Mustaqil tayyorlash uchun nazorat savollari:
1. A. Distervergning taijimai holi va faoliyati haqida nimalarni bilasiz?
2. U qanday g‘oya!arni ilgari surdi?
3. «Nemis o ‘qituvchilarini o ‘qitish uchun qo‘llanma» degan kitobida
qanday fanlarni chuqur o'rganishga e ’tibor qaratdi? Izohlab bering.
4. «Rivojlantiruvchi ta’lim didaktikasi» deganda nimani tushunasiz?
121
5. Tarbiyaning oliy maqsadini Disterverg nima deb belgilaydi?
6. 0 ‘qituvchi qanday b o iish i kerak deydi?
7. Disterverg qanday maktabni taraqqiy etishiga ta’sir ko‘rsatdi?
8. Disterverg «Inson mening nomim...» degan fikrini davom ettiring
va izohlab bering!
9. Uning ishtirokida qanday jurnallar nashr etildi?
10. Disterverg ta’limning qaysi turiga qarshi chiqdi? Izohlab bering:
nima uchun?
11. Tarbiya to‘g ‘risidagi farming asosi deb u qaysi fanni ko'rsatdi?
12. Disterverg maktab ommaning nazorati ostida ish olib borishi kerak,
deydi. Izohlang.
Tavsiya etilgan adabiyotlar:
1. N. A. Alekstantinov, M. F. Shabaeva. Pedagogika tarixi. — Т.:
0 ‘qituvchi, 1976.
2. Ensiklopediya lug‘ati. — Т., 1988. — 248-bet.
3. Pedagogika tarixi / M.Shabaeva tahriri ostida. —Т.: 0 ‘qituvchi,
1985.
16-mavzu:
K .D.USHINSKIYNING PEDAGOGIK TIZIMI
Reja:
1. K.D.Ushinskiyning hayoti va pedagogik faoliyati.
2. K.D.Ushinskiyning tarbiya san’ati, axloqiy va m ehnat tar-
biyasi haqidagi fikrlari.
3. K.D.Ushinskiy didaktikasi va ta ’lim metodikasi to ‘g ‘risida.
4. K.D.Ushinskiyning darslik kitoblari.
Konstantin Dm itrovich Ushinskiy (1824-1870) Tulada, yer
mulki uncha katta bo'lmagan dvoryan oilasida tug‘ildi hamda bolalik
va o !smirlik yillarida otasi rahbar b o ‘lgan Novgorod Seversk
gimnaziyasida umumiy m a’lumot oladi.
K.D .U shinskiy 1840 yilda Moskva universitetining adliva
(yuridik) fakul’tetiga o ‘qishga kirdi, talabalik yillarida mustaqil
ravishda o ‘z bilimini oshirib, m a’rifat egasi bo ‘ldi.
U shinskiy rus, nem is va fransuz tillarida chop etilgan
adabiyotlami o ‘qib o ‘rganadi. Universitetni tamomlagandan keyin
22 yoshida Yaroslavldagi adliya liseyida qomus (ensiklopediya),
qonunshunoslik, davlat huquqi va moliya fanlari kafedrasiga
professor lavozimini bajamvchi qilib tayinlanadi. U talabalarda
ilm -fanga havas tu g ‘dirishga, ular qalbida xalqqa m uhabbat
tuyg‘usini uyg‘otib, unga xizmat qilish uchun tayyor turish hissini
tarbiyalashda harakat qildi. U talabalarni xalqning ehtiyojlarini
o ‘rganishga, xalqqa yordam berishga chaqirdi.
Bu hoi lisey raxbarlariga, reaksion kayfiyatdagi professorlarga
va gubernatorlarga yoqmadi, albatta. Ular Ushinskiyni siyosiy
jihatdan ishonchga noloyiq professor deb ayblay boshladilar, uning
har bir qadamini maxfiy kuzatib turadigan bo‘ldilar. Oxir-oqibatda
hasadgo‘ylar qator bo‘xtonlari bilan uni «yomon otliq» qilib,
liseydan bo'shab ketishga majbur qildilar.
Boshqa o'quv yurtlariga o ‘qituvchilik ishiga kira olmagan
Ushinskiy moddiy jihatdan qattiq muhtojlikka tushib qoldi, kun
k o ‘rish uchun qiyinchilik yillari boshlandi. Katta qiyinchiliklar
bilan u Ichki ishlar ministrligining mahkamalaridan biriga arzima-
gan maosh evaziga mayda chinovnik lavozimiga ishga kirdi. Bu
vazifada u to ‘rt yil ishladi, jurnallarda tasodifiy mayda adabiy ishlar
bilan shug‘uilandi.
Ushinskiy qator institut va boshqa ta ’lim muassasalarida ishlab,
pedagogik faoliyatini shakllantirdi, darsliklar tuzdi va ta’lim tizimiga
qator islohotlar kiritishni talab qildi. U har gal o ‘z progressiv
faoliyati bilan amaldorlar noroziligiga va qarshiliklariga uchradi. Uni
chet elga xizmatga jo ‘natishdi. Aslida u surgun edi.
Rossiyada boshida kechirganlarining hammasi Ushinskiy
sog‘ligiga ta ’sir qildi, eski o ‘pka kasalligini kuchaytirib yubordi.
O g‘ir kasallik. qizg‘in-ijtim oiy pedagogik faoliyat iste’dodli
pedagogning sog‘ligiga zarar etkazdi va o ‘Iimini tezlashtirdi. K.
D. Ushinskiy 1870 yil 22 dekabrda vafot etdi. U Kiev yaqinidagi
Vidubisik monastiriga dafn qilingan.
123
Do'stlaringiz bilan baham: |