Jadidlami bu xilda ayblash 30-yillarda ham davom etdi. 1932 yili
Toshkent shahar partiya konferensiyasida VXP(b) M K 0 ‘rta Osiyo
byurosi kotibi N. Ya. Bauman o ‘z m a’ruzasida jadidlar masalasiga
to ‘xtalib, Fayzulla X o‘jaev va Abdujabbor Abdurahmonovlaming
0 ‘rta Osiyodagi inqilobiy harakat masalasidagi asarlarini tabriklab,
F. X o‘jaevning o ‘z davrida jadidchilikni ideallashtirib, millatchilik
xarakteridagi «xatolari»ni ham alohida ta’kidlagan. Shunda F. X o‘jaev
mutlaqo rasmiy y o i tutishga majbur b o iib , «jadidchilik va uning
tutgan roliga kelsak, o ‘zining sinfiy mohiyatiga к о ‘ra jadidlar savdo
hamda tu g ilib kelayotgan sanoat burjuaziyasi vakillari, shuning
uchun ham ular kapitalistik islohotlar doirasidagi talablardan nariga
o ‘ta olmas edilar»1, deb yozishga majbur b o id i.
Lekin, milliy buijuaziya va uning mafkurasini ifodalovchi jadid
lar 1916 yil qo‘zg‘alonida chorizm tarafida turgan, qo‘zg ‘alonchilarga
xayrixoh emas edilar, degan fikrlami rasmiy hujjatlar rad qiladi.
0 ‘zbek milliy buijuaziyasining vakili andijonlik Mirkomilboy
M irm o‘minboevning Q o‘qon va M arg ilo n shaharlari mingboshi-
larini xalqni qo‘zg‘alonga da’vat etish zarurligi haqida yozgan
xatida shunday satrlar bor: «Shahringizdagi aholi va boylaming
mardikorlik siyosatiga qarshi chiqishlarini ayting. Rossiyaning
ahvoli juda tang, shuning uchun hech narsadan qo‘rqmanglar.
Hammangiz bir yoqadan bosh chiqarib ish yuritsangizlar, mardikor
olinishiga qarshi qo‘z g ‘alon ko‘tarilishi oson. Hozirgi vaziyatda
hukumat amaldorlariga pul bersa bas, hamma ishni bitiradilar.
Mening xaloyiqni qo‘zg ‘alonga undash harakatim bilinib, tekshiruv
o ‘tkazilganda 150 ming rubl berib o ‘zimni saqlab qoldim. Shu bois
sizlar ham xavotirlanmay harakat qilaveringlar»2.
Jadidlar Nikolay II ning 1916 yil 25 iyundagi farmonini
bekor qilish va butun o ‘lkada birdaniga isyon k o ‘tarish g ‘oyasini
ilgari surganlar. Yosh buxoroliklaming sardorlaridan Usm onxo‘ja
P o ia tx o ‘ja o ‘g ii , yosh xivaliklar rahbari Paxlavon Niyozhoji,
Turkiston jadidlari peshqadamlari M ahm udxo‘ja Behbudiy, M unaw ar
qori Abdurashidxon o ‘g i i va boshqalar o ‘lka xalqini qo‘zg ‘alonga
d a’vat etganlar, joylarda aholi yig‘inlarini o ‘tkazganlar, o ‘ta mudhish
farmonni bekor qilishni qat’iyan talab qilib chiqqanlar.
1 «Qizil 0 ‘zbekiston», 1936 yil 3 avgust, №117 (3634). 20-yillarda boshlanib
ketgan jadidlam i tanqid qilish kam paniyasi 30-yillardagi qatag‘on davriga ulanib
ketdi. 30-yillar va 80-yillar oxirlariga qadar bir 0 ‘zbekistonda emas, butun Ittifoqda
jadidchilik fanda buijua millatchiligiga sinonim b o iib keldi. 1916 yilgi qo ‘zg ‘alon
tarixini tadqiq etgan olim lam ing ayrim lari bu qo ‘zg ‘alonda «jadidlar xoinligi»ni
alohida sarlavha ostida k o ‘rsatishgacha borib yetdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: