O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

T araqqiyparvarlar faoliyati. 
Turkistonning asl farzandlari 
b o im ish taraqqiyparvarlar o ‘zlari uzoq yillar g ‘oyaviy jihatdan 
tayyorlagan milliy-ozodlik qo‘zg‘aloniga g ‘oyaviy rahbarlik qildilar. 
Siyosiy razvedka va maxfiy polisiya idoralari hujjatlari shundan 
guvohlik beradi.
Taraqqiyparvarlaming yetakchilaridan M unaw ar qori Abdura- 
shidxonov va Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaev og‘zaki m a’ruzalar- 
dan tashqari, amalda ham faol b o iib , mustamlakachilaming kir- 
dikorlarini fosh qildilar. Shuning uchun ham ular maslaqdoshlari 
bilan shovinistlar qahriga uchradilar.

To'reev A.
XIX asr oxiri - XX asr boshida Qoraqalpoq o ‘lkasida dehqonlar 
harakati. Nukus, 1991, 131-bet.

Kamolov S., Sariboev K.
Qoraqalpoqlar. Q o'lyozm a. Nukus, 1999, 25-27- 
betlar.
513
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bu borada Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaev mustamlaka m a’mu- 
riyatini fosh etishda katta xizmat ko‘rsatdi. 1916 yil iyul oyida Andijon 
jamoatchiligi tomonidan Petrogradga vakil qilib jo ‘natilgan Vadim 
Chaykin va Ubaydullaxo‘ja IV Davlat Dumasida Turkistonda ro ‘y 
bergan voqealami izohlab berdilar. Shundan so‘ng Davlat Dumasi 
a ’zolaridan Raevskiy, Vinogradov, Tavakkalov 21 iyul kuni Oliy 
Bosh qo‘mondonlik qarorgohiga - harbiy vazir nomiga telegramma 
j o ‘natdilar. Telegrammada Turkiston o ‘lkasining rus aholisi harbiy 
majburiyatdan ozod etilgani holda mahalliy aholidan mardikor olish 
siyosiy va iqtisodiy jihatdan xatarli ekanligi uqtirildi1.
Nikolay II Turkiston xususida Davlat Dumasi noiblari talabini 
hisobga olib, o ‘lkadan mardikorlikka odam olish muddatini 1916 
yil 15 sentyabrgacha kechiktirish haqida farmon chiqarishga majbur 
b o ‘ldi. Imperator G ‘arbiy Front qo‘mondoni A.N.Kuropatkinni 
Turkiston general-gubematori qilib Toshkentga jo ‘natdi. Bu yerda 
0 ‘rta Osiyoni istilo etishda qatnashgan, general M.D.Skobelev 
diviziyasida shtab b o sh lig i b o iib xizmat qilgan general-ad‘yutant 
Kuropatkinning o ik a bilan yaqin tanishligi hisobga olingan edi.
Tajribali podshoh amaldori xalqqa o ‘zini odil hokim sifatida 
ko'rsatish uchun qo‘zg ‘alonning kelib chiqishiga sabab b o ig a n
amaldorlami jazolash, odamlarning shikoyatlarini diqqat bilan 
tinglashini e io n qildi. U o'zi bilan birga kelgan IV Davlat Dumasi 
a ’zolari Kerenskiy vaTavakkalov bilan oikaniaylanishgachiqdi.S afar 
davomida general-gubemator nomiga ко ‘plab ariza-shikoyatlar tushdi. 
Davlat Dumasi a ’zolari bilan yaqindan tanish b o ig a n Ubaydullaxo‘ja 
A sadullaxo‘jaev rus tilini yaxshi bilgani uchun bu arizalami tarjima 
qilib, general-gubematomi haqiqiy ahvol bilan tanishtirdi. Arizalarda 
bayon etilgan faktlar mustamlakachi m a’murlaming beboshligini 
yaqqol ko‘rsatar edi.
Ubaydullaxo‘ja mustamlakachilaming joylardagi zo ‘ravonligi, 
poraxo‘rligi va o'zboshimchaligi haqida ko‘plab material yig‘ib va 
tahlil etib, advokatga xos zukkolik bilan general-gubematorga, Davlat 
Dumasi vakillariga taqdim qildi. Kuropatkin rad etib boim aydigan 
dalillar oldida o ‘zini usta siyosatchi va demokrat qilib ko‘rsatish uchun 
qaltis usulni ishlatishga qaror qildi. U Andijon shahar bosh oqsoqoli 
Shermat Alimqulov va uning ms homiylari b o ig a n amaldorlami 
lavozimlaridan chetlatdi2. 1865 yilda bosqinchilarga qarshi mardona 
jang qilib halok b o ig a n sarkarda Alimkulning o ‘g i i Shermat mirza
1 0 ‘zR MDA, 1-jamg‘arma, 31-ro‘yxat, 1144-ish, 3-varaq.
20 ‘zR MDA, 3-jam g‘arma, 1-ro‘yxat, 31-ish, 8-9-varaqlar.
514
www.ziyouz.com kutubxonasi


otasiga zid ravishda mustamlakachilaming sodiq malayiga aylangan 
edi. Odamlarga behad zulm o ‘tkazib, hokimi mutloq bo‘lib olgan 
Shermatni ham lavozimidan olib tashlanishi katta shov-shuvlarga 
sabab bo‘ldi. Bu yerda Kuropatkin bir kesak bilan ikki quyonni urgan 
edi. Birinchidan, tub joy aholi vakillarining fikri bilan hisoblashuvchi 
fuqaroparvar ekanligini ko‘z-ko‘z qilib, afkor omma irodasini o ‘zida 
gavdalantirgan jadidlar siymosida o ‘ziga tayanch yaratish uchun 
ulaming talabini ham qondirdi. Ikkinchidan, m s demokratiyasining 
ham ishonchini qozonish maqsadida o ‘ta shovinist va kaltafahm chor 
amaldorlarini dadillik bilan ishdan olib tashladi. U Ubaydullaxo‘ja 
Asadullaxo‘jaev va eser Vadim Chaykin Petrogradda Davlat Dumasida 
mardikorlikka olish masalasida chor amaldorlari yo‘l qo‘ygan 
adolatsizliklami mufassal hikoya qilib, m a’lum fikr tug‘dirganini 
ham hisobga oldi. Ubaydullaxo‘ja Dumada hatto mardikorlikka olish 
haqidagi imperator farmonini bekor qildirish talabini qo‘ygani - bu 
o‘zbek advokati orqasida jiddiy kuchlar turganidan darak bergan. 
Mana shu kuchlar ichida andijonlik millioner Ahmadbek Hoji 
Temirbekov, Mirkomilboy M irm o‘minboevlardek g ‘oyat nufuzli 
milliy burjuaziya vakillari turganini, xuddi shu burjuaziya jadidlam i 
moliyaviy qo‘llab-quvvatlayotganini yaxshi bilgan. Shuning uchun 
ham u o ‘lka b o ‘ylab qilgan safarida Ubaydullaxo‘jani mulozimlari 
qatorida olib yurdi. 0 ‘zbeklar bilan aloqada unga ishonchli vakil 
sifatida qaradi. Mardikorlikka olish masalasida jadidlar bilan 
maslahatda ish ko‘rishini m a’lum qildi.
A.N.Kuropatkin bilan birga Turkistonga IV Davlat Dumasi a ’zo- 
lari A.F.Kerenskiy, K.B.Tavakkalov hamda Sh.Z.Muhammadiyorov, 
Mustafo Cho‘qaevlar ham kelishgan edi. Ular o ‘lka shaharlarida 
bo‘lishib, mahalliy aholini «tinchitish» choralarini ko‘rishga 
kirishdilar. Ulaming Andijondagi faoliyati haqida mahalliy matbuot 
shunday xabar bergan: «Kecha, 24 avgust kuni, Andijonga Davlat 
Dumasi a ’zolari A.F.Kerenskiy va K.B.Tavakkalovlar kelishdi. 
Kechki poezd kelishi oldidan deputatlami kutib olish uchun perronga 
ko‘p odam to ‘plandi. Deputatlar «Slava Rossii» mehmonxonasida 
to ‘xtashdi. Deputatlar bilan Sh.Z. Muhammadiyorov va M .Cho‘qaev 
ham kelishdi»1.
25 avgust kuni ertalab soat 10 da A. F. Kerenskiy, К. B. Tavakka- 
lov kuzatuvchilar bilan birgalikda, «Slava Rossii» mehmonxona- 
sidan ochiq ekipajda Eski shaharga, Jom e’ masjidiga qarab yo‘l 
oldilar. Bu yerda ular musulmonlaming vakillari va madrasadagi
1 «Туркестанский голос», 1916 г., 25 августа.
515
www.ziyouz.com kutubxonasi


m a’m ur shaxslar tomonidan kutib olindi. Hozir b oiganlarga 
o ‘zlarini tanishtirgach, ularga martabali shaxslar sifatida hurmat 
k o ‘rsatildi. Tez orada masjidning ichki hovlisida deputatlar atrofida 
musulmonlar guruhi to ‘planishdi. Ular bilan to ‘satdan uyushtirilgan 
yig‘ilish tashkil b o id i. Suhbatda mardikorlikka olish muddati 
kechiktirilgani haqida gap bordi. К. B. Tavakkalov va uning kotibi 
tilmochlar vositasida k o ‘plab erli aholi vakillaridan so‘rash y o ii bilan 
Andijonda iyul kunlarida yuz bergan fojiali voqealar, shu oqibatlarga 
olib kelgan sabablar, mardikorlikka olish «ixtiyoriy» deb yolg‘ondan 
mardikor oldi nomi ostida qilinayotgan порок ishlar haqida talaygina 
m aiu m o tlar to ‘plandi. К. B. Tavakkalov yakunlovchi nutqida aholini 
barcha masalalaming ijobiy hal qilinishiga ishontirib, buning uchun 
ular sabr-toqat bilan, osoyishtalik bilan kutib turishlarini iltimos qildi. 
A. F. Kerenskiy o ‘z nutqida Turkistonda hamda Rossiyada mahalliy 
musulmon aholisi taqdiriga befarq qaramaydigan rus kishilari 
borligini, yerli aholini avom, olomon deb kamsituvchi, past nazar 
bilan qarovchilar ham b o iish i mumkinligini, ammo bunday ahvolga 
barham berilajagini aytib o ‘tdi.
«Turkestanskiy golos» gazetasining 26 avgust sonida keltirilgan 
yana bir xabar diqqatga sazovordir. Gazeta yozadi: «Davlat Dumasi 
a ’zolari Andijonda ikki kun boiganlarida ular huzuriga rus, sart va 
tatar jamiyatlaridan k o ‘plab vakillar tashrif buyurishdi. Taxminiy 
hisoblarga ko‘ra shu qisqa vaqt ichida deputatlar Andijondagi barcha 
millatlar va turli xil jam oat vakillaridan yuzga yaqin kishilami so‘roq 
qilganlar. So‘roqlar qisman shikoyat, arznoma, talablar shaklida 
b o iib , ulaming eng dolzarb masalalari Toshkent sud palatasi 
prokuroriga xabar qilindi, ancha m urakkab,jiddiy masalalar esa Davlat 
Dumasi minbaridan turib, shuningdek, Duma byudjet komissiyasida 
aytiladigan b o id i» 1.
Jadidlar va rus demokratlarining bu xayrli ishi keng jamoatchilik 
tomonidan q iz g in m a’qullandi. Shoir Hamza Hakimzoda Niyoziy 
Vadim Chaykin va Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘ja o ‘g iin in g Petro- 
grad safari va Davlat Dumasi a ’zolarini Turkistonga olib kelishini 
tabriklab shunday misralar bitgan edi:
«Bu Vatandan ikki о ‘g ‘Ion tugub ozodu о ‘kinch,
Tiz bukub shoh qoshida qildi bu holadari hech.
Yasha Chaykin! Yashasin chun Vatan o 'g 'liX o 'ja y u f!
Yashasin soyasiz ila bar avj yoshlarim iz2
' Shamsuldinov R.
Tarixiy m erosim izga bir nazar. Andijon, 1994, 9—11 -betlar.
■Hamza.
T o ia asarlar to'plam i. 2-jild. Toshkent, 1988, 65-bet.
516
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish