O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligiga erishgach, mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma'rifiy hayotida tub o’zgarishlar ro’y berishiga keng imkoniyatlar ochildi



Download 361,05 Kb.
bet4/7
Sana26.06.2022
Hajmi361,05 Kb.
#707162
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Abdulazim

Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism va ikki bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

I BOB: XL-XV ASRLARDA ISPANIYA

    1. Ispaniya rekonkistasining mohiyati

Ispan xalqining arablar bilan uzoq davom etgan, ko’p asrlik kurashi Ispaniya davla-tining tashkil topishida juda katta rol o’ynadi. Pireneya yarim orolining arablardan qaytarib olinishi tarixiy adabi-yotda rekonkista deb nom olgan. Ispan xalqlarining arab-mavrlarga qarshi olib borgan ozodlik kurashi bo’lgan keng maъnodagi rekonkista VIII asrdan-boshlab, arablar yarim orol-ni istilo qilganlaridan keyinoq, yaъni VIII asrdan, to XV asr oxirigacha davom qildi. XV asr oxirida arablarning Ispa-niyadagn so’nggi yirik mulki hisoblangan Granada qo’ldan boy berildi. Eng tor maъnoda rekonkista so’zidan odatda, XI—XIII asrlar davri tushuniladi. XI—XIII asrlar davrida ispan xalq-lari zo’r berib yarim orolning janubiga tomon siljib borgan edilar.
Arablar Ispaniyada. X asr boshlarida Ispaniyada arablar hukmronligi eng kuchli edi, bu vaqtda Kordova amirligi Kor­dova xalifaligiga aylangan edi. Ispan arablariga — mavrla-riga Pireneya yarim orolidan tashqari, yana qo’shni Shimoliy Afrikadagi ko’p sonli barbar qabilalari ham bo’ysunar edi­lar. Arablar davrida Pireneya yarim orolida ishlab chiqaruvchi kuchlar zo’r berib rivojlangan edi. Sharqning yuksak madaniya-ti bilan bog’langan arablar Ispaniyada sunъiy sug’orish siste-masini keng qo’lladilar. Ular Pireneya yarim orolida bir qancha yangi va qimmatli qishloq xo’jalik ekinlarini joriy qildi-lar, ular orasida sholi, shakar qamishi, tut daraxti, apelsin, limon va boshqalar bor edi. Arablar davrida turli hunarmand-chilik juda ham yuksalgan edi. Metall, charm, jun, ipak, oyna va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish yuksak darajada tako-millashgan edi. Kordova xalifaligi Shimoliy Afrika orqali Sharqdagi butup musulmonlar mamlakati bilan savdo-sotiq aloqalari bog’lagan edi. Ispan arablari Yevropaning turli mamlakatlari bilan, ayniqsa qo’shni Fransiya va Italiya, bilan, shuningdek, Vizantiya bilan ham qizg’in savdo-sotiq olib bordilar.
Qisman rimliklar davrida mavjud bo’lgan, vestgotlar dav­rida bir qadar rivoj topgan Ispaniya shaharlari arablar za-moniga kelib yirik sanoat markazlariga aylandilar. Ular orasida Andaluziya shaharlari va Ispaniyaning janubidag»: Kordova, Sevilya, Granada, Valensiya shaharlari ayniqsa aj-ralib turardi. Xalifalikning poytaxti bo’lgan Kordova sha-hari — XI asrda Yevropaning eng yirik shahari hisoblanardi. Kordovaning (tevarak-atrofi bilan birga) qariyb 500 ming aholisi bor edi. Ispaniyada hozirgacha saqlanib qolgan arab arxitekturasining eng yirik yodgorliklari — Kordova masjidi (VIII asrda qurilgan), Granadadagi Algambra saroyi (XIII asrdan), Se'vilyadagi Alkasar qasri (XIII asrdan), Ispaniyada arab madaniyati yuksak va original madaniyat bo’lganligidan yaqqol dalolat beradi. Ammo ispan-arab jamiyati, har holda tipik feodal jamiyati bo’lgan. Yirik shaharlar bilan bir qatorda, yarim orolning ichki qismi mahalliy knyazlarning xo’­jalik mustaqilligini saqlab qolishda davom etgan. Bu hol xalifalikni siyosiy jihatdan taraqqiy ettirishda ham aks etdi. XI asr o’rtalarida xalifalik qisman yirik, qisman mayda feodal davlatlardan iborat bo’lgan 23 bo’lakka bo’linib ketdi (ularning baъzilari shahar respublikalaridan iborat edi).
Ayni zamonda Ispaniyadagi arab feodalizmi mahalliy aho-li uchun g’oyatda og’ir bo’ldi, vaqt o’tishi bilan feodal eksplua-tatsiyasini tobora ko’proq qo’lladi, buning yoniga kuchayib boruv-chi milliy zulm va huquq jihatdan tengsizlik qo’shildi, xris­tian aholisini zo’rlab musulmon diniga o’tkazishdek qo’pol di-niy musulmon fanatizmi avj oldi.1
Xalifalikdagi aholining katta ko’pchiligi arab bo’lmagan xalqlar edi. Maprlar iisbatan juda ozchilikni tashkil etar-dilar. Pireneya yarim orolining istilo qilingan xalqlari gar-chi qioman arab tnlipi o’rganib olgan (mosarablar), baъzilari hatto musulmon diiini qabul qilgan (renegatos) bo’lsalar-da, lekin ular bari bir, mavrlarga kelgindi istilochilar va zo-limlar deb qarardilar. Tabiiyki, ular yarim orolda istilo etilmay qolgan va Pireneya yarim orolining shimol va shimoli-sharqdagi tog’li oblastlardan janubga gomon asta-sekin hujum boshlagan qismini qo’llab-quvvatlar edilar. Vestgot davlati-ning sobiq poytaxti bo’lgan Toledo shahari arablarga sira bo’yin egmadi. IX—XI asrlar davomida Toledo aholisi Kordova xalifaligiga qarshi bir necha bor qo’zg’olon qildi.
Shimolda Asturiya (bosh shahri Oviedo), Navarra va Ispan markasi territoriyalari arablar tomonidan istilo qilinma-gan edi. Yarim orolning sharqidagi Ispan markasini bir vaqt-lar Karl Buyuk istilo etgan edi. Mavrlarga hujum ham xuddi ana shu yerdan boshlandi. Rekonkista bundan buen keng milliy-oeodlik harakatiga aylanib, unda tarkib topayotgan ispan xal qining turli xil sinflari: feodallar ham, shaharliklar ham, dehqonlar ham qatnashdilar. Rekonkista ispan xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot shart-sharoitlari taqozosi bi­lan kelib chiqqan zaruriy qonuniy jarayon edi. Tog’-toshlarga surib chiqarilgan, dehqonchilik uchun zarur bo’lgan yer maydon-lardan mahrum etilgan, Urta dengizdan kesib qo’yilgan ispan-lar bir zamonlar o’z ota-bobolari istiqomat qilib, keyin arab-lar tomonidan istilo etilgan va siqib chiqarilgan janubga tomon siljib borishlari kerak edi yoki bo’lmasa, o’z ishlab chi-qaruvchi kuchlarining bundan buyongi o’sishidan va o’z millatla-rining ravnaq topishidan voz kechishlari lozim edi.
Rekonkistaning asosiy bosqichlari. Rekonkistaning asosiy' bosqichlari quyidagichadir. Asturiya korolligi VIII—IX asr-larda yarim orolning butun shimoliga va shimoli-g’arbiga o’z taъsirini yoydi. X asr boshlarida asturiyaliklar janubga ham siljib bordilar, Leon shahri esa ularning asosiy markazi bo’lib qoldi va butun Asturiya korolligi Leon nomi ' bilan Leon korolligi deb atala boshladi. X asrning ikkinchi yarmi-da— XI asr boshlarida Leon janubgacha kengayib, Duero daryo-si havzasigacha cho’zilib ketadi. Bu yerda juda ko’p qasrlar-qalъalar — burglari bo’lgan chegara oblast tashkil topadi. Ana shu qasrlar nomidan olinib, yangi mamlakat Kastiliya1 deb ataldi. Burgos shahari Kastiliyaning asosiy shahari hisobla-nardi.
1037 yilda Leon koroli Kastiliyaning ham koroli deb atala boshladi. XI asrning ikkinchi yarmida Kastiliyaliklar Taho da-ryosi havzasini bos i b oldilar. 1085 ynli korol Alfons VI Toledo shaharini istilo qildi. Bu yangidan istilo qilingan territoriya, yaъni Taho havzasi Yangi Kastiliya deb atala bosh­ladi. Biroq XI asrda Yangi Kastiliyaning ahvoli hali ancha no-mustahkam edi. 1086 yili, yaъni Toledo istilo qilingandan keyingi yili Alfons VI ning o’zi Zallak shahriga yaqin joy-da arablardan qattiq zarba yedi.
Shimoli-sharqda joylashgan Navarra korolligi IX asrda juda katta ahamiyatga ega edi. Bundan keyingi asrlarda u uncha kengaymadi. Ammo uning janubida ancha-muncha siyosiy o’zgarish-lar bo’lib o’tdi. IX asr oxirida Ispaniya markasidan yangi jwyc-taqil mulk, Aragon grafligi ajralib chiqib, so’ng XI asrda korollnkka aylandi. 1118 yili aragonliklar arablardan Sa­ragosa shaharini tortib olib, uni Aragonning poytaxti qildi-lar. 1137 yili Aragon Ispaniya markasi bilan birlashdi, Ispa­niya markasi bu vaqtda Kataloniya' yoki Barselona grafligi degan yangi nom bilan yurardi. Nihoyat, yar1sh orolning g’arbida.




Portugaliya janubga tomon cho’zilib ketgan edi. Dastlab bu ham graflik edi (taxminan 1095 yillarda tashkil topgan edi), 1116 yilga kelib u ham korollik bo’lib oldi. Portugaliyaning poytaxti boshda Duero daryosining mansabidagi Oporto shahri edi, keyin 1147 yildan — Taxo daryosining mansabidagi Lissa­bon shahri poytaxt bo’lib qoldi. Leon koroli hoqim'iyatidan xa-los bo’lgan Portugaliya koroli Rim papasiga qaram bo’lib qol-di. Ammo bu qaramlik nomigagina bo’lib, aslida boshqacha edi1.


Shunday qilib, XII asr boshlariga kelganda Pireneya yarim orolida uning taxminan yarmisini egallagan to’rtta xristian davlati: Kastiliya, Navarra, Aragon va Portugaliya bor edi. XI asrning oxiri va XII asrning hammasi rekonkistaning eng avjga chiqqan davri edi. Kastiliya xalq eposida xuddi ana shu davr o’z aksini topgan, xalq eposining qahramoni mashhur Sid Kampeador edi1. Sharqdagi salib yurishlari singari, Pireneya yarim orolida mavrlar bilan olib borilgan kurashga ham mu-qaddas urush tuey berilgan edi. Xristianlar bilan musulmon-lar ilgarigi paytlarda diniy masalada baъzan bir-birlari bilan ishlari bo’lmasdi, rekonkista jarayonida ular bir-birov-lariga fanatiklarcha nafrat ko’zi bilan qaraydigan bo’ldilar. Mavrlar Shimoliy afrikaliklarni, barbarlarni va boshqa musulmon qabilalarni o’zlariga yordamga chaqirdilar. 1086 yili Ispaniyaga G’arbiy Sahroyi Kabirdan almuraviylar, 1125 yili Atlas tog’laridan (Sharqiy Morokkoda) almug’alar keldilar. Ispaniyaliklarta yordam berish uchun Fransiya, Angliya, Germa­niya va Italiyadan ritsarlar kelishdi. Sharqdagi singari, Ispa-niyada ham mavrlar bilan kurashish uchun bir qancha maxsus diniy-ritsarlik ordenlari Sant-Yago, Alkantara va Kalatrava ordenlari barpo etildi.
XII asr mobaynida kastiliyaliklar arablar Andaluziyasiga bir necha marta bostirib kirib, uni payhon qildilar. 1212 y-ili Las Navas de Tolos yonida har ikkala tomon o’rtasida eng katta hal qiluvchi jang bo’ldi. Bu jangda Kastiliya (Al­fons VIII), Navarra va Aragon korollari ittifoqchilar sifa-tida birgalikda urush qildilar. Barbarlar, negrlar va Shimo-li-G’arbiy Afrikaning boshqa ko’pgina qabilalari mavrlar tomonidan turib janglarda qatnashdilar, Arablar qattiq maglubiyatga uchrab, o’zlarining barcha boy lagerlarini g’olib-larga o’lja qilib qoldirib chiqib ketdilar.
Shundan keyin Kastiliya tez orada Andaluziya bilan Mursiya-ni egalladi. 1236 yili u Kordovani, 1248 yili — Sevilyani qo’lga kiritdi. 30 va 40-yillarda Aragon Valensiyani va Ba-lear orollarini bosib oldi. Portugaliya janubga tomon to Gva diana daryosi mansabigacha siljib bordi. Mavrlar ixtiyorida •birgina janubiy Granada korolligi (yoki Granada amirligi) saqlanib qolgan eds. Granada korolligi mustaqil davlat si-fatida uzoq vaqt, yaъni 1492 yilgacha yashab keldi1
XIII—XV asrlarda Pireneya yarim orolidagi davlatlar
Na­varra va Portugaliya. Yarim oroldagi to’rtta xristian davlat-laridan Navarra va Portugaliya alohida-alohida rivojlandi-lar. Navarrada fran-suzlar taъsiri juda kuchli edi. Atrofii tog’lar o’rab olgan bu kichik mamlakatning iqtisodiy rivojla-nishi sekinlik bilan bordi. Shu sababli XIII—XV asrlar dav-rida Navarra, umuman, katta rol o’ynagani yo’q.
Atlantika okeani sohili bo’ylab uzun tor polosa bo’lib joylashgan Portugaliya jadalroq rivojlandi. XV asrga kel-ganda Portugaliya katta dengiz flotiga ega bo’lgan savdo-sotiq qiladigan mamlakatga aylandi. Yarim oroldagi mavrlar bilan olib borilgan kurash uni Shimoliy Afrikadagi arablar bilan urushlar qilishga ham tortdi. Portugaliyaliklarning Shimoliy Afrikadagi mulki bo’lmish Seuta, keyin portugaliyaliklarning XV asrdagi geografik kashfiyotlarida katta rol o’ynadi. Ammo Urta dengiz sohilidagi mamlakatlar bilan, Angliya, Niderlan-diya va boshqa mamlakatlar bilan zo’r berib olib borilgan tashqi savdo-sotiq aloqalari Portugaliyani Pireneya yarim oro­lidagi boshqa davlatlardan ajratib qo’ydi. Rekonkista Por­tugaliyani qo’shni Kastiliya bilan bog’lashi lozimdek ko’rinsa-da, lekin Portugaliya o’zining mustaqilligini rashk bilan saqlab keldi.
Kastiliya korolligi. Kastiliya va Aragon Pireneya yarim oro-lining ikkita asoeii davlati bo’lib, pirovardida ular yagona korollikka birlashdilar. Bu birlashgan davlatlarning o’rta asrlar davridati tarixi o’zining bir qancha xususiyatlariga egadir. Kastiliya korolligi yarim orolda eng katgch territoriya-ni egallagan edi. Yarim oroldagi territoriyaning deyarli besh-dan uch qismi uning hissasiga tushar edi. Rekonkistada ham Kastiliya eng aktiv qatnashgan edi. Kastiliya tili keyinchalik isnap milliy adabiy tiliga asos bo’ldi.
Urta asr davridagi Kastiliyaning ijtimoiy tuzumi o’ziga xos ko’pgina xususiyatlarga ega edi. Kastiliyaning urushqoq dvor-yanlari mamlakatda katta taъoirga ega edilar. Arablar bilan kurashda qatiashish dvoryanlarning ertaroq toifa bo’lib tarkib topishiga pa dvoryanlar ko’ichiligining bevosita korol bilan aloqa o’riatishiga yordam berdi. Kastiliyada katolik cherkovi ham juda katta taъsirga ega edi, rekonkista natijasida kato­lik cherkovi ko’i yer oldi. Kastiliyada rekonkistaning butun og’irligini o’z znmmasiga olgan o’nlab erkin shahar-kommunalar bor edi. Hunarmandlar va mayda savdogarlardan iborat bo’lgan shaharliklar butui asrlar davomida muntazam harbiy xizmat o’tadilar. Kastiliya shaharlari shaharlarning alohida harbiy ittifoqlariga — er'mandilarga birlashdilar. Kastiliya dehqonlari ham rekonkistada juda aktiv qatnashganliklari sababli krepostnoy qaramlikdan ertaroq xalos bo’ldilar. Kas­tiliya feodallari dehqonlar bilan hisoblashishga va ularga jiddiy yon berishga majbur bo’ldilar. Eski va yangi Kastiliya­ning ko’pchilik dehqonlari erkin jamoatchilardan iborat (b ye-getriyalar) bo’lib, feodallar homiyligida kun ko’rardilar va ularga odat bo’yicha bitim bilan belgilangan kichik miqdor-da obrok to’lardilar.
Kastiliya shahar va qishloq jam№alarining siyosiy ahamiyati Kastiliyada umumtoifa vakilligi, yaъni korteslarning ertaroq vujudga kelishida ochiq-oydin namoyon bo’ldi. Korteslar o’z faoliyatini 1188'yildayoq (ingliz parlamenta va fransuz 'General shtatlaridan ancha oldin) boshlagan edi, shu bilan •birga uchinchi toifa vakillari sostaviga shaharliklar bilan birgalikda dehqonlarning ham baъzi bir vakillari kirgan edi. Kastiliyadagi korol hokimiyati shaharlarga tayanib turib,
XIII aerdayoq o’z obro’-eъtiborini kuchaytirishga harakat qildi va yirik feodallar bilan qattiq kurash olib bordi.
XIII aershshg ikkinchi yarmida korol Alfons X (1252— 1284) qopunlar to’plami («Yetti qnsm» deb ataladigan) qonui-lar to’plami (chiqardi), bu qonuplar to’plami Rim huquqi g’oya-lari bilan sugorilgan bo’lib, o’rta asr Yevropasidagi qonunlar-ning birinchi umumlashtiruvchi to’plami edi. Alfons X o’zidan sal oldin Salamanka shaharida taъsis etilgan universitetga ^omiylik qilib, davlat mablag’lari hisobiga shu shaharda ob­servatoriya (rasadxona) qurdirdi. Uning davrida korol ho-kimiyatining obrusi ancha ortdi. Ammo feodallar hali tinib-tinchimagan va o’zlarining imtiyozlariga qattiq yopishib olgan edilar.
Yuz yillik urushda iiglizlarning ittifoqchisi bo’lgan ko­rol Pedro I Zolim (1350—1369) XIV asrda feodallar bilan qattiq kurash olib borib, ko’pdan-ko’p feodallarni qatl ettir-di va ularning molu mulklarini musodara qildirdi. Kastiliya grandalari fransuz feodallarining ko’magiga tayanib, Pedro-ni yengdilar va taxtga univg raqibi Genrix II Trastamarani o’t-kazdilar. Genrix II Trastamara 1369 yildan boshlab yangi di-nastiyaga asos soldi.
XV asr o’rtalariga kelganda Kastiliyadagi korol hokimiyati erishgan yutuqlar, umuman olganda, hali u qadar katta emas edi. Korteslarning qo’llab-quvvatlashiga qaramay, korollar qud-ratli grandalarning kuch-qudratiga shikaet yetkaza olmadilar.
XIV va XV asrlarda korteslarning o’zi onda-sonda yig’iladigan bo’lib qoldi. Kastiliya korollari ko’pincha feodallarnivg dush­man guruhlarini shu feodallarning saroy bilan aloqador bosh­qa qismi yordamida, shuningdek, katolik cherkovi ko’magida yen-gishga umid bog’lab, shaharlar bilan har doim ittifoq bo’lishni izchil amalga oshiravermasdilar. Buning natijasida korol hokimiyatining o’zi turli feodal to’dalarining kurash quroliga aylanib qolardi. XV asrning ikkinchi yarmida Kastiliyadagi-korol hokimiyatining nochor ahvoliga yaqqol misol qilib korol-Genrix IV (1454—1474) ni ko’rsatish mumkin. Genrix IV ning butun hukmronligi davri feodal o’zaro urush-janjallari bi-lan to’lib-toshgan edi. Zodagonlar korolning qizi Xuananing taxt vorisligi huquqini tan olmay, korolning singlisi ma­lika Izobellaning nomzodini qo’ydilar. Zodagonlar kelajakda Izobellani o’zlariga rom qilib olib, undan itoatli qurol si-fatida foydalanmoqchi edilar.1


Download 361,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish