O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligiga erishgach, mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma'rifiy hayotida tub o’zgarishlar ro’y berishiga keng imkoniyatlar ochildi



Download 361,05 Kb.
bet6/7
Sana26.06.2022
Hajmi361,05 Kb.
#707162
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Abdulazim

2.2 Aragon federatsiyasi
Aragon, o’z-o’zicha Pireneya yarim oroli-da (agar hatto Aragonning Kataloniya bilan birlashganligini qo’shib hisoblaganda ham) kichik bir territoriyani
egallar edi. Ammo Urta dengizda uning ko’pdan-ko’p mulklari: Sitsiliya, Sardiniya, Neapol korolliga, Balear orollari va boshqalar bor edi. Kastiliyaning aksicha, Aragon katta dengiz davlati edi. Lekin bu yerda korol hokimiyati zaif edi. Shaharlarning zaif o’sganligidan (Aragonda), dvoryanlar butun hokimiyatni o’z qo’llarida saqlab qolgan edilar. Aragon dehqrnlari eng og’ir-krepostnoy qaramlikda yashardilar. Aragon feodallari o’z kre-gyustnoylariga hatto o’lim jazosi berish huquqiga ham ega edi­lar. Ko’proq feodallardan iborat bo’lgan Aragon korteslari-korolni to’la nazorat qilardi, korteslar dam olgan paytlarida korolning ishlarini kuzatib borish uchun «deputatsiya» nomi os-' tida alohida komissiya belgilab qo’yilardi. Aragon dvoryanla-rini maxsus saylab qo’yiladigan sudya, yaъni Buyuk xu s ti­snya sud qilardi. Uni o’rnidan bekor qilishga korolning haqqi yo’q edi. Dvoryanlar korolga qarshi urush eъlon qilib, u bilav urush olib borar va chet el fuqaroligiga o’tib keta olardilar va h. k. Aragon zodagonlarining erkinligi «Uniya imtiyozlari» (1287 y.) degan alohida muboraknomada yozib qo’yilgan edi.
Kataloniyada dehqonlarning qo’zg’olonlari. Aragondagi deh-qonlardan tashqari, Kataloniyadagi dehqonlar ham ayniqsa og’ir ahvolda kun kechirardilar. Kataloniyada ham, «yaramas odatlar» deb atalgan sarsa mavjud bo’lib, krepostnoylarni mutlaqo chidab bo’lmaydigan ahvolga solib qo’yar edi. Farzand-siz dehqon vafot qilguday bo’lsa, pomeshchiklar uning barcha molu mulkini tortib olar va bordi-yu, vafot etgan dehqonning bolasi bo’lsa, unga qarashli molu mulkning anchagina qismini bosib olardilar. Birinchi kecha huquqi hukm surardi. Dehqon-larni yersiz qul qilib sotib yuborardilar. Biroq Aragonning; aksi o’laroq Kataloniya shahar mamlakati edi. Dehqonlar bu yerda ko’proq bozor bilan aloqador edilar. Bu dehqonlarning kupi krepostnoy cho’rilikdan Barselonaga va boshqa shaharlarga qochib ketgan edi. Pirovardida Kataloniya dehqonlari birla-shib, feodallarga qarshi qattiq kurash boshlaganlar va bu kurash uzoq davom etgan dehqonlar urushi xarakterini olgan.
Kataloniya dehqonlarining qo’zg’olonlari o’n yilga cho’zilgan, yaъni 1462 yildan 1472 yilgacha davom etgan. Qo’zg’olonlar Shimoliy Kataloniya rayonini (Barselonaning shimolidan to Pi-reneyagacha bo’lgan joylarni). o’z ichiga olgan edi. Dehqonlar ko’zg’oloniga mayda dvoryan (idalgo) Verntalyat boshchilik qildi. Feodallar qo’zg’olonni bostira olmadilar. Dehqonlar­ning feodallar bilan olib borgan kurashiga Aragon koroli Xuan II aralashdi. Korol Xuan II bu mahalda Aragon va Ka­taloniya feodallari bilan hamda mustaqil bo’lib ajralib chiqqan Barselona bilan jang qilayotgan edi. Xuan II Verntal­yat bilan muzokaraga kirishdi va qo’zg’olonchilarga yordam bera-man, deb katta vaъdalar qildi. Isyonchi feodallarga qarshi deh­qonlarning kuchlaridan foydalangan va Barselonani o’ziga tobe qilib olgan Xuan II 1472 yilda krepostnoy huquqni qisman yengillashtirish yo’li bilan dehqonlarni feodallar bilan «yarashtirmoqchi» bo’ldi. Shunda Verntalyat Xuandan vikont un-voni va ko’pdan-ko’p yer-mulklar oldi. Ammo Kataloniya dehqoya-lari Verntalyatning korol bilan qilgan bitimidan qanoat-lanmay, 1484 yilda ikkinchi marta qo’zg’olon qildilar.
Bu safar qo’zg’olonchilarga dehqon Pedro Xuan Sala boshchilik qildi. Dehqonlarning ikkinchi qo’zg’oloni g’oyat dara-jada shiddatli qo’zg’olon bo’ldi. Feodallar Salani asir qilib olib, uni qatl etdilar, lekin dehqoshtar Salaning vafotidan keyin ham partizan urushini davom qildirdilar. Nihoyat, 1486 yili Aragonning yangi koroli Ferdinand farmon chiqarib, haq to’lab qutulish sharti bilan barcha «yaramas odatlar» ni bekor qildi. Dehqonlar o’zlariga qarashli uchastkalarning merosxo’r ijarachilariga aylandilar. Krepostnoy huquqni bekor qilish haqidagi farmonni korol tez orada Aragonga ham yoydi, Kata­loniya dehqonlari singari Aragon dehqonlari ham qo’zolon ko’-tarish xavfini solmoqda edilar.
Kataloniya ds’hqoplari harakati bilan bir vaqtda, XV asr davomida shaharlardagi, shupingdek, Aragonga tobe bo’lgan Bo-lear orollaridagi qo’zg’olonlar bilan qo’shilib ketgan keng deh­qonlar harakati yuz berdi. 1450 yilgi Malorka orolidagi harakat, ayniqsa kuchli harakat bo’lib, u ham feodallarning xalq ommasiga qisman yon berishi bilan tamom bo’ldi.
Kastiliyaning Aragon bilan birlashuvi. Kelib chiqishi va til jihatdan qon-qarindosh bo’lgan, yuz yillar davomida tash-qi dushman bo’lmish arablarga qarshi birgalikda kurashib kel-gan, iqtisodiy masalada azaldan bir-birovi bilan aloqa qil­gan Kastiliya na Aragon birlashish uchun yetarlicha tarixiy shart-sharoitlarga ega edilar.
Keyingi o’rta asrlar davrida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi iqtisodiy jihatdan qandaydir o’zaro birov-bi-rovini to’ldiruvchi har ikkala mamlakatnisg — quruqlikdagi Kastiliya va Urta dengiz bilan bog’langan Aragonning birlashi-shini ayniqsa zaruriy vazifa qilib qo’ydi. XV asrning ikkin­chi yarmida Pireneya yarim orolining ijtimoiy va siyosiy sha-roitlari ham ana shu birlashuvni zo’r berib taqozo etgan edi.
Qastiliyada va Aragonda keekinlashgan sinfiy kurash, shu-ningdek, rekonkistaniyag tamom bo’lmaganligi (yarim orol ja-nubidagi Granada korolligi) har ikkala mamlakat feodalla-rini ikki korollikni yagona Ispaniya davlatiga birlashtirish to’g’risida bir bitimga kelishga majbur etdi. Ikkala qo’shni davlat o’rtasidagi uniya (ittifoq) dinastiya nikohi qilish yo’li bilai amalga oshirildi. Malika Izabella Kastilskaya 1469 yili shahzoda Ferdinand Aragonskiyga tur (mushga chiqdi. 1474 yili Izabella Kastiliya korolevasi bo’lib oldi, 1479 yilig Ferdinand Aragon taxtiga o’tirdi. Birlashgan ikkala mamla-katning har biri o’zining burungi qonunlari, urf-odatlari va alohida-alohida korteslarini saqlab qoldi. Shunday qilib, mamlakatni boshqarish hali ikki tusdaligicha qolaverdi. Shun-day bo’lsa ham, yagona Ispaniyani vujudga keltirish uchun asoe solingan edi. Kastiliyada ham, Aragonda 'ham korol hokimiyati mustahkamlana boshladi. Birlashish Ferdinand bilan Izabel-laning ichki va tashqi siyosatlarida ijobiy aks etdi.
Shahar kommunalarining ko’magiga tayanib ish kurgan Iza­bella Kastiliya feodallari oppozitsiyasini tinchitdi. Izabella yordamida «muqaddas ermandada» nami ostida tashkil etilgan shahar ittifoqchi militsiyaei talonchilik qilib yuruvchi ritsar-larga qaqshatg’ich zarbalar berdi. Katolik cherkovi Ferdinand bilan Izabellaga katta yordam ko’rsatdi. Katolik korollar (papa Ferdinand bilan Izabellaga ana shunday unvon bergan edi) o’zlariga qarashli dahshatli inkvizitsiyani katolik cherko­vi manfaatlariga xizmat qildirar edi. Cho’qintir'Ilgan mavr-lar (motiskalar)ning ishlarini nazorat qilish maqsadida 1477 yil Ispaniyada vujudga keltirilgan inkvizitsiya amalda, oliy siyosiy sudga aylangan edi. Kastiliya yoki Aragondagi birorta feodalning davlatga xiyonat qilganligi gumon qilingan taq-dirda, u inkvizitsiyaning qahr-g’azabidan hech qayoqqa qochib qutu-la olmasdi, albatta.
Izabella Kastiliyadagi savdo-sotiq va sanoatni jonlanti-rib yuborgan bir qancha iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirdi. Mamlakatdagi qimmatbaho metallarni saqlab qolish maqsadi­da hamda mamlakat ichkarisida aktiv savdo balansini taъmin-lashga (yaъni tashqaridan mol keltirishga qaraganda mol chiqa-rishni ko’paytirishga) intilib, koroleva merkantilizm g’oyalari-ni amalga oshira (boshladi. Izabella chet ellarga oziq-ovqat mah-sulotlari va xom ashyo (g’alla, jun va boshqalar) chiqarishni may qildi, jun Ispaniyaning o’zida qayta ishlanmog’i kerak, deb buy-ruq qildi. Izabella mashhur Xristofor Kolumbga homiylik ko’rsatdi, Xristofor Kolumb Hindistonga boriladigan «g’arbiy yo’l» ni axtarib, Ispaniya kemalarida sayohatga jo’nab ketdi.
Ferdinand va Izabella Ispaniyasi tez orada buyuk davlatga aylandi. 1492 yili ular Granadani istilo qildilar. 1512 yili Ispaniya Navarrani o’ziga qo’shib oldi. Shunday qilib, Portu-galiyadan tashqari, barcha Pireneya yarim oroli Ispaniyaga birlashtirildi. Kolumbning sayohatlari Ispaniya uchun Yangi Dunyo-dagi juda ko’p mustamlaka mulklarni bosib olish imkonini yaratib berdi. Ferdinand va Izabella Ispaniyani Yevropaning eng yirik davlatlari bilan siyosiy ittifoqlar bog’lashiga sa--babchi bo’lgan muhim dinastiya nikohlarini amalga oshirdilar. Ularning to’ng’ich qizi Yekaterina Tyudorlar xonadoniga mansub ingliz shahzodasiga turmushga chiqdi. Kichik malika Xuana Gabsburglarning astrogerman xonadoniga mansub shahzodalar-ning biriga xotin bo’ldi. Ispaniya Yevropa xalqaro siyosatining muhim omili bo’la bordi.1

XULOSA
"Kastiliya bilan urush Gvineya koʻrfazida boshlanib, 1478-yilda u yerda oʻttiz beshta yelkanli Kastiliya floti magʻlubiyatga uchraganda yakuniga yetdi. Ushbu dengiz gʻalabasi natijasida, 1479-yilda Alcáçovas kelishuviga binoan, Kastiliya Kanar orollarida oʻz huquqlarini saqlab qolar ekan, butun Gʻarbiy Afrika qirgʻoqlari boʻylab port va baliq ovlash boʻyicha Portugaliyaning monopoliyasini va Portugaliyaning Madeyra, Azor va Kape Verde shaharlariga boʻlgan huquqini tan oldi. Shartnoma ikki mamlakatning taʼsir doiralarini belgilab, Mare klasumining tamoyilini oʻrnatdi. Buni 1481-yilda Papa Sixtus IV papalik Æterni regisda tasdiqlagan (1481-yil 21-iyunda)
Biroq, bu tajriba kelajakda Ispaniyaning kengayishi uchun foydali boʻladi, chunki ispaniyaliklar Kanar orollarida topilgan yoki kashf qilingan yerlardan haydalganligi sababli va Afrikadan Hindistonga olib boradigan yoʻldan — ular Kolumbning safariga homiylik qilishgan. Shunday qilib, Alcáçovas shartnomasi tomonidan qoʻyilgan cheklovlar bekor qilindi va ikki yangi dengiz kuchlari oʻrtasidagi Tordesillalar shartnomasida dunyoning yangi va muvozanatli boʻlinishiga erishiladi.

Download 361,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish