O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI O’RTA MAXSU VA OLIY TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI
TOShKENT TIBBIYoT AKADEMIYaSI
«TASDIQLAYMAN»
O’quv ishlari bo’yicha
prorektor, professor
Teshaev O.R.______
«____»___________2012 yil
Kafedra: Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya
Fan: Travmatologiya-ortopediya
4-kurs Tibbiy profilaktika fakulteti uchun
YaGONA USLUBIY TIZIM
Suyak tuqimasining reparativ regenerasiyasi. Travmatologiya va ortopediyada jarrohlik davolash usullari.
TMI - Bolalarda suyak shikastlarini uziga xosligi.
№ 3 MAVZUSI bo’yicha amaliy mashg’ulot
T A ‘ L I M T E X N O L O G I Ya S I
Toshkent - 2012
Tuzuvchilar:
Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya
kafedrasi mudiri: t.f.d. Karimov M.Yu.
Ukuv ishlari buyicha mas’ul ass., t.f.n. Saloxiddinov F.B.
TMA MUKning “GIGIENA” sekstiyasida
Muhokama qilingan va tasdiqlangan
rais B.M. Mamatqulov
“---------” ---------------- 2012 yil
Mashg’ulot № 3
Mavzu: Suyak tuqimasining reparativ regenerasiyasi. Travmatologiya va ortopediyada jarrohlik davolash usullari.
TMI - Bolalarda suyak shikastlarini uziga xosligi.
Vaqt: 225 minut (5 soat akadem soatlarda)
|
Talabalar soni:10-12
|
O’quv mashg’ulotining shakli va turi
|
Amaliy mashg’ulot
|
O’quv mashg’ulotining tuzilishi
|
1. Kirish kism.
2. Nazariy kism
3.Analitik kism:
-Organayzer
-Test masalalar
4. Amaliy kism
|
O’quv mashg’uloti maqsadi:
|
Suyak sinishlarini, suyak siniqlarini fiksatsiya qilish metodlari bilan talabalarni tanishtirish, operatsiyaga qarshi ko’rsatmalar, metal asboblarini turlari va ishlatish usullari, suyak to’qimasini reparativ regeneratsiya bosqichlarini o’rganish.
|
Talaba bilishi lozim:
| -
Osteosintez haqida tushuncha;
-
Jarroxlik amaliyot turlari;
-
Reparativ regenerastiya bosqichlari;
-
Shikast olganlarga birlamchi jarrohlik ishlovini berish.
|
Talaba bajara olishi lozim:
| -
Amaliy mashulotlarni bajara olishi, Chap kurak ochiq sinishida birinchi yordam.
|
Pedagogik vazifalar:
-Suyak to’qimasining reparativ regenerastiyasini bosqichlari bilan tanishtirish;
-Jarrohlik amaliyoti turlari tasnifini berish;
-Poliklinikalarda ambulator sharoitda o’tkaziladigan jarrohlik amaliyotlari o’rni va axamiyati bilan
tanishtirish.
-Ularni tibbiyot amaliyotidagi o’rni va o’rgatish.
|
O’quv faoliyati natijalari:
Jarrohlik amaliyoti turlari ko’rsatadilar;
Suyak to’qimasining reparativ regenerastiyasini bosqichlari tasniflaydilar va bidimlarini shakllantiradilar;
Poliklinikalarda ambulator sharoitda o’tkaziladigan jarrohlik amaliyotlari o’rni va axamiyatini tartibli ravishda ochib beradilar.
|
Ta’lim usullari
|
“Asalari uyasi” o’yini, ma’ruza, axborot berish, namoish, interaktiv ish o’yinlari.
|
Ta’lim shakli
|
Jamoaviy, guruhlarda ishlash («Asalari uyasi»), yakka tartibli
|
Ta’lim vositalari
|
Amaliy mashg’ulot o’tkazish uchun: rengent tasvirlar, skelet, jarroxlik anjomlari.
Yangi axborot texnologiyasi vositalari, ko’rgazmali qurollar, videofilmlar.
|
Ta’lim berish sharoiti
|
Guruhli shakllarda ishlashga mo’ljallangan xonalar
|
Monitoring va baholash
|
Og’zaki so’rov: tezkor-so’rov, yozma so’rov: test
|
Suyak tuqimasining reparativ regenerasiyasi. Travmatologiya va ortopediyada jarrohlik davolash usullari o’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
225 daq
|
Faoliyat
|
ta’lim beruvchi
|
ta’lim oluvchilar
|
1-bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish
10 daqiqa
5 daqiqa
| -
Mavzuning nomi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni etkazadi. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalar: shikast turlari, klinikasi, profilaktikasi va davosi to’g’risida tushuncha beradi. Mashg’ulot rejasi bilan tanishtiradi.
-
Adabiyotlar ro’yxatini beradi (ilova №9)
-
Talabalarni aqliy hujumga tortish uchun jonlantiruvchi savollar beradi Amaliy mashgulot rejasi va tuzilishiga qarab ta’lim jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibi bayon qilinadi.
1.4. Amaliy mashgulotda talabalar faolligini baholash mezonlarini e’lon qiladi (ilova №5):
|
Tinglaydilar va yozib oladilar.
Tinglaydilar va yozib oladilar
Savollarga javob beradi.
Tinglaydilar
|
2-bosqich.
Asosiy qism
30 daqiqa
5 daqiqa
45 daqiqa
40 daqiqa
15 daqiqa
45 daqiqa
5 daqiqa
45 daqiqa
20 daqiqa
|
2.1. Talabalar bilimini faollashtirish maqsadida mavzuning asosiy tushunchalari bo’yicha tezkor-so’rov o’tkazadi
2.2. Loyiha materiallarini muhokama qilishni tashkillashtiradi, ishlash qoidasi, vaziyatlarni tahlil qilish chizmasi, muammolarni ifodalanishiga e’tibor berishlariga qaratadi
Tanaffus
2.3. Vaziyatni mustaqil tahlil qilishni, muammoni ifodalashni, echish yo’llarini aniqlashni, so’ngra uni echish topshirig’ini beradi( Ilova№3).
Tanaffus
2.4. Testlarni yakka tartibda ishlaydilar
2.5. Talabalarga ko’rgazmali qurollarni ko’rsatish
(slaydlar, prezentastiya, videofilmlar va bq.), ularni izoxlash
Tanaffus
2.6. Talabalarga amaliy ishning rejasi va qadamma qadam bajarilishi tushuntiriladi.
2.7. Talabalar o’z qo’llari bilan amaliy ishni mustaqil bajarishadi va natijalarni daftarlarga bayonnoma tarzida yozishadi.
2.8. TMI mavzusi e’lon qilinadi va muxokama qilinadi
Kasallik tarixi yozish uchun bemorlar kurastiyasi va muxokama kilish.
|
Savollarga javob beradilar.
Muhokama qiladilar, aniqlashtiruvchi savollar beradilar
Amaliy qism materiallarini muhokama qiladilar,
aniqlaydilar, savollar beradilar.
Mustaqil ravishda tahlil qilish varag’ini to’ldiradilar, muammoni echadilar.
Vaziyatli masalalarni muhokama qiladilar
taqdimot kiladilar boshqa talabalar munozarada ishtirok etadilar, savollar beradilar
|
3-bosqich.
Yakuniy
10 daqiqa
|
3.1. Xulosa: Mavzu bo’yicha xulosa qiladi.
3.2. Faol talabalar baholanadi Gurux bo’yicha baxolash mezonlari e’lon qilinadi
3.3. Mustaqil tayyorgarlik ko’rish uchun savollar va topshiriqlar beriladi
|
Tinglaydi
O’z o’zini baholaydilar.
Savollar beradilar
Topshiriqni yozadilar
|
|
Mashg’ulotni o’tkazish joyi va jihozlanishi:
| -
Travmatologiya-ortopediya, XDJ va neyroxirurgiya auditoriyalari.
-
Amaliy mashg’ulot o’tkazish uchun: rengent tasvirlar, skelet, jarroxlik anjomlari.
-
Yangi axborot texnologiyasi vositalari, ko’rgazmali qurollar, videofilmlar.
|
1. Mavzuni asoslash:
|
Ushbu darsni o’tkazish o’quvchilar uchun ambulator sharoitda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish prinsiplari bilan tanishish, ochiq singan sohani mahalliy oriqsizlantirish, , dastlabki taxminiy tashxisni qo’yish va bemorni davolash taktikalarini belgilash imkonini beradi. Shu bilan birga suyak to’qimasini reparativ regenerastiyasi va uni stumallash turlari haqida tasavur beradi.
|
2. Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik:
|
Ushbu mavzu bo’yicha talabalarni o’qitish odam anatomiyasi, topografik anatomiya va operativ jarrohlik, radiologiya, anesteziologiya-reanimasiya va umumiy jarrohlik bilimlariga asoslangan.
|
3. Mashg’ulotning tarkibiy qismi(mazmuni):
|
3. 1.Nazariy qism:
Osteosintez - jarroxlik usulida suyak bo’laklarini turli usul-larda birlashtirish. Sinishlarni jarroxlik usulida davolashning muayyan ko’rsatmalari va moneliklari, shuningdek osteosintez uchun u yoki bu materiallar va apparatlarni ishlatishga aniq, ko’rsatmalar bor. So’nggi paytlarda keng ishlatiladigan suyak bo’laklarini qotiruvchi ashyolardan tashqari (krzikchalar, Len, Myuller plastinalari, burama mixlar, sim choklar, boltlar va xokazo) barqaror osteosintez metodi, jumladan, kompression apparatlar keng tarqalmokda. Plastina va qoziqchalar suyak bo’laklarini bir-biriga yaxshi yopishtira olmagan xollarda fiksastiyaning yangi metodlari tavsiya qilindi.
Barkaror osteosintez uchun qoziqcha qalinligi suyak-ilik kanali diametridan 1 mm ga qalin bo’lishi kerak; buning uchun maxsus parma yordamida qoziqcha qalinligiga mo’ljallab kanal kengaytiriladi va qoziqcha zich qilib kiritiladi(42-rasm).
Sivash, Kalnberz, Gudushauri, Ilizarov va boshqalarning kompression apparatlarini qo’llanilishi kompressiyadan tashqari (suyak bo’laklarining bir-biriga zich tegib turishi), ko’pincha, suyakning singan joyiga tegmay bo’laklarni yopik xolda repozistiya qilish imkonini yaratadi. Osteosintezning har qanday usuli barqaror va
42-rasm. Yo’g’on qoziqcha bilan osteosintez qilish.
kompression osteosintezdan tash-kari, gips borlami qo’yishni in-kor kilmaydi.
Osteosintez turini to’rri tan-lash uchun ma’lum qoidalarga rioya qilish kerak:
Metall fiksatorlar po’latning faqat tekshirilgan markasidan bo’lishi shart.
Metall fiksatorlarni to’g’ri ishlatish uchun sinish yuzasini, uning xarakteri va bo’laklarning ko’zralishini xisobga olish kerak Metall krzikchalar ishlatish-
da ularning qo’l-oyoq segmenti uzunligiga va naysimon suyak ilik kanali diametriga to’rri kelishini bilish kerak
Osteosintez jarroxlik usuli-dan oldin bemorning umumiy axvo-liga, terisini tayyorlanganligaga ahamiyat berish kerak (infekstiyalangan jaroxatlar, yiringlagan joylar va boshqalar).
Osteotomiya - suyakni operativ usulda kirkish demakdir. Odatda osteotomiyani qo’l-oyoqning turli xil kiyshayishlarini to’rilash maqsadida, uzaytirishda, ma’lum ortopedik kasalliklarda, masalan, sonningtugma chiqishi va boshqalarda bajariladi (43-rasm). Suyak transplantastiya s i - turli suyak to’qimalarini suyak nuksonlarini to’lgazish maqsadida (masalan, xavfsiz o’smalar olib tashlangandan keyin) o’tkazish. Suyak kortikal katlamidan tayyorlangan transplantatlar intra- va ekstramedullyar osteosintezi maqsadida ishlatiladi; bu suyak xosil bo’lishida rag’batlantiruvchi
43-rasm. Osteotomiya turlari.
i — ko’ndalang; b — qiyshik; v — 2-simon; g — Bogoraz usuli; d — sharnirsimon; e — ponasimon; j — Boychev usulida.
yordamchi jarroxlik usulidir. Ko’pincha suyak to’qimasi bemorning o’zidan, odam murdasidan yoki kamdan-kam xollarda xayvonlardan olinadi.
Xalqaro anatomik nomenklatura bo’yicha kanday to’qima o’tkazi-lishidan katiy nazar, jumladan, suyak to’qimasi ham bemorning o’zi-dan-o’ziga o’tkazilsa — autoplastika, boshqa odamdan bo’lsa - alloplastika, xayvonlardan olib o’tkazilsa — ksenoplastika deyiladi.
Transplantastiya uchun kuyidagilar ishlatilishi mumkin; a) «util» (nokerak) to’qimalar — amputastiyada rezekstiya qilingan qovurg’a; b) sog’lom donorlardan olingan; v) murdalardan olingan suyaklar.
Suyak autoplastikasi ko’shimcha shikast etkazishini inobatga olib, so’nggi paytlarda murda suyagi konservastiyasining takomillashganligi tufayli ular ko’proq ishlatilmokda.
Ko’chirib o’tkazilgan suyak to’kimasining muvaffaklyatli bitishi uchun (assimilyastiya) uning biologik xususiyatlarini saqlab qolish va transplantat to’qimasida parchalanish jarayonlarini kamaytirishi kerak begona oqsil immunogen xossalarini pasaytirish zarur. Shu bilan birga, asosiy talablardan biri olingan suyakning sterilligini saqlab qolish xisoblanadi. Konservant atrofdagi to’qimalarga zararli ta’sir ko’rsatmasligi kerak
Xozirgi paytda suyakto’qimasini konservalashning bir necha usullari bor: a) kimyoviy moddalarda va maxsus eritmalarda saqlash (formalin va b.); b) pastxaroratda saqlash; v) suyuq oziqli muxitlarda konservalash (glyukoza va b.); g) polimerlarda konservalash; d) liofilizastiya usulida konservalash (muzlatish va vakuumda kuritish); e) suyakni qaynatish va suyuklik shimdirib yumshatish.
Xayvonlardan (cho’chqa, buzoq va boshqalardan) olingan suyak to’qi-malarini ham shu usulda konservalash mumkin.
Morfologik va biokimyoviy tekshiruvlarda radiologik va elektron-mikroskopik usullarni qo’llash natijasida shu narsa aniqlandiki, ancha osteostitlarning ko’p xalok bo’lishiga karamay, konservalangan suyak to’qimasi o’zining biologik aktivligini ma’lum darajada saqlab qolar ekan, bu ularda fermentlar va oqsillarning borligi tufaylidir.
Suyak to’qimasini katta mikdorlarda tayyorlash suyak banklari tayyor-lashga zamin hozirladi va bu, o’z navbatida, turli xil qayta tiklash jarroxlik operastiyalarida transplantastiyani keng ishlatishga imkon berdi.
BO’G’IMLARDA JARROHLIK MUOLAJALARI
Bo’g’imlarda qilinadigan jarroxlik muolajalari ikki guruhga bo’linadi:
1. Bo’g’im yumshoq to’qimalarida qilinadigan muolajalar. Bu artrotomiya — bo’g’imni ochish, sinovektomiya - bo’g’im xaltachasini olib tashlash, xalta — bog’lam apparatining plastikasi.
2. Bo’g’imni tashkil qiladigan, suyaklardagi jarroxlik muola-jalari.
Bo’g’imni rezekstiya q i l i sh — suyaklarning bo’g’im uchlari biror patologik jarayon bilan kasallanganda ularni olib tashlash. Artroplastika – bo’g’imda xarakatni tiklash. Bu to’liq suyak ankilozida (bo’g’im to’liq xarakatsizlanganda) va bo’g’imda xarakat ancha cheklanganda (fibroz ankiloz, deformastiyalovchi artroz). Bo’g’im yuzalari shakllantirilgach, xajmi kichiklashtirilgach, ular birorta plastik material bilan o’raladi: teri, fasstiya, alloplastik material -lar va xokazo (44-rasm).
Artrodez — bo’g’imni sun’iy ravishda xarakatsiz qilish. Artrodez usullari ko’p. Artrodez usuli qo’llanilayotganda bo’g’im biome-xaniqasi, uning anatomiyasi va funkstiyasi inobatga olinishi kerak Chunonchi, chanoq-son bo’g’imini artrodez qilganda bemorni kasbini bilish muxim (ish jarayonining tik turgan yoki o’tirgan xolatda kechi-shi) va shuni xisobga olgan xolda chanoq -son bo’g’imida bukish burchagi rejalanadi.
Tirsak bo’g’imlarini arfodez qilishda bemorning o’ziga-o’zi xizmat qilishi inobatga olinadi. So’nggi vaktlarda bo’g’imlarni artrodez qilishda turli metall apparatlardan keng foydalaniladi, bu bo’g’im yuzalarini bir-biriga kuchli kompressiya xolatida ushlaydi (Grishin, Sivash, Ilizarov va boshqalarning apparatlari), bo’g’im yuzalarini kegaylar bilan qotirish, metall mixlar, biostimulyastiya uchun suyak gomotransplantatini ishlatish kabi usullar qo’llaniladi (45-rasm).
Shuni unutmaslik kerakki, artrodez - bu nogiron kiluvchi jar-roxlik muolajasi, chunki bo’g’imni yo’q, qiladi, shuning uchun bu
44-rasm. Chanoq-son bo’g’im i artroplasti kasi.
a — Kolon usuli; b — Volkov usulidagi amnioplastika; v - Fishkin usuli bo’yicha alloplastika.
jarroxlik muolajasiga ko’rsatma ehgiyotlik bilan ko’yilishi kerak Masalan, chanoq-son bo’g’imi artrodezidan so’ng oldinga-orqaga va yon tomonga (chanoqishtirokida) harakatlari ikkinchi tomonidagi chanok-son bo’g’imi va umurtka pogonasining bel-dumg’aza sohasidagi harakat-lar bilan ancha kompensastiyalashadi. Shuning uchun, agar ikkinchi chanoq-son bo’g’imi va umurtka pogonasining bel sohasi o’zgarmagan bo’lsa, bu jarrox,lik muolajasini qilish mumkin. Agar ikkinchi chanoq-son bo’g’imi x,am jarohatlangan bo’lsa, artrodez jarroxhlik muolajasini qilish mumkin emas, chunki bemor umuman harakat kilolmay qolishi mumkin.
Artroriz — bo’g’imda harakatlarni qisman chegaralash uchun qilinadigan jarroxlik muolajasi. Bu jarroxlik muolajasini ko’pin-cha ayrim mushaklar parezi va falajlarida qilinadi. Ammo falajlikda qilingan artrorizda qoniqarsiz natijalar olingan, shuning uchun ko’pincha yaqin joylashgan bo’g’imlarda ko’shimcha artrodez qilinadi (oyoq panjasida). Artroriz eng ko’p tizza va boldir-panja bo’g’imlarida qilinadi (46-rasm).
Bo’g’imlarni ko’chirish. Bu jarrohlik muolajasi ko’pincha bo’g’imlarning oshiq deformastiyasida, o’smalarda bo’g’imlar olib tashlanganda, ankiloz va kupol travmatik shikastlanishlarda bajariladi.
Birinchi marta alloplastik boshchani oldindan tayyorlangan bo’g’im uchiga o’rnatishni Smit-Petersen taklif etgan. Ammo qoniqarsiz natijalar bu usulni deyarli kam ishlatishga majbur kildi. Keyinchalik ortopedlar texnika yutuqlaridan foydalanib, biologik to’qimalarga indifferent bo’lgan turli materiallardan sun’iy bo’g’im protezlar tayyorlashni amalga oshirishdi (vitalium, titan, organik shisha va boshqalar). Taklif etilgan sun’iy bo’g’imlar shikastlangan bo’g’im
45-rasm. Uch parrakli mix (1) va
suyak transplantati (2) yordamida
chanoq-son bo’g’imi artrodezi.
46-rasm. Boldir-panja bo’g’imi artrodrizi.
47-rasm. Endoprotezlarkonstrukstiyalari.
a — Sivash chanoq-son total endopro-gezi; b — son suyagi boshchasi endop-rotezi (MurЦITO); v - tizza bo’ri-mi endoprotezi.o’rnini to’liq egallay boshladi, bu-ning uchun diafiz qismi davomini bir xil materialdan yasash kerak edi, xolos. Odatda, sun’iy bo’g’imni kiti-rish uchun suyak ilik bo’shligiga protez oyoqchasi o’rnatiladi yoki diafizni qamrab olish yo’li bilan qotiriladi (47-rasm). Ammo bo’g’imning faqat bir qismini protezlash, bo’g’imning pro-tezlanmagan ikkinchi qismidan suyak o’simtalari paydo bo’lishi sababli qoniqarsiz natijalar berdi. Shu-ning uchun so’nggi o’n yillikda bo’g’imni to’liq almashtiradigan alloplastik protezlar ishlab chikdddi va keng tarqaldi. Bunday sun’iy bo’g’imlar, ko’pincha, chanoq-son, tirsak kaftning falangalararo bo’g’imlari va so’nggi vaktlarda tizza bo’g’imini ham almashtirish uchun ishlatilmokda.
END0PR0TEZLASh
Son suyagi bo’yinchasi singanda Smit-Pegersen tipidagi uch parrakli mixlar bilan osteosintez khishngan 20-30% bemorlarda suyak bitmasdan soxta bo’g’im xosil bo’lgan, 10-20% bemorlarda esa son boshchasining aseptik nekrozi kuzatilgan va shunday qilib, 50 % bemorlarda krni-krrsiz natijalar olingan. Bu kupchiliktravmatologlarni son boshchasini alloplastik sun’iy boshcha bilan almashtirishga undadi. So’nggi yillarda kengtarkhalgan chanoq-son alloplastik protezlaridan Sivash konstruk-stiyasidagi metall endoprotez xisoblanadi. Bunday endoprotezning afzal-ligi shundaki, u bir yo’la son suyagi boshchasi va chanoq kosachasining o’rnini bosadi (47-rasm, a).
Alloplastikaga ko’rsatmalar kuyidagilar disoblanadi: ikki tomonlama ankiloz, chanoq-son bo’g’imi og’ir koksartrozi, yoshligida ikki tomonlama tugma son chiqishi natijasida 30-40 yoshda uchraydigan artrozoartritlar, mushaklarning bo’g’im yuzasidagi suyak o’smalari oqibatida yuz bergan nuqsonlar, travma asoratlari va boshqalar.
Chanoq-son bo’g’imini kuyidagi xolatlarda almashtirish mumkin emas: a) chanoq-son bo’g’imi soxasidagi yiringli jarayonlarda; b) oqma-larda; v) yangi hosil bo’lgan sil granulemasida.
Korund-keramik protezlar bilan bo’g’imlarning tog’ay qismi va birinchi galda chanoq-son bo’g’imi almashtiriladi. Vakt o’tishi bilan (1-1,5 yil orasida) keramik endoprotezlar, yangi tashkil topgan suyak to’qimalari bilan to’lib, chanoq-suyagi bilan bitib ketadi. Protez-larningturli tiplarini tayyorlashning kulayligi keramik protez-larning istiqbolli ekanligidan dalolat beradi. Qayta tiklash jarroh-ligining turli soxalarida ishlatilishi mumkin.
1980 yil boshlaridan 1 Moskva tibbiyot instituti travmatologiya va ortopediya kafedrasi xodimlari «Grafit» ilmiy tadqiqot instituti bilan hamkorlikda uglerodli materiallardan sun’iy yarim bo’g’imlarni (chanoq-son, elka, tizza bo’g’imlari) ishlab chikdilar va xozir ular amaliyotga joriy etilmokda. Maxsus tekshirishlar va amaliyotda qo’lla-nish uglerodli materiallarning yuqori darajada pishiqligi, organizm uchun intaktligi (beziyonligi) va turli tabiiy aralashmalarni qo’shish mumkinligi (kovakli, yaxlit va boshqalar) ularning qayta tiklash jarroxligida g’oyat istiqbolli ekanligidan dalolat beradi.
KOMPRESSION - DISTRAKЦION OSTEOSINTEZ USULI
Xozirgi paytda yopiq va ochiq sinishlarni davolashning keng tarqalgan usullaridan suyak orqali (jarohatlangan joydan uzoqroq-dan) va ilikka qoqiladigan kompression usullar keng ishlatilmoqda.
Kompression osteosintezning afzalligi avvalo oraliq qadoq paydo bo’lib, singan suyakning birlamchi bitib ketishi xisoblanadi.
Ilikka metall shtiftlarni qoqish ochiq usulda bajarilib, suyak bo’laklari bir-biriga maxkam bosiladi. Kompression osteosintez usulida bo’laklarning bir-biriga maxkam siqilib turishi va uning ushlanib turishi maxsus moslamalar yordamida bajariladi. Ilikka o’rnatilgan (intramedullyar) osteosintez bajarilganda gips bog’lamini qo’yish kerak
Intramedullyar osteosintez konservativ davolash naf bermaganda, repozistiya muvaffaqiyatsiz chiqqanda va suyak bo’laklari ikkilamchi ko’zg’alganda qilinadi.
Singan sohadan uzoqroqda kompression osteosintez bajarish keng tarqalgan usullardan sanalib, shu maqsadda Ilizarov, Gudushauri, Volkov-Oganesyan, Kalnberz va boshqalarning apparatlari ishlatiladi (48-rasm).
Kompression apparat bir necha asosiy talablarga javob berishi kerak: a) suyak bo’laklarini yopik xolda to’liq repozistiya qilishi; b) suyak bo’laklarini mustaxkam qotirishi; v) sinishning o’rni, xarakteri, yumshoq to’kimalarning qanday shikastlanganini inobatga olgan xolda apparatni individual ishlatish imkoniyati;
g) fiksastiyadan keyin bo’g’imlarda xarakatning saqlanib qolishi;
d) apparat o’rnatilgandan keyin bemorni transportirovka qilish
mumkinligi va uning xarakatchanligi.
48-rasm. Kompreesion-distrakstion apparatlar. a - Ilizarov; b —Gudushauri; v — Demyanov; g — Kalnberz; d - Tkachenko; e - Volkov-Oganesyan sharnir-distrakstion apparati.
Suyak orqali qilinadigan kompression osteosintezga, asosiy ko’rsatmalar: a) boldir va elka suyaklarining yopiq sinishi va uzun naysimon suyaklarning soxta bo’g’imi; b) yirik bo’rimlarni artrodez qilish; v) suyaklar diafizini uzaytirish; g) ingichkalashgan naysimon suyaklarni qalinlashtirish; d) infekstiya bilan asoratlangan sinishlar.
Volkov-Oganesyanning kompression-distrakstion sharnirli apparatini o’rnatishga ko’rsatmalarga metafizar, metaepifizar va bo’g’im ichidan parchalanib sinishlar kiradi.
Ilizarovning kompression-distrakstion apparata ikkita va bundan ortiq halqalardan va yana 2-3 ta tortuvchi sterjenlardan iborat bo’lib, ikki tomonida gayka buraladigan rezbasi bor, unga gayka va kontrgayka buraladi. Apparatni sterilizastiya kshshsh kaynatish bilan ta’minlanadi. Suyaklardan xochsimon o’tkaziladigan kegaylar naysimon suyaklarning istalgan joyidan o’tkazilishi mumkin, bundan kon tomirlar va nervlarning topografiyasi inobatga olinadi, xolos. Kegaylarni o’tkazishda terini teshishdan oldin uni 1-1,5 sm ga surish kerak Kegaylar o’tkazilgach, ikki tomonidan etil spirtiga bo’ktirilgan
doka salfetkalar kiydiriladi va tikinlar yordamida teri tomonga zich kisib ko’yiladi va kegaylarning ortikcha qismi kesib tashlanadi. Kegaylarni xalqalarga qotirib qo’yish uchun kiskich kegay asosiga ko’yilib, bukiladi. Kegaylarni qotirishda suyak bo’laklarining joylashishi ikkala xalqada xam bir xil bo’lishi kerak Ikkita xalqani ulaydigan sterjenlar xalqalardagi simmetrik teshiklarga bir-biriga parallel qilib ko’yiladi. Sterjendagi gaykalarni tortish repozistiya imkoniyatini yaratadi. Apparat o’rnatilgandan keyin nazorat rent-genografiyasi qilinadi, agar zaruriyat bo’lsa, suyak bo’laklari korrekstiya qilinadi. Kompression osteosintez fiksastiyasini markam ushlab turish uchun dar bir sterjen gaykasi har 5-7 kunda 1/4 ga aylanaga teng buralib (2mm gacha) turadi.
Suyak orqali ko’yiladigan kompression apparatlarni distrakstion apparatlar deb xam ataladi, chunki kompressiyadan (kisishdan) tashqari, u bilan cho’zish (distrakstiya) xam mumkin. Cho’zish operastiyadan 5-7 kun o’tgach, sutkasiga 1 mm dan bajariladi. Bu usul bilan oyoq yoki qo’lni 10-15 sm ga uzaytirish mumkin.
Travmatologiya va ortopediyada ko’pincha mushaklarda, paylarda va fasstiyalarda jarroxlik muolajalari bajariladi. Eng ko’p tarqalgan muolajalar kuyidagilardir:
-
Chok qo’yish.
-
Paylar plastakasi.
-
Mioliz va tenoliz — mushaklar va paylarni turli xil
chandiklardan holi etish. Bu jarroxlik muolajasi son suyagi sinib,
uzoq muddatli fiksastiya natijasida to’rt boshli mushak o’rta qorinchasi
chandiq tufayli qotganda qilinadi.
-
Miotomiya va tenotomiya - mushak va paylarni kesish.
Mushaklarni kesish jarroxlik muolajasi ko’pincha bo’g’im
kontrakturalarida bajariladi (masalan, sonni yaqinlashtiruvchi
mushakning chanoq-son bo’g’imini yaqinlashtiruvchi kontrakturasida).
-
Fasstiotomiya — fasstiyani kesish, ko’pincha uzaytirish maqsadida
2-simon kesish (masalan, tizzaning bukuvchi kontrakturasida),
oyoqdarning spastik kontrakturasida va xokazo.
-
Tenodez — suyak po’stlogiga yoki suyakka payni qotirib qo’yish.
-
Mushak va paylarda jarroxlik muolajalari (mushak va paylarni
uzaytirish, qisqartirish va yo’nalishini o’zgartirish va xokazo).
-
Markaziy va periferik nerv sistemasida jarroxlik
muolajalari. Ko’pincha, ayniksa, spastik falajlarda nerv tolalari
kesiladi — nevrotomiya, nervlar shikastlanganda — ularni
chandiklardan holi etiladi (nevroliz).
Teri plastikasi. Teri jaroxati yuzasini berkitish maqsadida
turli teri yopishtirish usullari ishlatiladi (49-rasm). Keng tarqalgan usullardan jarohatga yaqin mahalliy teri plastikasi qo’llaniladi (qirralarini yaqinlashtirib — bo’shashtiruvchi kichik kesmalar yordamida, teri kiykimi o’rinlarini almashtirish va boshqalar); gerini teri osti yog’i bilan jarohatdan uzoq joyidan olib foydala-nish ("italyancha plastika" yoki o’tkir, migrastiyalovchi teri dastagi, kon tomirlari saqlangan Filatov usulidagi plastika); erkin teri plastikasi, ya’ni jarohat yuzasiga jarohatdan uzoq joydagi teridan yupqa yog’siz transplantat olib, uni berkitish.
50-rasm. Dermatom yordamida erkin teri laxtagini olish.
Mashg’ulot jarayonida qo’llaniladigan yangi pedagogik texnologiya usullari:
“ASALARI O’YINI”NI
Ish uchun kerak bo’ladi:
-
Situatsion masala va topshiriqni variantlar to’plami
-
Alohida listlarga bosma yozuvda chiqarilgan qura uchun har bir gruppadagi talabalar sonini raqamlash
-
Oq qoozlar, ruchka
Ish qadamlari:
-
Topshiriqni hamma podgruppa talabalari bir joyda muhokama qiladi, o’yinning umumiy vaqti 45 daqiqa.
-
Gruppadagi hamma talabalar quraga ko’ra 3 ta podgruppaga bo’linadi, har bir gruppaga 4 tadan.
-
Har bir podgruppa alohida partada o’tiradi, qooz va ruchkalarni tayyorlashadi.
-
Qoozga sana, gruppa, fakultet, F.I.O, yoziladi. Shu gruppaga qatnovchi talabalar ro’yxati o’yinni nomi yoziladi.
-
Har bir gruppadan bittadan talaba konvertdan topshiriqni oladi. U bu topshiriqni butun gruppa uchun oladi.
-
Har bir podgruppadan bitta talaba topshiriqni listga yozib chiqadi.
-
Qog’ozda oldingi topshiriqni javoblarini yozib chiqadi.
-
Topshiriq uchun 15 daqiqa ajratiladi.
-
O’yin qadamlarini o’qituvchi kuzatib boradi.
-
Vaqt tugagandan keyin o’qituvchiga yiib beriladi.
-
O’yinda hamma qatnashchilari topshiriqni muhokama qiladi, eng to’ri javobni tanlaydilar, yuqori ball qo’yilgan javoblarni talabalar muhokama qiladilar.
-
Muhokama uchun 15 daqiqa ajratiladi.
-
Mashulotning nazariy qismidan talabalar javobi uchun reyting ballari olinadi.
-
Topshiriqni nazariy qismi uchun qaysi gruppa eng to’ri javobni bersa maksimal 100 oladi.
-
Topshiriq bajarilgandan so’ng javob varaqasiga o’z imzosini qo’yadi.
-
Shu topshiriqda qo’yilgan ball talabalarni to’plagan bali hisoblanadi.
-
Jurnalni pastki bo’sh qismida o’yin o’tkazilgan haqida gruppa sardori imzo qo’yadi, o’yin o’tkazilganligi haqida.
-
Talabalarni ishini o’qituvchi saqlab qo’yadi.
Asalari uyasi
-
Shikastlanganda birinchi tibbiy yordam ko’rsatish va davolash uchin qanday vazifalar amalga oshirish lozim?
Bemorni xayotini saqlash, shikastlangan suyaklar bitishini tiklash, qo’l oyoqlar funksiyasini tiklash, kaslni ilgargi ish qobiliyatini qaytarish.
-
Bemorni davolashdagi quydagi prensiplarga amal qilish kerak?
Kechiktirib bo’lmaydigan tartibda yordam ko’rsatish, siniqlarni repazetsiya qilishda adekvat oriqsizlantirish o’tkazish lozim, sichib singanda repzetsiya konservatif va operatif davo metodi qo’lash orqali amalga oshiriladi; konsolidastiya sodir bo’lganda qado bo’laklari qo’zalgan xolatda bo’lish kerak; davolash iloji boricha erta boshlanishi kerak va jabirlanuvchini buzilgan funksiyasi tiklab ilgargi ish qobiliyatini tiklash lozim.
-
Zamanoviy trovmatologiya va ortopidiyada konservativ davoning qanday usullari movjud?
Fiksatsion va ekstenzion
-
Fiksatsion metod bu nima?
Shikastlanga soxaga tinchlik berish uchun geps va boshqa bolamlardn foydalanildi.
-
Bolam suyak siniqlariga qanday tasir ko’rsatadi?
Qo’l oyoqning shikastlangan segmentini fiksatsiyalydi.
-
Shikastlangan segmentdagi shish qayguncha qanday asoratlar hosil bo’lish mumkin? Bo’laklar ikkilamchi siljishi mumkin.
-
Geps bolamlarni qanaqa turlari movjud?
Shinali va serkulyar bolamlar bolamlar.
-
Serkulyar bolam qo’yishga qarshi ko’rsatma?
Shikastlangan segmenti ifodalangan sinishida, to’qimalar tirikligida shubxa bo’lganda . yirik qon tomir ezilganda, yumshoq to’qima keng ko’lamda zararlanganda.
-
Shikastlangan segmentga geps bolamni qo’yishga qanday qoidaga amal qilish kerak? Shiastlangan segmentni ikki atrofidagi bo’imlar bilan fiksatsiya qilish kerak.
-
Gepis bolam qo’yilgandan keyin 5-7 kun o’tgach shikastlangan soxani rengeniologik tekshirish nima maqsadda o’tkazildi?
Mumkin bo’lgan ikkilamchi siljishini erta aniqlash uchun.
-
Serkulyar gepsdan keyin bo’imda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan asoratlar? yumshoq to’qima ezilishi,yotoq yaralari, ishemiya, kontrakturalar, gangeranadir.
-
Doimiy skelet tortmasidan maqsadat?
Birlamchi suyak qadoI hosil bo’lgunga qadar yuk yordamida siniq bo’lakchalari asta-sekin to’rilash va shu xolatda ushlab turush.
-
Bu usul Yoshi kata va qariyalarda qo’llanilishi chegaralanishi sabablari?
Uzoq mudat pastel rejimi.
-
Skelit tortma usulini ijobiy tomonlari sanan?
Shikastlangan qo’l va oyoqni gipotropiyasini oldini olish qayta tiklovchi davolashga tezlik bilan o’tish. Skelit tortma qo’l oyqni bo’imlari va mushak funksiyasini saqlab qolgan xolda suyak siniini xarakatsizligini taminlash, qo’l oyoq bolam bilan ezilmydi, qon oqishi buzilmadi, yatoq yaralar xosil bo’lmayd,shikastlangan qo’l oyoqni ko’z bilan ko’rib tursa bo’ladi, xarkat esa birinchi kundan boshlanadi.
-
Skelit tortma usulini kamchiligi?
Uzoq vaqt yotish, kasalga aloxida etibor va uzoq vaqt stasinarda qolish.
-
Skelit tortma usuli bilan davolaganda asoratlari?
Spetsalar kirgan soxada yallilanish.
-
O’choqdan tashqari ostiosentez aparati konstruksiyasini asosiy kompensentlarini sanan?
Xar xil diametrdagi metlal xalqalar vabu xalqalarni birlashtiruvchi teliskopik shtanlar.
-
O’choqdan tashqari ostiosentiz aparati bilan davolashni asosiy yutuqlari? Repozissiyaga yopiq usul bilan erishish, siniqlarni kerakli yo’nalishga yo’naltirsh, shikastlangan soxaga miqdorlangan xarkatsizlik shaklantirish, kasalni stasianarda uzoq turmasligi, uzoq mudat yotoq rejimi yo’qligi/ o’choq sinishlarda, qoplovchi to’qimalarni ko’p miqdordagi defektli siniqlarda, ko’p parchali sinishlarda skelit tortma usuli asosiy davolash usulidir.
-
Siniqni aperitif davolash moxiyati nima?
Suyak siniqlarini idial repazetsiya metal konstruksiyalari bilan ishonchli fiksatsiya.
-
Operatif davoga ko’rsatma? Ochiq sinishlar, asoratli sinshlar, uzilib ketib sinishlar bo’laklar o’rtasida yumshoq to’qima tiqilib qolishi , to’rilanmaydigan sinishlar.
-
Oxirgi yillarda osteosentizni qaysi usuli ken qo’llanilmoqda?
Kzostal osteosentez, kompresiyalovchi.
-
Ekzostal osteosentizni afzalliklari?
Bo’lakchalarni ishonarli fiksatsiyasi, apiratsiydan keying tashqi fiksatsiyaga xojat yo’qligi, efektli rebalzatsiya.
-
Operatsiyani qaysi turiga asoratlar ko’p?
Konservatif davoga nisbatan,operatif davoga ko’p.
-
Operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish chora tadbirlari?
Bemorni obdon tekshirish, operatsiyaga qarshi ko’rsatmalarni aniqlash.
-
Operatsiyaga qarshi ko’rsatmalar?
surunkali yondosh kasalliklar dekompensatsiya bosqichda, kesma o’tkazish joyida yallilanish bo’lsa, ilgaridan xarkatsizlik bo’lsa.
3.2. Taxliliy qismi
Nazorat uchun testlar.
1. Regenerastiya turlari:
A.Fiziologik
B.Reparativ
V.Nofiziologik
G.Suyak qadog’i
D. A,B
2. Regenerastiyada necha stadiya farqlanadi:
A.2
B.4
V.3
G.5
D.6
3. Suyak qadog’i turlari:
A.2
B.3
V.4
G.5
D.6
4. Singan suyak bo’laklarini har xil operativ yo’llar bilan birlashtirish nima deyiladi.
A.Osteoliz
B.Artrodez
V.Artroriz
G.Redressastiya
D.Osteosintez
5. Suyakni operativ kesish:
A.Osteotomiya
B.Osteoliz
V.Osteosintez
G.Artroriz
D.Artrodez
6. Qo’l va oyoqni bo’g’imdan kesib olinishi nima deyiladi.
A.Osteosintez
B.Osteotomiya
V.Ekzartiqo’lyastiya
G.Amputastiya
D.To’g’ri javob yo’q
7. Bek operastiyasi qaysi suyak singanda qo’llaniladi.
A.Qayiqsimon
B.Yarimoysimon
V.No’xatsimon
G.Ilmoqsimon
D.Loviyasimon
8. Pay jarohatlari, teri jarohatisiz nima deyiladi.
A.Ochiq
B.Yopiq
V. A va B
G.To’g’ri javob yo’q
D.Chiqish
9. Nevroliz» termini nimani anglatadi.
A. nervni urab to’rgan tukima va chandklardan ajratish
B. nervni epinevral kobigidan ajratish
V. nervni chandiqlardan ajratib bir qismini kesib tashlash.
G. A. va V. to’g’ri
D. hamma javob to’g’ri.
10. Tenotomiya nima?
A. Payni kesish.
B. Mushakni kesish.
V. Payni uzaytirish
G. Pay transpoziyasi.
D. Hamma javob to’g’ri.
4. Analitik qism
4.1 Grafikli organayzar: Jarrog’lk davo usullari bo’yicha “VENNA DIAGRAMMASI”
VENNA DIAGRAMMASI - 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi.
Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi.
Diagramma Venna tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida/kichik gurhlarda diagramma Vennani tuzadilar va kesishmaydigan joylarni (x) to’ldiradilar
Juftliklarga birlashadilar, o’zlarining diagrammalarini taqqoslaydilar va to’ldiradilar
Doiralarni kesishuvchi joyida, ikki/uch doiralar uchun umumiy bo’lgan, ma’lumotlar ro’yxatini tuzadi.
Venna diagrammasi
Ekstramedullyar osteosintez
O’TKDA Ilizarov
5. Amaliy qism
Mavzuga oid manual ko’nikma:
13.2.2. Amaliy kism.
Chap kurak ochiq sinishida birinchi yordam.
Amaliy ishning bajarilishi.
Chap kurak ochiq sinishida birinchi yordam.
Maqsad: Chap kurak ochiq sinishida birinchi yordam ko’rsatish texnikasi.
Kerakli jihozlar: Valanter, kushetka, Kramer shinasi, bint bog’lami.
Bajariladigan bosqichlar qadamlar:
№ bosqich
|
Bajarilish ketma-ketligi
|
Bajarilmadi (0 ball)
|
To’liq to’ri bajarildi
|
1.
|
Umimiy analgetiklar
|
0
|
20
|
2.
|
Umimiy antibiotiklar
|
0
|
20
|
3.
|
Aseptik bolam qo’yish.
|
0
|
20
|
4.
|
Kramer yoki gipsli longeta yordami immobilizatsiya.
|
0
|
20
|
5.
|
Shifoxonaga yuborish
|
0
|
20
|
Jami
|
|
100
|
6. Malaka, ko’nikma va bilimlarni tekshirish usullari
- Og’zaki javob
- Bahsda aktiv ishtrok etish- Yozma javob natijalari
- Vazyatli masalalarini echish
- Amaliy ko’nikmalarni bajarish
- OSKI savollari.
- Ko’rgazmali materiallar.
- Tarqatma materiallar.
Talabalar bilmi, ko’nikma va maxoratini baholashda qo’llaniladigan nazorat mezonlari
№
|
O’zlashtirish % hisobida
|
Baho
|
Talabaning bilim darajasi
|
1
|
96-100%
|
A’lo
"5”
|
Savollarga to’liq va to’g’ri javob
Javob dastur me’yoridandan yuqori, qo’shimcha adabiyotlardan foydalangan holda yuqori sifatda va ijodiy yondoshgan holda berilgan. Mustaqil ravishda savolni tahlil qiladi va ijodiy fikrlaydi, xulosa qiladi.
Holatiy masalalarni eng yuqori darajada echadi. Interfaol o’yinlarda faol qatnashadi va to’g’ri xulosa va yakun yasaydi. Masalalarni yuqori darajada tahlil qiladi. Mustaqil ishlarni to’liq va ortig’i bilan bajargan.
Amaliy ko’nikmalarni yuqori darajada va mustaqil bajaradi.
|
2
|
91-95%
|
A’lo "5"
|
Savollarga to’liq javob. Javob dastur me’yoridandan yuqori, qo’shimcha adabiyotlardan foydalangan holda yuqori sifatda va ijodiy yondoshgan holda berilgan . Mustaqil ravishda savolni tahlil qiladi va ijodiy fikrlaydi, xulosa qiladi.
Holatiy masalalarni eng yuqori darajada echadi.Interfaol o’yinlarda faol qatnashadi va to’g’ri xulosa va yakun yasaydi. Masalalarni yuqori darajada taxlil qiladi. Mustaqil ishlarni to’liq bajargan.
Amaliy ko’nikmalarni to’liq bajargan.
|
3
|
86-90%
|
A’lo
|
Savollarga to’liq, lekin 1-2 xatoliklar bilan javob berilgan. Mustaqil ravishda savolni tahlil qiladi. Holatiy masalalarni to’g’ri yo’nalishda, lekin bir qancha xatoliklar bilan echadi Interfaol o’yinlarda faol qatnashadi va to’g’ri xulosa va yakun yasaydi. Mustaqil ishlarni to’liq bajargan.
Amaliy ko’nikmalarni to’liq, lekin o’qituvchi ko’magida bajargan
|
4
|
81-85%
|
Yaxshi “4"
|
Mavzu bo’yicha savollarga to’liq, lekin 2-3 xatoliklar bilan javob berilgan. Javoblarni amaliyotda qo’llay oladi, savol mag’zini anglab etadi, tassavurga ega.
Holatiy masalalarnito’g’ri echilgan, lekin mavzu darajasida etarli emas. Holatiy masalalarni echishda faol qatnashadi va to’g’ri yo’nalishda echadi.
Mustaqil ishlarni to’liq , lekin 1-2 ta kamchiliklar bilan bajargan
Amaliy ko’nikmalarni to’liq, lekin kamchiliklar bilan bajargan.
|
5
|
76-80%
|
Yaxshi “4"
|
Mavzu bo’yicha savollarga noto’liq javob berilgan. Talaba mavzuni biladi, ammo uni to’liq anglab etmaydi.
Savol mag’zini tushinadi, javob beradi, tasavvurga ega. Interfaol o’yinlarda faol ishtrok etadi.
Holatiy masalalarni noto’liq echadi. Mustaqil ishlar etarli darajada bajarilmagan.
Amaliy ko’nikmalarni noto’liq, 2-3 ta xatoliklar bilan bajarilgan
|
6
|
71-75%
|
Yaxshi
“ 4”
|
Savolga to’g’ri, lekin noto’liq javob berilgan.Talaba mavzuni o’zlashtirgan, lekin savollarga to’liq javob bermaydi.
Savol mag’zini tushinadi, etarli aniqlikda javob beradi, tasavvurga ega. Holatiy masalalarni noto’liq echadi. Mustaqil ishlar etarli darajada bajarilmagan, 3dan ortiq xatoliklar mavjud. Amaliy ko’nikmalarni noto’liq, 4 dan ortiq xatoliklar bilan bajarilgan.
|
7
|
66-70%
|
Qoniqarli “3”
|
Qo’yilgan savollarning yarmiga javob berilgan.
Talaba mavzuni o’zlashtirgan, lekin savollarga noto’liq,ba’zilariga javob beradi. Holatiy masalalarni to’g’ri echgan, lekin javob asoslanmagan. Mustaqil ishlar bajarishda kamchiliklarga yo’l qo’yilgan. Mustaqil ishlar etarli darajada bajarilmagan, sifatsiz.
Amaliy ko’nikmalarni bajarishda kamchiliklarga va xatoliklarga yo’l qo’yilgan.
|
8
|
61-65%
|
Qoniqarli “3”
|
Qo’yilgan savollarning yarmiga javob berilgan.
Savollarga noto’liq, xatoliklar bilan javob beradi. Mavzuning ba’zi yo’nalishlari xaqida tasavvurga ega, noaniq tushunchaga ega. Mustaqil ishlarni bajarishda kamchiliklarga yo’l qo’yilgan. Mavzu asoslanmagan. Amaliy ko’nikmalarni bajarishda kamchiliklarga va xatoliklarga yo’l qo’yilgan.
|
9
|
55-60%
|
Qoniqarli “ 3”
|
Qo’yilgan savollarning yarmiga javob berilgan.
Savollarga noto’liq, xatoliklar bilan javob beradi. Mavzuning ba’zi yo’nalishlari xaqida tasavvurga ega, noaniq tushunchaga ega. Holatiy masalalar va testlar noto’g’ri echilgan.
Mustaqil ishlar bajarishda kamchiliklarga yo’l qo’yilgan, mavzu ochib berilmagan. Amaliy ko’nikmalarni bajarishda kamchiliklarga va xatoliklarga yo’l qo’yilgan.
|
10
|
50-54%
|
Qoniqarli “ 3”
|
Qo’yilgan savollarning 1/3 noto’liq va xatoliklar bilan javob berilgan.Talaba mavzuni bilmaydi va holatiy masalalar va testlar echilmagan. Interfaol o’yinlar xaqida tassavur va tushunchaga ega emas. Mustaqil ishlar noto’liq va kamchiliklir bilan bajarilgan. Amaliy ko’nikmalarni bajarishda kamchiliklarga va xatoliklarga yo’l qo’yilgan.
|
11
|
46-49%
|
Qoniqarsiz "2"
|
Qo’yilgan savollarning 1/4 noto’liq va xatoliklar bilan javob berilgan.Talaba mavzuni bilmaydi va holatiy masalalar va testlar echilmagan.Interfaol o’yinlarda mutloq ishtrok etmaydi. Mustaqil ishlar bajarilmagan. Amaliy ko’nikmalarni bajarishda kamchiliklarga va xatoliklarga yo’l qo’yilgan.
|
12
|
41-45%
|
Qoniqarsiz "2"
|
Mavzu bo’yicha 1/5 qo’yilgan savollarga javob beradi. Talaba mavzuni bilmaydi. Savollarga noto’liq va noto’g’ri javob beradi. Holatiy masalalar ko’plab xatoliklar bilan va noto’g’ri echilgan. Mustaqil ishlar qo’yilgan 1/5 masala bo’yichagina hal qilingan. Amaliy ko’nikmalar o’zlashtirilmagan, bajarilmaydi.
|
13
|
36-40%
|
Qoniqarsiz "2"
|
Mavzu bo’yicha 1/10 qo’yilgan savollarga, noto’g’ri yo’nalishda javob berilgan. Mavzuni bilmaydi, savollarga javobni almashtirib beradi. Mavzu mutloqo o’zlashtirilmagan, holatiy masalalar va testlar echilmagan. Amaliy ko’nikmalar o’zlashtirilmagan, umuman bajarilmaydi.
|
14
|
31-35%
|
Qoniqarsiz "2"
|
Savollarga mutloqo javob berilmaydi. Mavzuni bilmaydi. Holatiy masalalar va testlar echilmagan. Mustaqil ishlar va amaliy ko’nikmalar mutloqo bajarilmagan.
|
|
7. Mashg’ulotning xronologik xaritasi
|
№
|
Mashg’ulot bosqichlari
|
Shakl
|
Vaqt
225 daqiqa
|
Tanaffus
|
1
|
Tekshirish
|
Davomat, talabalar daftarini tekshirish
|
5 daqiqa
|
|
2
|
Mavzuning nomi, maqsadi va kutilayotgan natijalarni etkazadi. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalar beradi. Mashg’ulot rejasi bilan tanishtiradi.Baholash mezonlarini e’lon qiladi
|
Mavzuni izoxlash
|
10 daqiqa
|
|
3
|
Amaliy mashg’ulot mavzusini muhokama qilish, yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llagan holda talabalarning dastlabki bilim darajasini tekshirish
|
Bahs
Og’zaki javob,
“Asalari uyasi”, o’yinini o’tkazish
|
45 daqiqa
|
5 daqiqa
|
4
|
Taxliliy qism
|
Test masalalarni echish. Venna diagrammasi tuzish
|
45 daqiqa
|
10 daqiqa
|
5
|
Talabalarga ko’rgazmali qurollarni ko’rsatish( slaydlar, prezentastiya, videofilmlar va bq.), ularni izoxlash
|
|
45 daqiqa
|
5 daqiqa
|
6
|
Talabalarning amaliy qismini egallashi bo’yicha mustaqil ishi. Bemorlar kurastiyasi.
|
Amaliy ko’nikmalarni bajarish
|
65 daqiqa
|
40 daqiqa
|
7
|
Ushbu mashg’ulot bo’yicha o’qituvchining xulosasi, har bir talabani 100 ballik tizimda baholash va e’lon qilish. Keyingi mashg’ulotga tayyorlash uchun talabalarga vazifa berish
|
Ball bilan baholash, uy vazifasini berish, mustaqil bajarish uchun vazifa,
ma’lumot berish
|
10 daqiqa
|
|
8. TMI- Bolalarda suyak shikastlarini uziga xosligi.
Nazorat uchun savollar:
1. Novdasimon sinish turini aytib bering ?
2. Bolalarda suyak to’qimasining o’ziga xosligi?
3. Bolalarda suyaklar shikastida birinchi tibbiy yordam?
4. Bilak suyaklari shikastida qanday gips bog’lam quyiladi?
9. Nazorat uchun savollar:
-
Reparativ regenerastiya bosqichlari.
-
Reparativ regenerastiya turlari.
-
Reparativ regenerastiyani stimullash usullari.
-
Osteosintez turlari.
-
Tendoplastika nima.
-
Nevroliz nima.
-
Ochiq sinishlarda UASh taktikasi nimadan iborat.
-
Birlamchi jarrohlik amaliyotiga qarshi ko’rsatma.
10. Adabiyotlar
-
Юмашев Г.С. «Травматология и ортопедия» М., «Медицина» 1990. – 575с.
-
Мусалатов Х.А. «Травматология и ортопедия» М., «Медицина» 1995. –530с.
-
Мусалатов Х., Юмашев Г., Силин Л. «Травматология ва ортопедия» Т., «Iqtisod-Moliyа» 2007. –530с.
4. WWW.ejbjs.org WWW.jbjs org.uk WWW.traumatic.ru WWW.trauma.bd.ru
O’zRSSV sayti WWW.minzdrav.uz. TTA sayti - WWW.tma.uz. va kafedra sayti-E_mail: travmo_tma@mail.ru da keltirilgan mavzular bo’yicha ma’ruzalardan foydalanilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |