5. DOSTONGA AYLANGAN QAHRAMON
Rus mustamlakachilari orasida «Namoz o ‘g ‘ri», xalq o'rtasida
esa «Namoz botir» deb shuhrat topgan bu shaxsning faoliyati
1904-1907 yillami o ‘z ichiga oladi. Namoz Pirimqulov hayoti va
faoliyati 1907 yildayoq xalq o ‘rtasida doston b o iib ketgan edi. Xalq
baxshisi Nurmon Abduvoy o ‘g ‘li (1862-1939) «Namoz» dostonida
uni afsonaviy Rustam polvonga o ‘xshatgan edi. Namoz Pirimqulov-
ning kim, kimlarga qarshi kurashganligini u shunday ta’riflagan:
Kecha-kunduz yurgani dala-dasht bo ‘Idi,
О ‘ttiz vigitlarga о ‘zi bosh bo ‘Idi,
Nikolayga necha kun kengash bo ‘Idi,
To о ‘Iguncha Nikolay bilan g ‘ash bo ‘Idi,
Namozdayin bir zo
V
о ‘tdi jahonda.
Nurmon Abduvoy o ‘g ‘li Namozni ko‘rgan va u bilan suh-
batlashgan zamondosh sifatida uning mustamlakachilarga qarshi
kurashini shunday satrlarda ifoda etgan:
Burgutdayin qabog ‘ini uygandir,
Bor kuchini bilagiga yiqqandir,
To ‘rt hokimga о ‘zi yolg ‘iz tekkandir,
Namozdayin vallomat о ‘tdi jahonda.
479
www.ziyouz.com kutubxonasi
Nurmon baxshi «to‘rt hokim» deb Samarqand, K attaqo‘rg‘on,
Jizzax va X o‘jand tumanlari boshliqlarini nazarda tutgan.
Namoz Pirimqulov va uning safdoshlari haqida Samarqand va
Toshkent okrug sudlari, muhim ishlar bo‘yicha tergovchilari to ‘plagan
«jinoiy ishlar» 12 jildni tashkil qilgan.
Mustamlakachi m a’murlaming Namoz botir1 haqidagi birinchi
xujjati 1904 yil 15 oktyabr bilan sanalangan. Unda aytilishicha,
K attaqo‘rg ‘on tumaniga qarashli Dahbed volostining Oqtepa qish-
log‘ida Qarshiboy Ro'ziboev, G ‘aybulla R o‘ziboev, Bekaboy Niyoz-
boev, Sayidnazar Sohibnazarov kabi buxorolik yetti savdogar 15
tuyalik karvoni bilan nom a’lum kishilar tomonidan to ‘xtatilgan.
Ulam ing boshlig‘i Qarshiboyga qamchi bosib, hamrohlariga karvonni
tintuv qilishni buyuradi va 720 tanga, uch to ‘nni olib savdogarlami
qo‘yib yuboradi.
Qarshiboy polisiya pristaviga bergan guvohligida qaroqchilar
boshlig‘i Namoz Pirimqulov ekanini aytadi. Chunki, bundan bir hafta
oldin y o ‘lda tasodifan uchrashganda Namoz botir undan 500 bog‘
beda keltirishni iltimos qilgan, lekin Qarshiboy uning bu iltimosini
bajarmagan. Namoz botir buni unutmay, undan o ‘ch olganini aytadi.
Namoz botiming odamlari 1905 yil 10 mayda K attaqo‘rg ‘on bozoridan
qaytayotgan savdogarlar, cho‘ponlar va dehqonlami o ‘rab olishadi,
lekin faqat savdogarlaming pul va mollarini musodara qilishadi.
C ho‘pon va dehqonlaming pullari, otlari va mollariga esa qo‘l ham
tegizmay, qo‘yib yuborishadi.
Namoz botiming tarafdorlaridan biri Hamroqul D o‘stboboev
qo‘lga olinganda tergovchiga bergan iqromomasida u asosan bozorchi
savd og ar-bo ylam i talaganligini tan oladi. Ular pullami safdoshlariga
taqsimlab bergan, mollar, buyumlar va kiyim-kechaklami esa
kam bag‘allarga bo‘lib berishgan.
Pristav Pyotr Shirokov Namoz botir tarafdorlari mahalliy m a’-
muriyat vakillari - volost boshqamvchilari, mingboshilar, qishloq
oqsoqollari, yuzboshilarga doimo tahdid solgani, ulami kaltaklagani,
o ‘ldirgani va mol-mulkini tortib olgani haqida bayonot berib, shun
day yozadi: «Qaroqchilar ulami tutib ushlab bermoqchi b o ‘lgan
qishloq m a’murlaridan qattiq o ‘ch olardilar. Xalq ham ulardan
qo‘rqardi. Mahalliy m a’muriyat esa ulardan yurak oldirib qo‘ygan».
X o‘ja Ahror volosti Otaliq qishlog‘ida kuppa-kunduzi otda
ketayotgan qishloq oqsoqoli Muhammad Amin Nazar Muhammad-
1 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov 1999 yil 9 mayda - Xotira
va qadrlash kunida so‘zlagan nutqida Namoz Pirimqulovni «Namoz botir» sifa-
tida tilga olgan.
480
www.ziyouz.com kutubxonasi
ning oldidan bir necha qurollangan kishi chiqib, otining jilovidan
tutgan holda oqsoqolni urib yerga ag‘darishadi va uning 40 rubl puli,
100 Buxoro tangasi, ikki tunini olib qo‘yishadi. Arabxona qishlog‘ida
bir necha kishi mingboshi Xidirboevga o ‘q uzishadi. Q o‘qqisdan
uzilgan o ‘q kazaklar bilan qaroqchilami ushlashga borayotgan
mingboshi Lutfulla X o‘jaevni ham otdan qulatadi.
1906 yil iyul oyida ikki kun ichida Namoz botiming yigitlari
chorvador boy Xudoynazami, Torariq qishlog‘ ida mingboshi Eshonqul
Azimovni, Angren volostida mashhur savdogar Qurbonboyni
talashgan. Q o‘lga olinganlardan biri xalqning o ‘zlariga bo‘lgan
munosabatini so‘roq vaqtida shunday izohlagan: «Biz qishloqlarda
Namozning o ‘rtoqlari, yo tanishlarinikida, yoki mutlaqo begona
kishilaming uylarida tunab qolardik. Bizga boshpana berish xususida
hech kim m one’lik qilmagan, chunki odamlar Namoz botirdan juda
hayiqishgan»1. K attaqo‘rg‘on tumanboshisining guvohligi ham
shunday: «Namoz o ‘z hujumlaridan so‘ng, xavf-xatar paydo b o ‘lsa,
mahalliy aholi yordamida yashirinib olardi. Ammo hech kimdan
uning turgan joyi haqida m a’lumot ololmaganmiz. M a’lum qilishsa
ham, Namoz ketgandan keyin b o ia rd i» 2. Namoz botir va uning
tarafdorlarini xalq ommasi qanday hurmat qilgani, ular haqida turli
afsonalar to ‘qigani va hamisha madad berganini Samarqand viloyat
harbiy gubematori general-mayor Gesket ham tan olgan edi: «Namoz
doimo chopqir otlari yordamida ta ’qibdan qochib qutulardi. Turli
tumanlardagi turli qishloqlaming aholisi unga boshpana berardi;
odamlariga, otlariga qarashardi. Namozning soqchilik xizmati a ’lo
darajada y o ‘lga qo‘yilgan. Har yoqda qo‘riqchi-darakchilari bor,
aholi o ‘rtasida va hatto Samarqand shahrida ham uning josuslari
ko‘p » \ Mahalliy m a’muriyatda ham unga xayrixoh kishilar bo‘lgani
diqqatga sazovordir. Chashmobdan xoji Tursun, Urgutdan Mirza
Qobil, Sergelidan mulla Rustam, Dahbeddan mulla Hamid, Angordan
Hikmat mahdum Junaydullaev kabi volost boshqamvchilari -
mingboshilar Namozni zam r axborot, qurol-yarog‘ va o ‘q-dori bilan
ta ’minlab turishgan. Namoz 1905 yilda 20 yigiti bilan 200 kishilik
qurolli karvonga hujum qilgan. Jom volostida yuz bergan bu voqea
Namozning nomini juda mashhur qilib yuborgan. Karvondan 25
miltiq, otlar va anchagina mollar o ‘lja qilib olingan. 0 ‘sha yili
chorvador boylar karvoni Jom volostining Gumbaz degan joyida
‘0 ‘zR MDA, 17-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 14346-ish, 59-varaq.
2 0 ‘sha hujjat.
- 0 ‘zR MDA, 17-jamg‘arma. 1-ro‘yxat, 2968-ish, 91-varaq.
481
www.ziyouz.com kutubxonasi
Namozning xujumiga uchraydilar. Karvonda borayotgan Chiroqchi
hokimining vakili Buxoro amiriga atalgan maktub va buyumlar
bilan Namoz botiming qo‘liga tushadi. Kitob begi soqchilari bilan
1905 yilning aprelida Namoz tomonidan qurolsizlantiriladi va amir
yuborgan jazo eskadroni ham tor-mor qilinadi. Namoz botir va
uning yigitlari Buxoro ostonasiga borib, amirga tahdid solganlar.
Ular hatto A fg‘oniston chegarasigacha borganlar.
Buxoro amiri qushbegi Ostonaqulbiy dodho orqali general-
gubematorga Namoz botir ustidan shikoyat qilgani ham diqqatga
sazovordir.
1905 yilning oktyabr oyida Namoz botir X o‘jaariq volosti
boshqaruvchisi Lutfulla X o‘jaevning sotqinligi tufayli Qorateri
qishlog‘ida pristav kapitan Golov tomonidan qo‘lga olinadi. Uni
so ‘roq qilish materiallari, guvohlarning k o ‘rsatmalari va tergovdagi
savol-javoblardan shu narsa m a’lum b o ‘ladiki, o ‘sha 1905 yilda
Namoz botiming yoshi 28 da b o ‘lgan. 0 ‘rta bo‘yli, qora soqol,
qora k o ‘z va xushbichim yigit bo ‘lgan. Uylangan, farzandi y o ‘q.
Jar qishlog‘ida hovli joyi va yeri bo‘lgan. Kasbi-kori dehqonchilik.
Ikki marta qozilar sudi tomonidan jazolangan (sababi aytilmagan).
Yigitlarining o ‘rtacha yoshi 20-25 yoshda va turli millatlarga man-
sub b o 'lg an 1. 1906 yil 7 fevralda Samarqand okrug sudi prokurori
Toshkent sud palatasining prokuroriga y o ilag an tashvishli xabarida
2 fevral kuni kechqurun viloyat turmasidan lahm orqali Namoz va
50 mahbus qochgani, ularga mahalliy aholi yordam bergani, Xolbek
X o‘jayorov, Tojiqul Imomqulov va Abduvohid Abdusodiqovlar esa
2 fevral kuni kechqurun tunna devori yoniga otlami keltirishgani va
shu otlar yordamida mahbuslar qochib ketishga muvaffaq b o ‘lgani
m a’lum qilingan.
Namoz Pirimqulovning qamoqdan qochgach, o ‘z faoliyatini
yanada kengroq quloch yoydirishi mustamlaka m a’muriyatini juda
cho‘chitib yubordi. Imperiyani larzaga solayotgan siyosiy kurashlar
sharoitida Turkiston dehqonlarini qo‘l ostida birlashtirishga qodir
b o ‘lgan bu shaxs rus ishchilari va inqilobchilaridan ham dahshatliroq
edi. Shu sababdan Namoz botiming ishiga shaxsan Turkiston
general-gubematori N.I.Grodekovning o ‘zi e ’tibor berdi. Uning eng
yaqin safdoshlari - Rossiya turmalari va Sibir surgunidan qochgan
Abduqodir hoji O taullaxo‘jaev, Qobil Toshpo‘latov, Xudoynazar
Toshmuhamedov, Jo ‘ra Jiyanov, Jalil Ulug‘murotov, Hotam Kari
mov, Abdunazar Hojinazarov, Tursun va Karim Ustanazarovlar
10 'z R MDA, 130-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 2968-ish, 209-varaq.
482
www.ziyouz.com kutubxonasi
ishi boshqa «qaroqchilar» ishidan ajratib olinib, xavfli jinoyatchilar
sifatida Toshkent okrug sudining alohida muhim ishlar bo‘yicha
tergovchisiga topshirildi.
Namoz boshchiligidagi qasoskorlar guruhiga qarshi mustamlaka
m a’muriyati o ‘zining sinalgan ayg‘oqchilarini yubordi. Shunday
ig‘vogar josuslardan biri Shirin Muhamedov boTib, u shu darajada
«namozchi» bo‘lib ketdiki, kazaklar bilan otishmalarda barcha
hujumlarda o ‘rnak ko'rsatgani uchun yuksak ishonch qozondi. U
qo‘lga olinganida m s m a’murlaridan b a’zilari hatto Shirin Muha-
medovning rus josusi ekanligini bilmay, unga qattiq jazo berishni
talab qilishgan.
Namoz botirga qarshi Turkiston jangovar kazak diviziyasi
qismlari yuborildi. Lekin, Namoz botiming urush k o ‘rmagan,
harb ilmida tajribasiz yigitlari juda ko‘p to'qnashuvlarda dovdirab
qolmay, partizan urushi uslublarini qo‘llab, kazaklami dog‘da
qoldirishdi. Xalq qasoskorlariga qarshi 2-Uralsk kazak polki ham
tashlandi. Turkiston harbiy okrugi shtabining 1905-1907 yillarga
oid hujjatlarida va «Туркестанские ведомости», «Turkiston viloya-
tining gazeti» sahifalarida Namoz botir va safdoshlarining mirshablar,
askarlar hamda kazaklar bilan jangu jadallariga oid qiziqarli
m a’lumotlar ko‘p. 2-Uralsk kazak polki zobiti xorunjiy Kazansevni
orden bilan mukofotlash uchun berilgan tavsiyanomada uning
jasorat ko'rsatgani ta ’kidlanadi. Bu «jasorat» Namoz botir bilan
bo‘lgan janglarda qatnashgani uchun qayd etilgan edi. 1-Turkiston
kazak diviziyasi qo‘mondoni Samarqand harbiy gubernatoriga 1907
yil 30 yanvarda yo‘llagan axborotida «Namoz ishiga munosabat
doirasini ancha kengaytirish lozimligi» uqtirilgani bejiz emas.
Kazak generali Namoz botimi butun viloyatning osoyishtaligini
ostin-ustun qilgan shaxs sifatida baholaydi.
Turkiston general-gubernatori «o‘zbek Dubrovskiysi» boTmish
Namoz Pirimqulovni tutish ishini tashkil qilish operasiyasiga shax-
san Samarqand viloyati harbiy gubematorining yordamchisi, pol
kovnik Susaninni javobgar qilib tayinladi. Operasiya muvaffaqiyatini
ta ’min etish ishiga o ‘z navbatida Buxoro amiri, rus armiyasining
kavaleriya generali Said Abdulahadxon ham kirishdi. 1907 yil mart
oyida general-gubemator mahkamasi polkovnik Susaninga Namoz
botir operasiyasi uchun maxsus qo‘shimcha m ablag‘ ajratdi. Sa
marqand harbiy gubematori general Gesket 28 mayda 2-Uralsk
kazak polki komandiriga operasiya mutlaqo maxfiy tarzda boshlani-
shini xabar qilib, kazaklami podpolkovnik Sokolskiy ixtiyoriga
yuborishni buyurdi. Buxoro chegarasida 12 ta pistirma, Samarqand
483
www.ziyouz.com kutubxonasi
va K attaqo‘rg‘on tumanlarida 10 ta kuzatuv pistirmalari qo‘yildi.
Buxoro amirining amri bilan barcha yo‘llarga kuchaytirilgan sar-
boz qismlari joylashtirildi. Namozchilar tengsiz janglarda talafot
ko‘rib, chekinishga urindilar. Lekin qurshov halqasi tobora torayib
borardi. Namoz botir bilan yigitlari ta’qibdan qutulib, har yoqqa
tarqalib ketgani va yetakchining o ‘zi xiyonatkorona o ‘ldirilgani
haqida ikki xil taxmin bor.
Jazo otryadlaridan biriga komandir b o ‘lgan Samarqand tuman-
boshisining yordamchisi podpolkovnik Sokolskiy harbiy gubema-
torga 1907 yil 3 iyunda Namoz Pirimqulov Turkman, Qobil,
Norbobo, Kenja, Aliqul va Berdibek kabi yaqin do‘stlari bilan 25 may
kuni ta ’qibdan qutulgandan so'ng Buxoroning Ziyovuddin bekligiga
qarashli Toshquduq ortidagi Qoracha togiaridan panoh topishdi,
deb xabar qilgan edi. Horib tolgan qasoskorlar pinakka ketgach,
soqchilikda turgan Qobil mudhish reja tuzadi. Sheriklarini uyg‘otib,
Namoz botimi o ‘ldirish va shu bilan qutulib qolish mumkinligini
aytadi. Qobil uxlab yotgan Namoz botiming peshonasiga tosh bilan
uradi, Kenja va Aliqul uni tom og‘idan b o ‘g ‘adilar. Boshqalar esa
Namozning yaqin safdoshi Turkmanni oidirishadi. Qotillar Namoz
botiming jasadini palakka o ‘rab, a w a l g‘orga berkitishadi, keyin
esa Toshquduq qishlog‘idan olti chaqirim beridagi joyga tashlab
qochishadi. Sokolskiy o ‘z xabamomasida pristav kapitan Golov
Namozning jasadini borib ko‘rganini va u chindan qasoskorlar
boshlig‘i Namoz Pirimqulov ekanligini yozgandi.
Boshqa bir taxminni 1907 yil 1 iyunda Buxoro amirining
qushbegisi Ostonaqulbiy dodho bayon etgan. Bunga kura, Ziyovuddin
bekligining Enkichik degan yerida Turkman boshchiligidagi 8
qaroqchi Namoz dam olib yotgan joyga kelishadi. 0 ‘rtada qan-
daydir nizo chiqib Turkman Namozni o ‘ldiradi. Usha zahotiyoq
Namozning tarafkashlari Qobil va Juma Turkmanga tashlanib,
qonli olishuvda uni o ‘ldirishadi. Namozning jasadini esa dafn etish
uchun K attaqo‘rg ‘onga olib ketishadi.
Turkiston general-gubematori Namoz botiming o ‘limidan behad
mamnunligini yashirmay Samarqand viloyat harbiy gubematori
general Gesketga ushbu minnatdorchilik telegrammasini yo‘llab,
«Xayriyatki, biz sizning g ‘ayrat va tadbirkorligingiz tufayli Namoz-
dan qutuldik. Juda xursandman, sizlardan minnatdorman. 0 ‘zini
yaxshi ko brsatganlami mukofotga taqdim qiling»1, deydi. General
Gesketning tadbirkorligi esa Namozning yaqin safdoshlarini q o ig a
1 0 ‘zR MDA, 18-jam g‘arma, 1-ro‘yxat, 2193-ish, 43-varaq.
484
www.ziyouz.com kutubxonasi
olish, ular orasiga nifoq solishdan iborat b o ‘lgan. 1907 yil 19 dekabr-
da Namozni o ‘ldirish ishida «o‘m ak k o ‘rsatganlardan» Samarqand
tumani Polvonariq volosti boshqaruvchisi mulla Qulmuhammad
Umarbekov kichik oltin nishon, K alqo‘rg‘on mingboshisi Mirza
Said Murod M irza Hakimov, Polvonariq qishloq oqsoqoli Abdiqul
Abdurahmonov, mirshablardan Karimboy Nazarov, Usta Muham
mad Murod Yusufov kichik kumush nishonlar bilan takdirlandilar.
Ular millatimiz oldida abadul-abad yuzi qora sotqinlardir. Namoz
Pirimqulovning sodiq do‘sti Abduqodirxo‘ja 1908 yil 12 avgustda
Mingariq volostida tuman hokimi askarlari tomonidan otib o id iri-
ladi. K attaqo‘rg‘onlik Qobilning taqdiri fojiali kechdi. Uni ham rus
askarlari halok qildilar. Namoz Pirimqulov va do‘stlari uchun qattiq
qayg‘urgan Dovurcha qasos beIbog‘ini mahkam bog‘lab Mitan,
Chiroqchi, G ‘allaorol, Xatirchi va Karmana muzofotlarida mir
shablar, mahalliy amaldor va sotqin boylaming dodini berdi. Uni
qariyb ikki yil davomida q o ig a ololmadilar. Faqat 1909 yil 29
avgustda chor m a’murlari kazak otryadi bilan b o ig a n jangda
Dovurcha q o ig a olinib qamoqqa tashlandi1.
M ustabid tuzumga qarshi o ‘ziga xos xaloskorlik y o iin i tutgan
Namoz botiming o iim i dehqonlaming mavjud mustabid tartibga
va mustamlaka zulmiga qarshi kurashini to ‘xtata olmadi. Xullas,
Namoz Pirimqulov va uning izdoshlarining qasoskorona xalq
kurashi vatanimiz tarixining eng yorqin sahifalaridandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |