O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligiga erishgach, mamlakatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma'rifiy hayotida tub o’zgarishlar ro’y berishiga keng imkoniyatlar ochildi



Download 361,05 Kb.
bet3/7
Sana26.06.2022
Hajmi361,05 Kb.
#707162
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi Abdulazim

Mavzuning maqsad vsa vazifasi: Darslik “Tarix” fakulteti mavjud pedagogik oliy o’quv yurti talabalariga mo’ljallangan bo’lib unda har bir mavzuga oid mustahkamlash savollari, tayanch iboralari, glossariy va adabiyotlar ro’yhati keltirilgan. Bunday tarzda darslikning yaratilishi talabalar tomonidan o’rganiladigan mavzularni puxta o’zlashtirilishiga xizmat qiladi.
Ta'kidlash joizki, mualliflar guruhi “Jahon tarixi” birinchi qism (“Qadimgi va o’rta asrlar davri”) ideal tarzda yaratilgan darslik bo’lishiga da'vo etmaydi. Darslikni yaratishda albatta “Jahon tarixi” fanidan, jumladan “Qadimgi dunyo tarixi” hamda “O’rta asrlar tarixi” bo’yicha avvallari yaratilgan darslik va o’quv qo’llanma shuningdek yangi ilmiy maqolalar va tarixiy ma'lumotlarga tayanilgan. Yaratilgan darslik yuzasidan neki taklif va mulohazalar mavjud bo’lsa mualliflar guruhi minatdorchilik bildirib ularni to’g’ri qabul qilgan holda albatta kelgusi ishlarida inobatga oladilar.
Darslik Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tarix kafedrasi mualliflar jamoasi tamonidan tayyorlandi. Jamoa rahbari tarix fanlari nomzodi, dotsent Erkin Qosimov (1,2,3-§, illyustratsiya materiallari), mas'ul muharrir tarix fanlari doktori, professor Erkin Zuhriddinovich Nuriddinov (kirish), pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Ra'no Mulladjanova (10,11,12,27,37,38-§), tarix fanlari nomzodlari: Farhod Ismatullaev (7,8,9,34,35,36-§), Nodira Sardorovna Rasulova (22,23,24-§), katta o’qituvchilar: Shavkat Shukurovich Zokirov (19,20,21,28,29-§), Aziz Abduazimov (16,17,18,26,39,40-§), Tatyana Lvovna Ponamaryova (4,5,6,25,30,31-§) va o’qituvchi Munira Nasritdinovalar (13,14,15-§) tomonidan tayyorlandi.
Aziz talaba! Davlat mustahkamligi va qudrati uning jahon jamoatchiligining oldidagi ma'naviy-axloqiy qiyofasi va nufuzi bilan ham bog’liq. Tarix esa ma'naviyat ko’zgusidir. Aynan shuning uchun ham jahon tarixini bilish ila xalqimizning, millatimizning ma'naviy jihatdan uyg’onishi, jahon ma'naviy ta'limotidan, xalqimizning tinch hayot kechirshiga, do’stlik va hamkorlikka, o’zaro jipslik va sabr toqatga o’rgatuvchi omilga ega bo’lamiz. Oldimizda xalqimizning aqliy boyliklarini, jahon fani va madaniyatini eng yaxshi yutuqlarini o’ziga singdirib oladigan yangi avlodni kamol toptirishdek buyuk vazifa turibdi. Bunga millatning ongli vatanparvar birligi ruhini vujudga keltirish bilan amalga oshirish mumkin.
Yodingda tut, bizning diyorimiz buyuk allomalarni yetishtirgan. Butun jahon ilm ahli ular bilan faxrlanadi. Ular asos solgan milliy, ilmiy tafakkurning an'analarini davom ettirish va boyitish uchun bizda hamma shart-sharoitlar bor.
Madomiki, fan jamiyat taraqqiyotini olg’a siljituvchi kuch, vosita deb qaralmoqda ekan. Tarix fani odamlarga mustaqillikning afzalligini, mustaqil bo’lmagan millatning kelajagi yo’qligini, bu tabiiy bir qonuniyat ekanini isbotlovchi, asoslovchi fandi.1

Download 361,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish