish tabiatimga to ‘g ‘ri kelmaydi.
Shuning uchun axborotimda har ikki jinsga mansub deb ochiq
yozganman».
Marvin so‘zida davom etib mana bulami yozadi: «Bu xususda
shuni aytishim lozimki, Skobelev men bilan suhbat ch o g id a
«K o’plab ayollar o idirildi. Askarlar duch kelgan odamni qilich bilan
chopib tashlayverishdi», deb tan olgan edi. Boshqa diviziyadagilar
hech kimga shafqat qilishmadi: askarlar xuddi mashinadek ishlab,
xalqni qilich bilan rosa burdalashdi». Kapitan Maslov: «Axaltakaning
bo‘ysundirilishi» nomli asarida hujum boiad ig an kuni erta tongda
hech kimni asir olmaslik haqida buyruq b o ig a n edi», deb guvohlik
beradi. U chor askarlarining yovuzliklarini o ‘ta «maydalashtirib»
koisatadi». Ular qarshilik ko‘rsatayotgan yoki jonini asrash uchun
qochib ketayotganlaming qovurg‘asiga, qomiga nayza sanchdilar,
tikkasiga otishar, yo boshiga qo‘ndoq bilan tushirishar,... hatto
ko‘pchilik miltiqlaming qo‘ndog‘i yorilib ketgan edi...»
General Skobelev dahshatli q irg in b o iish in i oldindan yaxshi
bilgan va bunga puxta tayyorgarlik ko'rgandi. U yurishga otlanishdan
avval imperator huzurida b o ia d i va Aleksandr II dan: «Bironta ham
jurnalist safarda qatnashmasligi kerak», - deb qattiq iltimos qilgan-
219
www.ziyouz.com kutubxonasi
di. Aleksandr 11 «На, mayli, shunday b o isin » deb general Skobelev
iltimosini m a’qullagan1.
A.N.Kuropatkin yozadi: «Q al'a ichiga nazar tashlash dahshatli
edi. Behisob oMiklar bir necha kundan beri uyilib yotardi. Ba’zi
kul-balar murdalarga to'lib ketgandi». Turkman xalqim «Er yuzi-
dagi qora dog‘» deb hisoblagan kalondimog‘ zobit N.I. Grodekov
qo'-shim cha qiladi: «Dushman qamal paytida miltiq va zambarak
o'kdaridan qay darajada dahshatli talafot ko'rganini q al’ani egal-
laganimizdan keyin bildik. Q al’a ichidagi b a ’zi uylarda hatto o il
beshtagacha o iik yotar edi...»: .
Jang arafasida Skobelev: «To'kilgan har tomchi rus qoni
uchun dushman qonini daryodek oqizaman», - deb maqtangan edi.
U Ko'ktepada jon berayotgan mullaning «8000 begunoh odamni
o'ldirganing uchun vijdon azobida qolmaysanmi?!» - deb bergan
savoliga yuzsizlik bilan. «Yo'q! 80000 boim aganiga achina-
man!» - deb javob bergan edi. U hatto shunday gaplarni ham aytgan
edi: «O chig'ini aytsam, urushni yaxshi ko‘raman. Har bir millat o ‘z
hududini tabiiy chegaralargacha kengaytirish huquqiga ega va bu
qonuniydir. Biz slavyanlar, albatta, Bosfor va Dardanelni egallashi-
miz zarur, aks holda har qanday «tarixiy ahamiyatimizni» yo'qota-
miz. Agar q o iim iz bu bo'g'ozlargacha yetmasa, yerlarimiz qancha-
lik cheksizligiga qaramay, biz halok boiam iz».
«...Men buni k o iib . his qilib turibman. Bashorat qilib aytaman-
ki, slavyanlar bir kuni Germaniyani ham eydi»3.
General Skobelev o'taketgan shovinist odam edi. Mana uning
orzulari: «Nemislarga aslo toqat qila olmayman», «Buyruq b o isa ,
xuddi taka-turkmanlami qanday o id irg an b o isam , ryazanlik mujik-
lami ham shunday xotirjamlik bilan otib tashlayveraman».
«Rossiya bosqini toshqin daryodek oqib, quturib, hamma yoqni
toptab bormoqda. Asriy saltanatlar emirilmoqda: bir tomonda Eron,
bir tomonda Turkiya qaltirab turibdi. Bu qudratli bosqinni to ‘xtata
oladigan m o'jizaviy bir kuch olamda bormikan?»
Mana, oradan bir asrdan ziyod vaqt o ‘tdi. Ammo «karomatgo‘y»
general Skobelevning bu «orzulari» amalga oshmadi. Turkiya, Eron,
Afg'oniston, Hindistonni bosib olishga chor Rossiyasining «qud
ratli» kuchi yetmadi. Aksincha, uning iflos kirdikorlari jahon afkor
'Kostin V.
Skobelev. 18 4 3 -1 8 8 2 . М ., «P atriot», 1990, 153-bet.
2Q a r a n g:
Karimov Sh., Shamsutdinov R.
T urkiston R usiya bosqini davrida,
4 2 -4 3 -b etla r.
'« S h a rq yulduzi», 1992 yil, 6-son, 148-149-betlar.
220
www.ziyouz.com kutubxonasi
ommasi orasida sharmanda bo'ldi. Qilich va zambarak bilan o ‘ma-
tilgan yovuzlik imperiyasi chok-chokidan so‘kilib ketdi. Slavyanlar
Gennaniyani ham «eb» yubora olmadi. Bugungi kunda hatto
nemis kuxarkalari ham qudratli Rossiyaning vorislariga - Moskva
qashshoqlariga xaym sadaqa ulashmoqdalar. Har bir narsaning o ‘z
ibtidosi va intihosi bor...
1884 yilda chor qo'shinlari Marv vohasida o ‘z hukmronligini
o ‘matdilar va shu bilan amalda Turkiston hududining Rossiya
tomonidan bosib olinishi asosan yakunlandi. Biroq rus qo‘shinlari
1895 yilga qadar Turkistonning janubiy hududlarida bosqinchilik
urushlarini olib bordilar. Bir necha bor A fgbomston qo‘shinlari
bilan chegara to'qnashuvlari b o iib o ‘tdi. Faqat 1895 yilda tuzilgan
bitimlardan so'nggina mojarolarga chek qo'yildi. Tojiklar yashaydi-
gan hududlarning Panj daryosining o'ng q irg'o gig acha b o ig an
qismi, Turkmanistonning Kushka daryosigacha, Pende vohasidagi
Kushka, M urg‘ob va Tajanning quyi oqimidagi yerlar Rossiya
ixtiyoriga o4di. Shunday qilib, Rossiyaning 1864-1885 yillarda
Turkiston hududida yigirma yildan ziyod vaqt mobaynida olib bor-
gan dahshatli, qirg‘in-barot urushlari natijasida Vatanimiz xalqlari
o ‘z gardanlariga o g ir, sharmandali mustamlakachilik bo‘yinturu-
g ‘ini ilishga majbur boidilar. Bu urushlar oqibatida Rossiya
1583255 kvadrat kilometrdan iborat, yoki Fransiya, Germaniya.
Avstro-Vengriya hududlarini birga qo‘shib hisoblaganda teng
k e l a d i g a n y e r l a r n i e g a l l a b o l d i . 0 ‘ l k a d a c h o r i z m n i n g m u s i b a t l i v a
dahshatli mustamlakachilik siyosati davri boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |