O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Sirojiddin Ahmad.
M unavvar qori. «Sharq yulduzi», 1995, 5-son.
2 O 'sh a joyda.

Sirojiddin Ahmad.
Vatan uchun tu g ‘ilgan. «Toshkent haqiqati», 1992 yil, 16
may.
400
www.ziyouz.com kutubxonasi


rioya qilishda ekanligini ko‘rsatgan edi'. Tavfiqbek «sosialistlaming 
asossiz g ‘oyalari odamlami baxt-saodatga olib kelmasligini» 
uqtirgan holda, «moddiy va m a’naviy baxt faqat ilohiy qonunlarga 
rioya qilgandagina» amalga oshishini yozgan edi. Turkistonda 
keng tarqalgan «Siroti mustaqim» degan turk jum alida musulmon 
dunyosining uyg‘onishi Sharq musulmonlarining islom bayrog‘i 
ostida birlashishida namoyon bo‘lishi aytilgan edi. Gazeta birdamlik 
xususida 1911 yil 20 yanvardagi sonida «Musulmon dunyosidagi 
uyg‘onish» maqolasida shunday fikr bildirgan: «Panislomizm 
to‘g ‘risida gap ketganda biz, musulmonlar, qaerda bo‘lishimizdan 
qat’i nazar, o ‘zimizning bir butun madaniy xalq ekanligimizni 
unutmasligimiz lozim»2.
TRMB Turkiyada panislomizm targ‘iboti uchun «Yangi jomiy» 
maktabi tashkil etilgani va u Turkiston o ‘lkasi va Buxoro yoshlaridan 
iborat targ‘ibotchilar tayyorlayotgani haqida axborotlar olgan edi. 
«Musulmonlar kengashi» deb atalgan tashkilotning 1913 yilda 
«Musulmonlarga!» xitobnomasida o ‘sha vaqtda sodir b o ‘layotgan 
voqealar ta’riflanib, Gresiya bilan urushayotgan Turkiyaga yordam 
berish lozimligi uqtirilgan edi: «Ovrupoliklar musulmonlami 
oidirishm okda va ezishmoqda. Shuning uchun musulmonlar Tur- 
kiya atrofiga birlashishlari lozim»3, - deyilgandi o ‘sha xitobnomada.
TRMB agenturasi jadidlar bilan ilg‘or rus demokratlari o ‘rtasida 
yaqin hamkorlik yuzaga kelganidan xabar beradi. Bu hamkorlikning 
bir uchi Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaevga borib taqalgan edi. 
Toshkent, Saratov va Petrograd eserlari davrasida yaqin kishi 
hisoblangan Ubaydullaxo‘janing «Sadoi Turkiston» muharriri 
sifatidagi faoliyati ham m a’lum edi. Polkovnik Volkov shu gazetada 
Lev Tolstoyning Ubaydullaxo‘jaga yo‘llagan maktubini ham o ‘qigan 
edi. G raf Tolstoyning oddiy bir sart ziyolisiga e ’tibori butun Turkiston 
jamoatchiligi e ’tiborini o ‘ziga jalb etgani maxfiy polisiyaning 
diqqatini unga alohida qaratgan edi. «Sadoi Turkiston» yopilgandan 
keyin Andijonga kelgan Ubaydullaxo‘ja mahalliy jadidlar va rus 
jum alistlari bilan yaqinlashib, hukumatga qarshi faoliyatini davom 
ettirdi.
Polkovnik Volkov Toshkent, Q o‘qon, Andijonda jadidlar tash- 
kilotlarida, o ‘zbek burjuaziyasidan tashqari, rus savdo-sanoat doiralari 
vakillari, shuningdek, inqilobiy firqa a ’zolari ham borligi haqida signal
1 0 ‘zR MDA, 4 6 1-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 1168-ish, 146-varaq.
: 0 ‘sha hujjat, 294-varaq.
’ 0 ‘sha joyda.
401
www.ziyouz.com kutubxonasi


olgan edi. Bunday rus inqilobchilaridan biri Georgiy Pavlyuchenko 
haqida TRMB shunday m aiu m o t olgan: kelib chiqishi Dondagi 
Rostov shahridan. 1905 yil dekabr qurolli qo‘zg ‘alonida qatnashgan. 
1909 yil Don sosial-demokratlari. 1914 yili Moskva eserlari tarkibida 
yashirin ish olib borgan. 0 ‘sha yili qamoqqa olinib Turkistonga 
surgun qilingan. 1915 yili Q o'qonga kelib o'zbek tilida chiqadigan 
«Sadoi Farg‘oni» gazetasida ishlay boshlagan. 0 ‘sha yili hukumatga 
m uxolif ruhdagi «Utro Fergani» gazetasi chiqara boshlagan. Rasman 
uning muharriri Lvov b o is a ham, aslida chinakam xo'jayin yahudiy 
burj uaziyasiningmoddiy madadigatayanib ish ko‘ ruvchi Pavlyuchenko 
edi. Gazeta noshirlari safida sobiq ta la b a la r- e ’tiqodi bo‘yicha sosial- 
demokrat Shoislom Shoahmedov, Bolotin, Zubarev va boshqalar 
b o iib , ular Pavlyuchenko boshchiligida «Utro Fergani» gazetasi 
obunachilari sonini oshirish uchun hokimiyatga qarshi maqolalar 
bosib chiqara boshladi. Pavlyuchenko boshchiligidagi noshirlar o ‘z 
oldiga urushdan keyin bo iad ig an to ‘ntarishga jamiyatni hozirlash va 
shunga kadrlami tayyorlash maqsadini qo‘ydi. Xuddi shu maqsadda 
1915 yilning kuzida Pavlyuchenko Q o‘qon matlubot jamiyati a ’zolari 
o ‘rtasida targ ib o t o'tkaza boshladi. 1915 yilning dekabrida gazeta 
muharriri Lvov so‘l qarashdagi maqolalami yoritgani uchun 3 oyga 
qamalgach, muharrirlik huquqi Pavlyuchenko q o iig a o'tadi. 1916 
yil yanvaridan gazeta nomini «Ferganskaya jizn» deb o ‘zgartirdi. 
4 apreldan esa «Turkestanskiy kray» nomini oldi. Pavlyuchenko 
bu gazeta yopilgandan so‘ng, 1916 yilning yozida Skobelev harbiy 
boshligining mahkamasiga mirzalikka o ‘tadi.
«1916 yil 1 iyuldan boshlab Andijon shahrida, - deb xabar qilgan 
edi agentura, - hukumatga qarshi yo ‘nalishdagi gazeta chiqa boshladi. 
Bu gazeta moddiy m ab lag iar yetishmasligi tufayli y o lg iz Chaykin 
tomonidan emas, balki pay puliga asoslangan noshirlik shirkati 
tomonidan chop qilinadi. Paychilar mahalliy ziyolilardan tashkil 
topgan edi. Janob Chaykin tuzem aholi o ‘rtasida shuhrat qozonish va 
o ‘z gazetasi paychilari sonini ko'paytirish uchun aholi manfaatlarini 
himoya qilishni o ‘z zimmasiga olgan. So'nggi vaqtda «Turkestanskiy 
golos» gazetasining har bir sonida paxtakorlarga atalgan e io n la r 
chiqmoqda. Bu eio nlard a muharririyat paxtadan qarzdor b o iib
qolgan dehqonlarga murojaat qilib, kimning shikoyati b o is a
tahririyatga xabar qilishini so‘raydi. Gazetaning qarzdor dehqonlarga 
yon bosishi Mirkomil M irm o‘minboev kabi yirik boy-quloqlarga 
yoqmaydi, ammo bu tadbir aholining o ‘rtahol va kam bag‘al sinfi 
o ‘rtasida gazetani mashhur qilib, yangi-yangi paychilami shirkatga 
jalb etmoqda. Q o'qonda yopilgan «Turkestanskiy kray» gazetasi
402
www.ziyouz.com kutubxonasi


xodimlari endilikda shu «Turkestanskiy golos» gazetasi bilan 
hamkorlik qilmoqda»1.
Maxfiy polisiya rahbari «Turkestanskiy golos» gazetasi xodimlari 
va faol muxbirlari to ‘g ‘risida ham aniq m a’lumotlarga ega edi. 
«Tahririyat tarkibi, - deb yozgan edi agentura,- bu gazeta yo‘nalishini 
yaqqol ko‘rsatadi. Muharrir - noshir Anastasiy Afanasevich 
Chaykin Andijonda hovli-joyli, yirik asalarichilik xo‘jaligiga ega 
kishi. 0 ‘zaro yordam jamiyati raisi, shahar harbiy-sanoat qo‘mitasi 
a ’zosidir. Tahririyat xodimlari: 1. Vadim Afanasevich Chaykin 
(noshiming tug‘ishgan ukasi) Ufa gimnaziyasida o ‘qigan kezlari 
o ‘quvchilar o ‘rtasida siyosiy g'oyalar targ‘ibotchisi bo'lgan. Ufa 
gubematoriga suiqasdga doir ishga daxldor. 1905 yilda V.Chaykin 
inqilobiy targ‘ibot olib borishda faol qatnashgan. 1908 yilda Kursqda 
sosialist-revolyusioner sifatida qamoqqa olingan. 1916 yilning 
yozida Andijonga kelgan. Iyul oyida esa Andijon aholisi nomidan 
Mirkomil M irm o‘minboev uni va Ubaydullaxo‘ja Asadulla X o‘jaevni 
Petrogradga vakil qilib jo ‘natgan. Ular mardikorlikka safarbarlik 
ishini tekshirish uchun Davlat Dumasi a ’zolarini Andijonga taklif 
etishga vakil qilingan edilar. 2. Stepan Antonovich Ruyko Xarkov 
dorilfununining sobiq talabasi, jum alist, kasbiy taxallusi «VI. 
Kachinskiy». Sosialist-revolyusioner, maksimalist (o‘ng eser). 3. 
Ubaydulla Asadulla X o‘jaev - Toshkent sartlaridan, qonunshunos, 
Andijonda yashaydi va ishlaydi. Gazeta xodimi va paychisi. E ’tiqodli 
panislomchi sifatida Turkiston rayon muhofaza b o iim i tomonidan 
1913 yili ro'yxatga olingan. 0 ‘sha yili Saratovdan Toshkentga 
qaytgan Ubaydulla qisman advokatlik, asosan esa targ‘ibotchilik bilan 
shug‘ullana boshlagan. U «Umid» deb atalgan ilg‘or musulmonlar 
guruhiga bosh bo‘ldi. Uning harakatlari tufayli Toshkentning Eski 
shahar qismida kitob savdosi tashkil qilindi. Mahalliy tilda so‘1 
yo‘nalishdagi gazeta nashr qilishga m o‘ljallangan shirkat tuzildi. 
Gazetani nashr qilish bo‘yicha X o‘jaev g ‘ayrati bekor ketmadi. 1913 
yil 21 dekabrda unga Toshkentda mahalliy tilda «Sadoi Turkiston» 
nomida gazeta chiqarishga ruhsatnoma berildi. So‘1 yo‘nalishdagi 
mahalliy tilda chiqadigan gazetaning keng omma o ‘rtasidagi ulkan 
ahamiyatini hisobga olib, general-gubemator davlat bosmaxonala- 
riga bu gazetani chiqarish b o ‘yicha buyurtmalar qabul qilmaslik 
to ‘g ‘risida farmoyish berdi. Natijada gazeta 1914 yil fevralidagina 
chiqa boshladi. Xuddi o ‘sha yili Toshkentda Ubaydulla Asadulla 
X o‘jaev rahbarligida sahnada «Padarkush» pesasi qo‘yiddi. 1914
' 0 ‘zR MDA, 4 6 1-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 1963-ish, 13-varaq.
403
www.ziyouz.com kutubxonasi


yildan X o‘jaev Toshkent mujohidlari safiga qo‘shilib, o ‘lkada Rossiya 
hukmronligiga qarshi qaratilgan targ‘ibotchilik faoliyatini maxfiy 
ravishda davom ettirdi. «Sadoi Turkiston» gazetasi yopilgandan 
so'ng X o‘jaev Andijon shahriga kelib advokatlik bilan shug‘ullana 
boshladi. 1916 yil 1 iyuldan «Turkestanskiy golos» gazetasida 
hamkorlik qiladi»1.
Agenturaning bir tarm og‘i polkovnik Volkovga shunday axborot 
y o ‘llagan: «Chaykinning fikricha, bosh maqsadi mahalliy aholi 
manfaatlarini himoya qilish b o ‘lgan «Turkestanskiy golos» gazetasi 
o ‘zining paylaridan k o ‘pini (25 ming rubllik) Q o‘qon shahridagi 
«G ‘ayrat» deb atalmish mahalliy musulmon m a’rifatchilar jamiyatiga 
joylashtirishga muvaffaq b o ‘ldi. Bu jam iyat Andijon shahridagi 1916 
yil oktyabr boshlarida «Turkestanskiy golos» tahririyati rahbarligida 
sartcha matbuot organini nashr qilishga kirishmoqchi. Mazkur 
masalani uzil-kesil hal qilish uchun 4 oktyabrda «G ‘ayrat» jamiyati 
a ’zolarining shoshilinch majlisi chaqirildi. Majlisda jam iyat ustaviga 
ba’zi o ‘zgarishlar kiritish, pay kapitalini 12500 rubldan 50000 rublga 
yetkazish, xususiy bosmaxona sotib olish va musulmoncha gazeta 
chiqarish masalalari muhokama qilindi. «Turkestanskiy golos» gazeta 
tahririyati «G ‘ayrat» jamiyatiga o ‘zining xususiy nashr organini 
Andijonda emas, balki K o'qonda «Turkestanskiy kray» gazetasi 
tahririyati rahbarligida chiqarishni taklif qildi. Agar «G ‘ayrat» 
jam iyati bu gazeta paylarining m a’lum qismini oladigan bo‘Isa, 
uning bosmaxonasidan foydalanishi mumkinligi ham aytildi. Bu 
masala hal b o iish arafasida. «G ‘ayrat» jamiyati hozircha «Tur­
kestanskiy golos» gazetasining 25 ming rubllik paylarini sotib oldi.
«Turkestanskiy golos» gazetasiga obuna yig'ish uchun Andi- 
jondan gazeta kotibi Nikolay Mixaylov Narinskiy (taxallusi 
Turkestanskiy, Samatin) Q o‘qonga jo ‘nab ketdi. U Namangan, 
Skobelevda ham bo ‘lib, «G ‘ayrat» jamiyati a ’zolaridan tashqari, 
boshqa k o ‘plab obunachilami topdi»2.
Agentura m a’lumotlariga k o ‘ra, «Q o'qonda 9 oktyabrda Obid- 
jon Abduxoliq Mahmudovning uyida «G ‘ayrat» jamiyati a ’zolari­
ning ikkinchi y ig ‘ilishi bo‘lib o'tgan. Unda Q o'qonda xususiy 
bosmaxona ochib, sart tilida musulmoncha gazeta chiqarish masa- 
lasi muhokama qilingan. Boy sartlar bu tadbirga m ablag1 berish 
haqida rozilik bildirishgan. Bu ishda 1914 yilda ilg‘or y o ‘nalishdagi 
«Sadoi Farg'ona» gazetasini nashr qilgan Obidjon Abduxoliq
' 0 ‘zR M D A , 1-jamg‘arma. 3 1-ro‘yxat, 1144-ish, 35-varaq.
: 0 ‘zR M D A , 1-jamg‘arma, 31-ro‘yxat, 1144-ish, 36-varaq.
404
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mahmudov salmoqli ta ’sirga ega edi. U boy mulkdor, ayyor va 
tadbirkor kishi b o ig an . Panislomizm g ‘oyalariga o ‘ta berilgan. 
U ko‘p marta yig‘inlarda Turkiston o ik a si ruslardan ozod b o iish i 
kerakligi haqida gapirgan».

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish