O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Fozilbek Otabek о 'g ‘li.
Dukchi Eshon voqeasi, 21 -bet.
462
www.ziyouz.com kutubxonasi


keltirib, ular ustiga tashlashadi. Olti murda ikki chuqurdan so ‘nggi 
manzil topadilar. Ular ustiga bir qatlam tuproqdan so‘ng yana ohak 
solib, tuproqni ohak bilan aralash qilib zichlab k o ‘mib qo‘yishdi. 
Zolimlar shunda ham ko'ngli joyiga tushmay o ‘sha go‘rlar oldiga bir 
necha kun davomida askarlardan soqchi qo‘yishdi.
Jazo ekspedisiyasining boshlig‘i general Korolkovga bu ham 
yetmagandek rus imperatoridan butun mahalliy xalqni jazolashni 
iltimos qildi. Korolkov eshon va uning muridlaridan olingan intiqom 
etarli emasligini ta ’kidlab, Mingtepadan Andijongacha bo‘lgan 
yerlardagi barcha aholini imperiyaning ichkari hududlariga surgun 
qilishni taklif qildi. «Bu tadbir, - deb yozgan edi Korolkov impera- 
torga, - siyosiy jihatdan foydali ahamiyat kasb etib, Farg‘onadagi 
rus unsurining kuchayishiga olib keladi. Boshqa tomondan esa, 
sug‘orish ishlari olib boriladigan Rossiyaning Yevropa qismiga 
tabiatan mirob b o ig a n yerlilami ko‘chirib yuborish mazkur sohada 
salmoqli samara keltiradi»1.
Farg‘ona viloyati harbiy gubematori xuddi shunday reja asosida 
ish tutib, xalqqa imperiya ichkarisidan mujiklami bu yerga ko‘chirib 
keltirish va gunohkorlaming yerlarini ularga taqsimlab berishni 
rasman e ’lon qildi. Mingtepa qishlog‘i to ‘pga tutilib, imoratlari yer 
bilan yakson qilingandan so‘ng rus mujiklari uchun 450 xonalik turar- 
joy qurilishi loyihasi rejalashtirildi. Qurilish ishlariga mahalliy aholi 
mardikor sifatida jalb etildi.
Voqealar qatnashchilarining guvohlik berishicha, Mingtepadagi 
eshon xonaqohining o ‘mini tekislab, cherkov qilishga qaror qilingan. 
«Oradan bir oy o ‘tganda, ichkari Rusiyadan nihoyat ko‘p mujiklar 
kelib qoldi. Bulaming har qaysilariga qarz va yordam puli topib berib, 
shu Mingtepada tayyor va plan qilib qo‘yg‘on joylarga xona joy berib 
o ‘mashtirdilar»2. Posyolkaga «Marhamat» nomi berildi. Hakanddagi 
Avg‘onbog‘ degan mashhur ziroat tajribagohidagi agronomni 18 
may kuni qo‘zg‘alonchilar o ‘ldirgani uchun ana shu joydagi 500 
xonadonning imoratlari, bog‘-rog‘lari ham tekislab tashlandi. 
Qarshilik qilganlar otib o ‘ldirildi. Andijon shahrining bog‘u bo'stoni 
bo‘lgan Hakan qishlog‘i «Duxovskoy maydoni» deb atalgan rus 
posyolkasiga aylantirildi3. U o ‘zbeklar o ‘rtasida «Vayrona-vayrona» 
nomi ostida yomon otliq bo‘lib qoldi.
Bunday vahshiyliklar xalqni qo'rqita olmadi. Xususan, 1898 
yil 19 mayda Yakkatutda qurollangan dehqonlar jazo otiyadiga
1 0 ‘zR MDA, 1-jamg‘arma, 3 1-ro‘yxat, 1144-ish, 339-varaq.

Fozilbek Otabek о ‘g ‘li.
Dukchi Eshon voqeasi, 57-58-betlar.
* 0 ‘sha asar, 66-bct.
463
www.ziyouz.com kutubxonasi


qarshilik ko'rsatgan1. Namangan tumanida qirg‘izlardan iborat 
qo‘zg ‘alonchilar ruslar bilan to ‘qnashgan2. Bu «shayka»ga qarshi 
kazaklar jang qilishgan. Q o‘qon tumanida telegraf ustuni qirqilib 
tem iry o i to‘shamlari qo'porilgan3. Bir necha yuz o ‘zbeklar huddi shu 
tumanda Beshariq bo‘ylab tem iry oi mintaqasi orqali safar uyushtirib 
m a’muriyat kuchlariga hujum qilgan4. 3 iyunda Andijon tumanidagi 
Susamir volostida aholi ko iarilg an 5. 7 iyunda esa K o‘chart volostida 
q irg izlar jazo otryadiga hujum kilishga urinishgan6.
Jazo otryadiarining mustamlakachi amaldorlar boshchiligida 
xalqka k o ‘rsatayotgan vahshiyligi qo‘zgolonchilaming g ‘azabini 
qo‘zg ‘atib yangi-yangi isyonkorlar guruhini paydo qilardi. General- 
gubem ator harbiy vazirga 1898 yil 5 avgustda y o ilag an raportida 
«so‘nggi g ‘alayonlarda» M argilon, Andijon tumanlaridagi yerlilar 
faolligi haqida yozib Andijon, M arg ilo n va 0 ‘sh shaharlari «eng 
ashaddiy» g ‘azovotchilami bergani, Mingtepa, Q o‘yli, Asaka, 
Qoratepa, Naukat, Kuva, Shahrixon, Aravon, Yakkatut, Ichkilik, 
Yozyovon, O q b o ii, Buloqboshi, K o‘chart, Susamir, K engkoi, 
Qoraqir kabi volostlar qo‘zg‘alonchilar uyalari ekanini xabar 
qiladi7. Bu joylardagi yigitlar qo‘zg ‘alon rahbarlari qamalib qatl 
etilgan b o is a ham tarqoq holda guruhlarga b o iin ib kurashni davom 
ettirishgan8.
Jazo ekspedisiyasi b o sh lig i general Korolkov o ‘z hisobotida 
Muhammad Alidan keyin qo ^g 'alo nn in g eng zo‘r yetakchilari sifa­
tida quyidagi 14-kishining ismi-shariflarini keltirgan: Mulla Ahmad 
Noib, Hayitboy to ‘qsabo, Mulla Qosim Ali Arabboy o ‘g ‘li, Orziqul- 
boy ponsod, Muhammad Ibroqim to ‘qsabo, Mulla G ‘oyibnazar Ortiq 
so‘fi o ‘g ‘li, Alibek dodqho, G ‘oyib hoji Muhammad, Murod o ‘g ii, 
Muhamad Ziyovuddin Mahsum domla Sharif o ‘g ii , Umarbek dodho, 
Otaqul ponsod, Rustambek, Mallaboy, Hidoyatxon9.
1 0 ‘MDA, TF-723, 1-ro‘yxat, 26-ish, 7-8 varaqlar.
2RF MDHTA, 400-fond, Bosh shtab O siyo qismi, 261/911-ro‘yxat, 83/953-ish, 
76-var.
; MDHTA, 1396-fond, 2 -ro ‘yxat, 35-ish, 40-var.
4MDHTA, 1432-fond, general shtab, 1-ro‘yxat, 14-ish, 75-var.
-'MDHTA, 1396-fond, TurkVO shtabi, 2-ro‘yxat, 35-ish, 288-var.
60 ‘sha hujjatda.
7RF MDHTA, 1396-fond (Turkiston xdrbiy okrugi shtabi), 2-ro‘Yxat, 35-ish. 
279-var.
8Ayrim tadqiqotchilam ing ilgari surgan farazlariga k o ‘ra Dukchi Eshon 
0
‘r- 
niga boshqa odam dorga osilgan. Eshon esa o ‘zga nomda yashagan. Bu munozarali 
taxmin.
" 0 ‘MDA, TF-1, 3 1-ro‘yxat, 91-ish, 8-var.
464
www.ziyouz.com kutubxonasi


Korolkov 1898 yil 3 iyun kuni eshonning jiyani, K o‘qon xoni 
taxtiga moMjallangan 14 yoshli Abdulaziz ham q o ig a olinib so‘ng 
Andijon turmasiga solinganini xabar qiladi1.
Muhammad Ali eshonning dunyoqarashi, obro‘si va uddaburon- 
ligi hisobga olinsa, u boshlagan qo‘zg‘alonning puxta tayryolan- 
maganligi va bemavrid ko‘tarilgani tadqiqotchilarda asosli shubha 
uyg‘otadi va bu narsa ig‘vogarlik bobida ustasi farang rus siyosiy 
polisiyasi ishi edi, deyishga asos bo‘ladi. Mustamlakachilarga xalqni 
qo‘rqitish va qatag‘on boshlash uchun zo ‘r bir dastak kerak edi. Bir 
necha rus askarini qurbon berish evaziga minglami qirish hamda 
ulaming yerlarini ms kelgindilarga bo‘lib berish imkoniyati tug‘ilar 
edi. Amalda ham shunday bo‘ldi.
Fozilbek Otabek o ‘glining yozishicha: «kimligidan qat’iy nazar, 
oq do‘ppi kiygan b o ‘lsa, istibdod soldatlari: «Seniki eshon» deb tutib 
urar edi... Shuning uchun shahar mehnatkashlari va rasmiy fuqarolari 
sallasi bilan bozorga chiqolmay qoldi. Oq do‘ppi degan narsaning 
um g‘i qolmadi. Kimda bo ‘lsa, kuydirib yo‘qotdi. Mingboshilaming 
dunyoparastligi qo‘zg ‘alib, shaharda kimning joyi b o ‘lsa, kechasi 
chaqirib borib: «Seni tutib beraman, eshonning hovlisiga borgan 
eding» deb siyosat qilib, bor-yo‘g ‘ini sug‘urib oldilar. Poraxo‘rlik 
amaldorlar ichida nihoyatda avj oldi». Rus amaldorlari ham odamlarni 
talashda mingboshilardan qolishmagan. «Bir kishini eshonga qarashli 
deb qamab qo‘ysalar, - yozida F.Otabek o‘g ii , - yuqoriga raporti 
chiqqanda, eshon hodisasi zulmga katta bahona b o ‘lgani ko‘rinib, 
ko‘p yillar Sibirga haydalar edi. Bechorani ajratib olmoq payiga 
tushgan qavm-qarindoshlari tamom bor-yo‘g ‘ini sarflab, hatto yer 
va mulklami sotib, tergovchilarga pora deb bersalar, natijada yana 
o ‘zlarini osish yo Sibirga yuborishga qaror b o ‘lar edi». Bu faktni 
o ‘lkaning nufuzli amaldori V.RNalivkin ham tasdiqlaydi: «... 1902 
yilda, - javobgarlikka tortilgan bir necha amaldor ishi ommaviy tus 
olgan qabihliklar yashiringan pardani qiya ochdi, xolos, - deb yozgan 
edi taniqli sharqshunos. M a’muriy beboshlik hech qaerda 90-yillar 
oxiri va 1900 yillarda Andijon nohiyasidagidek keng avj olmagan».
Turkiston general-gubematori podshoh Nikolay II ga yo‘llagan 
maktubida: «Q obzg ‘alonchilarbizning uyquda yotgan 22 soddatimizni 
o ‘idirganliklari uchun buning xuniga isyonchilardan 22000 kishiga 
o ‘lim jazosi berilib, 300 kishi katorgaga hukm etildi.
Q o‘zg ‘alonchilar rahbari yashagan joy tep-tekis qilinib, u yerga 
200 oilali ms qishlog‘i qurildi. Xuddi shuningdek Andijon shahri
1 0 ‘sha joyda.
465
www.ziyouz.com kutubxonasi


atrofidagi Hakan, Xartum qishloqlaridan ham yerli aholi k o ‘chirilib, 
ulaming yerlari ms oilalariga berildi».
Imperiyaning Sankt-Peterburgdagi oliy harbiy-siyosiy doiralari 
general Korolkovning Andijon qo‘zg ‘aloni bahonasida Turkiston 
o'lkasini yoppasiga mslashtirishga doir boshqa g ‘oyalariga ham zo ‘r 
qiziqish bilan qaradilar. Korolkov imperatoming diqqatiga 0 ‘rta 
Osiyoni «tezkor usulda mslashtirish» bo ‘yicha butun bir faoliyat 
dasturini havola qildi. Turkiston aholisining m a’naviy-mhiy holatiga 
ta ’sir o ‘tkazish bu dastur mohiyatini tashkil etardi. Korolkov ishni 
musulmon olamida katta nufuzga ega madrasalardan boshlashni 
taklif qildi. Oliy o ‘quv yurtlari b o ‘lgan madrasalarda m s tilini o ‘qitish 
g ‘oyasini ilgari surdi. Bu g ‘oyat nozik va qaltis tadbir zo ‘ravonlik 
bilan emas, aksincha, ixtiyoriy, ko‘ngilli asosda amalga oshirilishi 
maqsadga muvofiqligini uqtirdi. Generalning fikricha, buning uchun 
odamlarda qiziqish uyg‘otish lozim. Shu maqsadda ms tiliga davlat 
maqomi berish, barcha mahalliy amaldorlarga 5 yil muddat ichida 
davlat tilini o ‘rganishni, 15 yildan keyin esa mansabga da’vogar 
kishilardan faqat mschani biladiganlami yuzboshi, qozi, oqsoqol 
va mingboshi kabi lavozimlarga tayinlashni taklif etdi. «Bu tad­
bir, - deb yozgan edi general Korolkov, - madrasalaming eshiklarini 
rus o ‘qituvchilari uchun keng ochadi. Ana shunda biz madrasalar 
devorlari ortida nimalar bo'layotganidan doimo boxabar b o ‘lib 
turam iz»1. Imperiya markazi Korolkovning g ‘oyasini qizg‘in q o ila b - 
quw atladi va uni tezlik bilan ijroga qabul qilishni general-gubemator 
zimmasiga yukladi.
1898 
yil 6 noyabrda yangi tayinlangan Turkiston general- 
gubematori S. M. Duxovskoy harbiy gubernatorlarga mahalliy 
m a’muriyat chor amaldorlari bilan yozishmalarda ms tili davlat tili 
sifatida amal qilishini bildirishni va bu tadbir muhokamadan o ‘tkuncha 
oqsoqol va mingboshilar idoralariga ms mirzalari tayinlanishi 
lozimligini uqtirdi. General-gubernator viloyatlaming boshliqlariga 
endiliqda mahalliy boshqamvdagi mansablarga faqat ms tilini 
bilganlami tayinlanajagini keng targ‘ib qilishni buyurdi. Mustamlaka 
m a’muriyati, o ‘lka aholisi ms tilini tabiiy ravishda va ixtiyoriy 
tarzda o ‘rganadi deyish xomxayoldir, buning uchun ham zo‘rlik, 
ham ustamonlik darkor, degan xulosaga keldi. General-gubemator 
viloyatlaming harbiy gubematorlariga yuborgan ko‘rsatmasida «Endi 
tuzemeslar ms va faqat ms maktabida har qanday faoliyat uchun 
zarur bilim va malakalar o ‘chog‘ini ko‘rishsin. Ular madrasa va
10 'z R M DA, 1-jamg‘arma, 31-ro‘yxat, 1144-ish, 337-bet.
466
www.ziyouz.com kutubxonasi


maktablardagi bilim endilikda davlat hamda ijtimoiy tuzumga yaroqsiz 
ekanligini his qilishsin» deya ruschani o ‘zlashtirgan musulmonlardan 
barcha sohalarda keng foydalanishni tavsiya qildi. Ana shu fikmi 
Toshkentdagi erlar gimnaziyasida 1899 yil fevralda b o ig a n shahar 
jamoatchiligi y ig in id a Turkiston general-gubematori yordamchisi 
general-leytenant N. Ivanov ochiq aytdi. U shahar boshliqlari, 
mingboshi, qozi va boshqa mansabdorlar, mudarrislar uchun tarihda 
birinchi marta tashkil etilgan ilmiy-ommabop m a’ruza kechasida 
madrasalarda rus tilini predmet sifatida joriy etishni ham taklif 
qildi. Ivanov va uning kabi jangari shovinistlar Andijon qo‘zg ‘aloni 
bahonasida o ‘zlarining dillaridagi yovuz niyatlarini oshkora amalga 
oshira boshladilar. General Korolkovning imperatorga taqdim etgan 
bu maktubida o ik a xotin-qizlarini va bolalami ruscha hayot tarziga 
o ‘rgatish alohida o ‘rin egallagani bejiz emas. «Turkiston o ik asid a 
tarix tomonidan oliy missiya oikazishga chaqirilgan rus xalqining 
shifokor ayollari», uning fikricha, o ‘zbek xotin-qizlarining «erksiz, 
nursiz va huquqsiz turmush tarziga o ‘zga tushunchalar olib kiradi 
va boshqacha intilishlar uyg‘otadi». «Tuzemkaning, - deb yozadi 
general, - nasroniy ayol bilan bir joyda yashashi, u bilan doimiy va 
yaqin aloqasi unda o ‘z hayot tarzini rus ayollarinikidek yaxshilash 
fikrini asta-sekin uyg‘otadi, nasroniy tasavvurlami singdirib boradi 
va bu hoi uning o ‘z farzandlarini tarbiyalash jarayoniga ham ta’sir 
ko‘rsatmay qolmaydi. Bunday ayolning o ‘g ‘il-qizlari musulmon 
boim aganlarga nisbatan murosasiz va dushman b o im ay d i» 1. Shun­
day ishni muvaffaqiyatli bajarish uchun Korolkov o ik a d a xotin- 
qizlar ambulatoriyalarini ko‘paytirishni taklif qiladi. Bunga yana 
qo‘shimcha tarzda u Rossiyadagi ayollar monastirlarini Turkiston 
ayollariga «pravoslav rus qarashlarini singdirish uchun» xizmatga 
jalb etish zaruratini ham ta ’kidlab o ‘tadi.
Andijon qo‘zg‘alonidan keyin mustamlakachilar o ik a n i ruscha 
o ‘zlashtirish siyosatida har qanday niqobdan voz kechib, ochiqchasiga 
zo‘ravonlik y o iig a oidilar. Musulmonlami ruslarga majburiy 
ravishda sajda qildirish odatini rasm qildilar.
Chor amaldorlarining shafqatsizligi va haddidan oshgan zo‘ra- 
vonligidan maqsad Farg‘ona aholisining jangovarligini sindirib, 
butun o ik a n i qo‘rquvga solish edi. M argilon tumanboshisi polkov­
nik Bryanovning ta ’biricha, «Farg‘onada doimo g ‘azovot g ‘oyasi 
y o iid a o ‘zini ajabtovur jasorat bilan o iim b a g iig a otuvchi mardi- 
maydonlar qaerdandir paydo b o iib qoladi. Aholiga rus ta’sirini
1 0 ‘zR M D A , 1-jamg‘arma, 3 1-ro‘yxat, 1144-ish, 337-varaq.
467
www.ziyouz.com kutubxonasi


o ‘tkazishda Farg'ona viloyati doimo orqada yuradi. Shuning uchun 
ham temir y o ‘lni o ik a z ib biz tuzem aholisi o ‘rtasida qamalga tushib 
qolishdan xavfsiraymiz».

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish