muxtor vakili, rasman Turkiston maxfiy siyosiy polisiyasi boshlig‘i
lavozimidagi Leonid Kvisinskiyning Turkistondagi saylovlarda rus
jamiyatidagi yangi siyosiy kuchlardan tashqari tub aholi o ‘rtasida
salm og‘i kuchayib borayotgan o ‘zbek mulkdorlari va ziyolilarining
amaliy nufuziga munosib baho berishdan boshqa chorasi qolmagan
edi. Binobarin, ular o ‘z e ’tiborini Turkiston xalqlari milliy-ozodlik
harakatining kuchayishiga ta ’sir ko‘rsatayotg‘an rus inqilobiy
firqalaridan qay birlarining xavfli ekaniga qaratishdi. Shu jihatdan,
ularga RSDRPning Turkiston tashkilotlari
konferensiyalari hujjatlari
boy daliliy manba boTdi.
1906 yilning fevralida RSDRP Turkiston tashkilotlarining
birinchi konferensiyasi b o iib , unda Toshkent, Samarqand, M argilon,
Ashxobod,
Qizil-Arvat,
Chorjo‘y
tashkilotlarining
vakillari
qatnashdilar. Ta’sis y o ‘nalishiga ega b o ig a n ushbu konferensiyada
bir necha tashkiliy masalalar ko‘rildi. Jumladan, mahalliy firqa
guruhlari tashkilotlarga aylantirilib, «RSDRP Turkiston tashkilotlari
ittifoqi»ga birlashtirildi. Konferensiyada RSDRP Toshkent guruhi
tarkibidan «Ittifoq qo‘mitasi» saylanib,
unga adabiyotlar nashr
etish, tashkilotlarga tashviqotchi kuchlar bilan yordam berish,
ishlami uyg‘unlashtirish, markaziy tashkilotlar bilan aloqa o ‘matish
masalalariga rahbarlik qilish vazifasi yuklatildi. Konferensiya
RSDRP Toshkent guruhi gazetasi «Rabochiy»ni RSDRP Turkiston
tashkilotlari ittifoqi organiga, «Soldatskiy listok - Pravda» gazetasini
esa Turkiston o ik a si barcha harbiy inqilobiy tashkilotlarining
organiga aylantirdi. «1-Turkiston konferensiyasi haqida Bildirish»
deb nomlangan nashrda konferensiya joylardagi barcha o ‘rtoqlarga
tuzem proletariatiga alohida e ’tibor berish, ular o ‘rtasida keng
y o ‘sinda sosial-demokratik tashviqot olib borish taklif qilinadi», bu
tashviqot og‘zaki ham, yozma - varaqa shaklida ham, shart-sharoitga
qarab amalga oshirilsin», deyilgan.
Siyosiy polisiya agentlari sosial-demokratlaming bu qarori
qog‘ozda qolib ketganini va ulaming
Turkiston musulmon aholisi
va ishchilaridan tashqari, hunarmandlar, ayniqsa, k o ‘pchilikni
tashkil etgan dehqonlar o ‘rtasida deyarli hech qanday tashviqot
yuritmaganiga ishonch hosil qilishadi. Ular sosial-demokratlar
organi b o ig a n «Soldatskiy listok-Pravda»da bosilgan «Ishchilar
nima istaydi?» deb nomlangan maqolada qo‘yilgan masalaga alohida
diqqat bilan qarashadi. Zotan, bu maqolada sosial-demokratlar milliy
masalada millatlaming o ‘z huquqlarini o ‘zlari belgilashlari, milliy
davlat tuzib, Rossiyadan mustaqil boiish lariga kafolat berishni
yoqlaganlari holda, bu erkinlikning faqat Yevropa millatlariga oid
474
www.ziyouz.com kutubxonasi
ekanligini uqtirganlar. Xususan,
unda polyak, litva, fin, yahudiylar
eslatilib, Turkiston xalklari esa mutlaqo tilga olinmagan. «Rus xalqini
talagan va ezgan holda, - deb yozilgan edi o ‘sha dasturiy maqolada, -
hukumat polyaklar, litvaliklar, finlar, yahudiylar, gruzinlar, armanlar
va boshqa rus boTmagan millatlami juda qattiq ezmoqda... Barcha
millatlar ishchilarining manfaatlari bir xil: rus, fin, polyak hamda
yahudiy ishchilari o ‘z manfaatlariga ko‘ra, bir-birlari bilan rus ishchisi
va rus kapitalistlariga qaraganda yaqinroqdir»1. Turkiston sosial-
demokratlari o ‘lkada
yashovchi fin, polyak va boshqa millatlarga
nisbatan ham qattiq ezilgan o ‘zbek, qirg'iz, turkmanlami tilga
olmaganliklari ulaming hech qachon o ‘lka tub joy aholisi manfaatini
o ‘ylab, jiddiy ish tutmaganligidan, aniqrog‘i, hokimiyattalab bu
firqaning ham mustamlakachilikdan voz kechgisi yo‘qligidan dalolat
beradi.
Aftidan, mahalliy aholi podshohdan hokimiyatni tortib olishda
yordamchi - qora kuch boTishini ko‘zda tutmagan edi. Shunga ko‘ra,
Vasilev va Kvisinskiy eserlaming uzoqni k o ‘zlab, mahalliy millatlar
o ‘rtasida keng k o ‘lamda ish boshlaganliklaridan voqif boTdilar va
aynan shu firqaga nisbatan keskin choralar k o ‘ra boshladilar.
1906 yildagi voqealar tadrijida
eserlaming nufuzi sosial-
demokratlamikidan qolishmagan. Ular 1 may munosabati bilan
bir necha varaqa va xitobnomalar chiqardilar. Toshkent Bosh
temir yo‘1 ustaxonasidagi ish tashlash va uning g ‘alaba bilan
tugashida, shubhasiz, shu firqalaming roli katta b o ‘lgan. Polisiya,
kazaklar, harbiy qismlar tazyiqi temiryoTchilar irodasini buka
olmagani, m a’muriyatning ularga to i a yon berishi butun o ‘lkada
Toshkent temir y o ‘1 ustaxonasining obmsini ko‘tarib uni «Ishchilar
qal’asi» nomi bilan mashhur qildi. 0 ‘sha yili ommaviy ish tash-
lashlar boshqa sanoat korxonalarida ham keng tus oldi. 1906 yil
29 iyunda Toshkent temir yo‘lchilari ishchi noiblari kengashini
tashkil qiladilar.
Ulaming endigina shakllanib kelayotgan
mahalliy ishchilar
sinfining jipslashishiga ta’siri katta bo‘ldi. Masalan, Toshkentdagi
Dyurshmidt ichak tozalash zavodida bir ishchining bo‘shatilishiga
qarshi norozilik tariqasida 13 o ‘zbek ishchisi ish tashlagani ana
shundan dalolat beradi. Eserlar 1906 yil 3 iyulda Toshkentdagi
sapyorlar qo‘zg ‘alonida va ularga qo‘shilgan Turkiston va Kaspiyorti
temir y o ‘1 batalonlari isyonida asosiy rol o ‘ynadilar. 0 ‘lkada paydo
'
Do'stlaringiz bilan baham: