O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

M atbuot. 
XX asr boshlarida Turkiston o ‘lkasida general- 
gbernatorlikning rasmiy organi - «Turkestanskie vedomosti» va 
uning o ‘zbekcha ilovasi «Turkiston viloyatining gazeti» muntazam 
chiqib turdi. Uning muharriri olim va jum alist N. P. Ostroumov 
(1846-1930) edi. U 1877 yildan 1917 yilgacha Toshkentda xizmat 
qilgan.«Turkestanskie vedomosti» va uning ilovasi «Turkiston 
viloyatining gazeti» (1870-1917) o ‘lka tarixi, madaniyati va xalqning 
turmushiga oid juda ko ‘p maqolalar e ’lon qilganki, ular bugungi 
kungacha tarixchilar uchun bebaho manba vazifasini o'tamoqda. 
Bu gazetalar chorizmning mustamlakachilik siyosati targ‘ibotchisi 
va tashviqotchisi b oiganini sira unutmagan holda, ulaming tarixiy 
xizmatlarini, y a’ni o ‘sha istibdod zulmi tarixini yoritishdagi xizmatini 
alohida ta ’kidlash lozim. Bu gazetada shoir Furqat asarlari ham 
bosilgan, ilg‘or ziyolilaming materiallari yoritib borilgan.

N. Abdullaev.
Rossiya istilosi davrida M arkaziy Osiyo san’ati Toshkent, 
1999, 1-16-betlar.
395
www.ziyouz.com kutubxonasi


Birinchi rus inqilobi (1905-1907) yillarida o'zbek jadidlari bir 
qancha gazetalar chiqarishdi. Ulaming orasida Ismoil Obidov mu- 
harrir bo ‘lgan «Taraqqiy» gazetasi alohida o ‘rin tutadi. Bu gazeta 
o ‘lkadagi ijtimoiy-siyosiy tafakkumi rivojlantirishda katta rol 
o ‘ynadi.
Jadidlar «Shuhrat», «Xurshid» gazetalarini ham chiqarganlar. 
Lekin bu gazetalar chorizm tomonidan tez orada yopib qo‘yilgan. Bu 
haqda eserlaming yashirin gazetasi «Molot» mana bulami yozgan 
edi: «Turkiston ellik yildan beri rus hukumati hukmronligi ostida kun 
kechirmoqda. Ammo Turkiston istilo qilinishi arafasidagi jaholat va 
nodonlik hanuzgacha saqlanib kelmoqda. Hukumat bo ‘ysundirilgan 
xalqni olg‘a siljitish u yoqda tursin, aksincha, undagi xurofotni saqlab 
qoldi, chunki bu unga tinchgina hukmronlik qilish va aholini bemalol 
talashnita’m inlaredi.Tuzem aholi o ‘rtasidagi har bir yangilik hukumat 
tomonidan dushmanlik bilan qarshilanar va shafqatsiz tusda b o ‘g ‘ib 
tashlanar edi. Hammaga m a’lum erkinliklar deb atalmish ozodlik 
e ’lon qilingach, xususiy tashabbusga y o ‘l ochilgach, tuzemeslaming 
ziyoli kuchlari o ‘z bilimlari bilan ona yurtlariga xizmat qilmoqchi 
bo‘ldilar. Jo ‘shqin inqilob tufayli uyg‘ongan rus jamiyati boshidan 
kechirayotgan jarayonga ularni jalb qilmoqchi b oiish d i. Ammo 
ulaming bu istagi boshidanoq bo‘g ‘ib tashlandi. Hokimi mutlaq 
zolimning bir dastxati bilan tuzemeslaming taraqqiyparvar madaniy 
gazetalari «Taraqqiy», «Xurshid», «Osiyo» yopib qo‘yildi.
Hozirgi kunda har bir davlatning istiqboli uning madaniyati 
darajasiga bog‘liq bo‘lgan yigirmanchi asrda, o ‘z xududida o ‘nlab 
G 'arbiy Yevropa davlatlari bemalol sig‘adigan besh viloyatdan iborat 
Turkistonda, mahalliy aholi 90 foizni tashkil etuvchi o ‘lkada mahalliy 
tilda chiquvchi bironta ham xususiy gazeta yo‘q. Aholi ataylab 
zo‘rlik ila jaholatda saqlanmokda, chunki rus gazetalari ularga etib 
bormaydi. Rus vatikani umuman m a’rifatni yoqtirmaydi va har bir 
ilg‘or organda o ‘zining ashaddiy dushmanini ko‘radi. Atigi ikki yil 
davomida podsho gumashtalari tomonidan «Russkiy Turkestan», 
«Turkestan», «Vperyod», «Fergana», «Samarkand», «Novsh Samar­
kand», «Rabotnik», «Tashkentskiy kurer», «Turkestanskaya jizn» 
gazetalarining yopilgani buning yaqqol dalilidir»1. Eserlaming bu 
yashirin gazetasi («Molot»)ning 1908 yil 25 dekabrdagi «Turkistonda 
rus davlatchiligini o ‘matishning qisqacha ocherki» deb nomlangan 
maqolasida nomlari eslatilgan jadidlam ing «Taraqqiy», «Xurshid», 
«Osiyo» va ms inqilobchilarining nashrlari faoliyatiga oid qiziq
1 0 ‘zR MDA, 1-jamg‘arma, 31-ro‘yxat, 567-ish, 35-varaq.
396
www.ziyouz.com kutubxonasi


fikrlar berilgan. Chunonchi, Toshkent eski shahar polismeysteri 
podpolkovnik N. N. Karaulshchikov «Tuzem aholi o‘rtasidagi ozodlik 
harakati» nomi bilan yozgan axborotida so‘nggi vaqtlarda yerli aholi 
ancna dadillashib, ijtimoiy hayotda uyg‘onganliklari va bu borada 
ilg‘or ziyolilar minbari - jadidlar tashkil qilgan «Taraqqiy» gazetasi 
salmoqli ta’sir ko‘rsatishini alohida uqgirib o ‘tgani bejiz em as1.
Saltanat markazi vakili, alohida jandarmlar korpusi podpolkov- 
nigi N.A.Vasilev o ‘zining dastlabki faoliyatini o ‘zbek ziyolilari
- jadidlarning rus inqilobiy firqalari bilan aloqasini aniqlashdan 
boshladi. U Toshkent shahar hokimidan jadidlarning yetakchilari 
va ularning ommaviy axborot nashrlari haqida m a’lumot talab qildi. 
«Menga shuni xabar qilishingizni iltimos qilamanki, - deb yozgan edi 
N. A. Vasilev, - 1907 yilda Toshkentda sart tilida «Xurshid» sarlavhasi 
ostida gazeta chiqqanmi? Kim uning muharriri bo‘lgan? Qachon 
chiqa boshlagan? Qanday sabablarga ko‘ra to ‘xtatilgan? Uning 
y o ‘nalishi qanday b o ‘lgan? Qaysi bosmaxonada chiqqan? Necha 
nusxada tarqatilgan?» Toshkent shahar boshlig‘i tezkorlik bilan unga 
quyidagijavob y o ‘llagan: «Xurshid» gazetasi sof sart tilida 1907 yilda 
chiqqan. Muharriri Shayxovandtaxur dahasining Darxon mahallasida 
istiqomat qiluvchi Munavvar qori Abdurashidxonov, yordamchisi 
Fansurollohbek Xudoyorxonov va kotibi «Padarkush» mahallasida 
yashovchi sart mulla Muhammad Rahimhoji M uhiddinxo‘jaev. 
Gazeta 6-7 oy mobaynida chiqib, hukumatga qarshi maqolalari hamda 
xalqqa xitobnomalari uchun yopilgan. Gazeta juda so‘l y o ‘nalishda 
b o iib . obunachilari soni 300 dan ziyod edi»2.
Podpolkovnik Nikolay Vasilev va polisiya maslahatchisi Leonid 
Kvisinskiy markazning maxfiy ko'rsatm asi asosida o ik a xalqlarining 
mustamlaka tuzumiga qarshi milliy-ozodlik kurashiga rahbarlik 
qilishga qodir b o ig a n jadidlar va ulaming hukumatga qarshilik 
ko‘rsatuvchi «milliy dasturlari» nimalardan iborat ekanligiga asosiy 
diqqatlarini qaratishdi. Mahalliy xalqiarga munosabat masalasida 
rus inqilobiy firqalarining tutgan siyosatini o ‘rganishga ham e ’tibor 
qaratildi. Sosial-demokratlaming tutgan y o ii eserlardan tubdan 
farq qilishi ham ulaming nazaridan qochmadi. Siyosiy izquvarlar 
Turkiston o ik asid a marksizm va inqilobiy g ‘oyalami targ‘ib etuvchi 
firqalarning tashkil topishi va faoliyati b o ‘yicha o rtig ich a tasavvur 
hosil qildilarki, Turkiston general-gubematori Grodekov imperiya 
Ichki ishlar vaziriga bu haqda 1907 yil 18 aprelida y o ilag an maxfiy
1 0 ‘zR MDA, 1-jamg‘arma, 32-ro‘yxat, 840-a ish, 48-varaq.
-O 'z R MDA, 4 6 1-jamg‘arma, 2-ro‘yxat, 1988-ish, 165-varaq.
397
www.ziyouz.com kutubxonasi


xatida shunday deb yozgan: «Saroy maslahatchisi (nadvomiy sovet- 
nik) Kvisinskiyni o ik a g a komandirovka qilish tajribasi shuni yaqqol 
ko‘rsatdiki, bu ishdagi (siyosiy qidiruv) eng katta kamchilik mahalliy 
axborotlami oladigan, jamlaydigan, uzuq-yuluq m a’lumotlarni yetuk 
ilmiy va malakali asosda tartibga solib umumlashtiruvchi organning 
yo‘qligidadir. Janob Kvisinskiy shaxsan o ‘zi hech qanday m a’lumot 
to ‘plamagan bo ‘lsa ham bu boradagi omilkorligi va ulkan tajribasi 
turli q o ‘llardagi chalakam-chatti axborotlardan mohirona taxlil 
asosida o'lkadagi inqilobiy tashkilotlaming umumiy manzarasini 
yarata oldi. Janob Kvisinskiy tufayli o ‘lkadagi inqilobiy tash- 
kilotlarning tarkibi va faoliyatining aniq manzarasini yarata oldik»1. 
General-gubemator Ichki ishlar vaziriga yo‘llagan maktubida 
quyidagicha g'oyani ilgari suradi: «Ushbu tajriba shunday katta 
samara berdiki, u o ik a d a ana shunday kuzatuv organining doimiy 
bo‘lishi zarur degan fikrga olib keladi»2. Grodekovning bu g'oyasi 
imperiya Ichki ishlar vaziri va Bosh vazir P. A. Stolipin tomonidan 
qizg‘in quw atlandi. 1907 yilning noyabrida podpolkovnik Vasilev va 
polisiya maslahatchisi Kvipinskiy yaratgan maxfiy josuslik tarm og‘i 
asosida bevosita markaz - Peterburgga xizmat qiluvchi ms maxfiy 
siyosiy polisiyasi Turkiston rayon muhofaza b o ‘limi (TRMB) tashkil 
qilindi. Peterburgning «ko‘z-qulog‘i» bo ‘lmish TRMBni m slar 
«oxranka», o ‘zbeklar esa «siyosiy idora» deb atashdi. Rus siyosiy 
razvedkasi va kontrrazvedkasi vazifasini ham ado etuvchi maxfiy 
polisiya Turkistondagi barcha taraqqiyparvar kuchlami aniqlash, 
ulaming safiga ig‘vogarlar qo‘shish, xalqlar, millat-elatlar o ‘rtasidagi 
nifoqni kuchaytirish va milliy-ozodlik harakati ko‘rinishlarining 
barcha turlarini zudlik bilan aniqlab, rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, 
eng asosiysi, o ‘lkani mslashtirishga monelik qiluvchi barcha kuchlami 
zimdan, pinhon yo oshkora y o ‘q qilish uchun xizmat qilishi lozim 
edi. Ana shunday idoraga rahbarlik qilish mohir, tajribali polisiya 
mansabdori Leonid Kvisinskiygatopshirildi. Podpolkovnik Vasilev esa 
general-gubemator mahkamasidagi barcha siyosiy yozishmalaming 
mutasaddiyisi - maxsus bo‘lim boshlig‘i vazifasini bajara boshladi.
Kvisinskiy va Vasilev hamkorlikda Turkistondagi milliy- 
ozodlik harakatini bo‘g ‘ib tashlash, istiqlol uchun kurashga qodir 
shaxslami «zararsizlantirish» rejasini ishlab chiqdilar. Bu rejani ijro 
etishga mustamlaka m a’muriyatining barcha arboblari jalb etildi. 
Maxsus ko‘rsatmaga binoan, Vasilevning buyrug‘iga barcha viloyat
0 ‘zR MDA, 1-jamg‘arma, 31-ro‘yxat, 367-ish, 13-varaq.
’ 0 ‘sha hujjat, 16-varaq.
398
www.ziyouz.com kutubxonasi


m a’murlari b o ‘ysunishga majbur edilar. General-gubernator buyrug‘i 
bilan barcha viloyatlar, tumanlarga quyidagi savollarni aniqlash 
haqida yo‘riqnoma yuborildi: «Aholi o ‘zining avvalgi mustaqilligini 
qanday eslaydi? O im ishdagi ozodligini qo'msaydim i? Aholi rus 
m a’inuriyatiga umuman qavday qaraydi? 0 ‘tgan davrga nisbatan 
behurmatlik, norozilik payqaladimi? Tuzemeslaming yosh avlodi 
o ‘rtasida taraqqiyparvarlik yo‘nalishi bormi? Ehtimollik nazariyasi 
bo‘yicha mana shu yerli yosh avloddan kelajakda nima kutish 
mumkin? Bosmaxona uskunalari va gektograflar bormi? B o isa ular 
xalqqa axborot, yo xitobnoma chiqarishga xizmat qiladimi?»1 Yerli 
aholining kayfiyati, fikriy darajasini o ‘rganish bo‘yicha m a’lumotlarni 
to'plashga m oijallangan mazkur yo‘riqnoma 19 savoldan iborat 
bo‘lib, ularga tumanboshilar batafsil javob yuborishga majbur 
edilar. General-gubemator ko‘rsatmasi b o ‘yicha tumanboshilar, 
jabha (uchastka) pristavlari «o‘zlariga bo‘ysundirilgan tuzem aholi 
ustidan doimiy nazoratni susaytirmasliklari» hamda siyosiy razvedka 
bo‘yicha m aium o t y ig ish d a uning asl maqsadini «bildirmasliklari, 
bu ishni ehtiyotkorlik bilan, mulohaza idrok ila va eng yaxshisi 
shaxsan amalga oshirishlari lozim», deb alohida k o isa tm a berildi. 
Xususan, ularni «josuslikda gumon qilishlariga aslo y o i qo‘ymaslik» 
uqtirildi2.
«Sadoi Turkiston» gazetasi ilg‘or g ‘oyalami targ‘ib qilib, 
bid‘at, xurofot va turmush illatlarini fosh etdi. Uning sahifalarida 
yetuk ijodkorlar qatori yoshlarga keng o ‘rin berildi. Gazeta 
o ‘zining qisqa umri davomida (1914-1915) Abdulhamid C hoipon, 
Xurshid (Shamsiddin Sharafiddinov), Lutfilla Olimiy, Mirmuhsin 
Shennuhamedov, Miskin, M oininjon Muhammadjonov, Hamza kabi 
adib va jurnalistlarni kamolga yetkazdi. Ulaming ilk asarlari xuddi 
shu gazetada e ’lon qilingan edi.
Xuddi shu davrda maqolanavislik ham keng rivoj topdi. Birgina 
muftiy M ahmudxo‘ja Beh'oudiyning e io n qilgan maqolalan 300 ga 
borgan. Mirmuhsin Shermuhamedov 1914 yilning o ‘zidagina 100 ga 
yaqin maqola yozgan. C hoipon, Qodiriy, Hamza, Mirmuhsinlaming 
hikoya va qissalari, milliy romanlari paydo bo id i. Zamonning dolzarb 
masalalarini aks ettira olgan ijtimoiy-siyosiy she’riyat maydonga 
keldi. Tavallo va Ajziyning she’rlari, Sidqiy Xondayliqiyning 
dardga to i a dostonlari dunyo yuzini ko‘rdi. Kdrdosh xalqlaming, 
birinchi navbatda, turkiyzabon qardosh xalqlar bilan adabiy-madaniy
' 0 ‘zR MDA, 468-jam g‘arma, 1-ro‘yxat, 1 -ish, 80-varaq.
0 ‘zR MDA, 1-jamg‘arma, 3 1-ro‘yxat, 367-ish, 16-varaq.
399
www.ziyouz.com kutubxonasi


hamkorligi kuchaydi. Turkiston jadidlari M unavvar qorining tili 
bilan «Bizim Turkiston mamlakati tufrog‘, suv va havo jihatidan 
eng boy mamlakatlardan b oiatu rib , na uchun o ‘zimiz bundan 
foydalana olmaymiz?»1, deb nola qildilar va unga shu arbob tilidan 
javob berdilar: «...bunday savollarga javob bermak uchun nodonlik 
va olamdan xabarsizlik, demakdin boshqa chora y o ‘qdir. Bu nodon­
lik va dunyodan xabarsizlik balosidan qutulmoq uchun avval ora- 
mizda hukm surgan buzuq odatlaming buzuqligini bilmak va 
o ‘rganmak kerakdir»2.
Jadidlarga Turkiya ta ’siri A bdurauf Fitratda namoyon bo‘ldi. 
Uning Turkiyada ta ’lim olgani, 1909-1913 yillarda yosh turklar 
harakati ta ’sirida bo ig an lig i m a’lurn. Kamol Otaturkning so‘zi bilan 
aytganda, barcha turklaming e ’tibori «Turklaming vatan sevgisida 
to iiq b o ig a n ko‘ksilari dushmanlaming m al’un ehtiroslariga qarshi 
doimo temirdan bir devor kabi yuksalajak»ligiga qaratilgan edi. Fitrat 
bu haqda shunday deb yozgan: «...Turkiyaga tahsil uchun bordim. 
Mana shu vaqtlarda men diniy isloh tarafdori edim: dinni fan bilan 
kelishtirish, fanga to ‘g ‘ri kelmayturg‘on xurofot qismini dindan 
chiqarish, dinni tozalash xayollariga ishongan edim. Panislomizm- 
ning b o im a g ‘ur xayol ekanini anglagach, panturkizm xayoliga 
berildim. Bu vaqtlarda yozganim asarlarda diniy isloh fikrlar k o ‘rilib 
turadir»3.
Fitrat turkchilik g ‘oyasini «Sayyohi hindiy», «Sayxa» kabi 
asarlarida aks ettiradi. U musulmonlami birlashtirib, Temur va 
Abdullaxon davlati shavkatini tiklash masalasini qo'yadi. Xalqni, 
Vatanni bosqinchilardan ozod qilishga chaqiradi. Shu tariqa, Fayzulla 
X o‘jaev so‘zi bilan aytganda, «rus podshosi va amiming ikkiyoqlama 
zulmi jadidchilik harakatini madaniyat tarqatish bilan shug‘ullanish 
y o iid a n siyosiy y o ig a burib yubordi».
1911-1912 yillarda Tavfiqbek al-A’zamning risolasi o ‘zbek tiliga 
tarjima qilinib Turkistonda keng tarqatilgani diqqatga sazovordir. 
Risolada musulmon dinining sosializm, anarxizm va boshqa G ‘arbda 
tu g ilg an taiim otlarga munosabati bayon qilingan edi. M uallif bu 
risolada G ‘arbda tu g ilg an har bir taiim o t, shu jumladan, sosializm 
ham, insoniyatni baxt-saodatga olib kelmasligi va ijtimoiy muno- 
sabatlarning birdan-bir kamoloti musulmon dini qonun-qoidalariga


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish