93
Talabalar bilimini mustaxkamlash uchun savollar
1.Popliploidiya nima?
2.Zot, nav, shtamlarning evolyutsiyasini xarakatlantiruvchi kuchlari nima? nima
kiradi?
3.Genlar dreyfi nima?
4. Evolyutsiyaning boshlag’ich xodisasi nima?
5.Xardi – Vaynberg qonunini tushuntiring.?
6.Populyatsiya to’lqini deb nimaga aytiladi?
FAKULTATIV MASHG’ULOTLARDA BIOLOGIYADAN MASALA VA
MASHQLAR
Reja
1.Fakultativ mashulotlarning ta’lim jarayonidagi axamiyati.
2.Fakultativ mashulotlarda masala mashklarning urni.
Ukuv mashgulotining maksadi:Talabalarda BIOLOGIYaDAN MASALA VA
MAShQLAR YeChISh Fakultativ MAShG’ULOTLARINI TAShKIL ETISh haqida
ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.
O’quv faoliyatining natijalari
Fakultativ mashulotlarning ta’lim jarayonidagi axamiyatini o’rganadi
Fakultativ mashulotlarda masala mashklarni o’rganadi
Fakultativ mashgulotlar haqida umumiy tushuncha
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida biologiyadan o’quvchilarning fan asoslarini mustahkam
va chuqur o’zlashtirishga bo’lgan qiziqishlari va
ehtiyojlarini rivojlantirish, o’zlashtirilgan
bilimlarni amaliyotga qo’llash, kasbga yo’naltirishni
amalga oshirish, tajriba qo’yish va
kuzatish o’tkazish, qo’shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko’nikmalarini
shakllantirish, tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish maqsadida o’qitish
jarayonining yangi shakli Fakultativ mashg’ulotlar tashkil etiladi.
Fakulьtativ mashg’ulotlar kamida 17 soatga mo’ljallangan bo’lib, o’quv yili
davomida ikki haftada 1 soat yoki yarim yilda haftasiga 1 soatga mo’ljallangan
bo’lib, mazkur mashg’ulotlar darsgacha yoki darsdan keyin o’tkaziladi.
Biologiya o’qituvchisi Fakultativ mashg’ulotlarning guruhlarini o’quvchilarning hohish-
istagi asosida bir sinf yoki parallel sinf o’quvchilaridan tuzadi, guruhlarda o’quvchilar soni 10
tadan kam bo’lmasligi kerak.
Fakulьtativ mashg’ulotlar uchun o’quv soatlari harakatdagi o’quv rejadagi maktab
ixtiyoriga berilgan soatlar hisobidan ajratiladi.
Fakulьtativ mashg’ulotlarning samaradorligini oshirish uchun o’qituvchi o’o’o’quvchi-
larning bilish
faoliyatini faollashtiradigan, mantiqiy, mustaqil va ijodiy fiko’r yuritish
ko’nikmalarini rivojlantirishga imkon beradigan masala va mashqlarni tanlaydi,
mashg’ulotlarni tashkil etishda samarali o’qitish
metodlari, vositalari va shakllaridan
foydalanish tavsiya etiladi.
Fakulьtativ mashg’ulotlarda o’quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlariga keng o’rin
berish barobarida mustaqil masala va mashqlar tuzish va yechish nazarda tutiladi.
94
Biologiyadan masala va mashqlar yechish Fakultativ mashg’ulotining didaktik
maqsadi:
Biologiya fanining turli sohalari bo’yicha o’quvchilarning bilim, ko’nikma va
malakasini chuqurlashtirish va kengaytirish, biologiyani o’rganishga bo’lgan
qiziqishlarini
rivojlantirish, uzluksiz ta’lim tizimining keyingi turlarida o’qishni
davom ettirish yoki ongli ravishda kasb tanlashga yordam berish;
O’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil va ijodiy fikr yuritish
ko’nikmalarini tarkib toptirish va rivojlantirish, tabiatning
moddiy birligini uning
yaxlitligini ilmiy tasavvur qilish, tabiatda sodir bo’layotgan voqea va hodisalarning
tabiiy-ilmiy sababo’larini bilish, sabab-oqibat bog’lanishlarini tushunishga imkon
yaratish;
O’simliklarni parvarish qilish va hayvonlarni
boqishning ilmiy asoslariga
e’tiborni qaratish, o’quvchilarni mavsumiy dala ishlariga, maktab tajriba yer
maydonchalarida, bog’ va poliz ekinlari maydonlaridagi
ishlarga jalb etish orqali
ularning kasb tanlashiga, jumladan, qishloq xo’jalik, tibbiyot, veterinariya va h. K.
kabi ixtisosliklar bilan tanishishiga sharoit yaratish;
O’quvchilarning ekologik
madaniyatini takomillashtirish, tabiatga nisbatan ongli
va omilkorona munosabatini tarkib toptirish;
O’quvchilarning o’z organizmi, sog’ligini asrash, profilaktika chora-tadbirlari,
vrach kelguncha birinchi yordam ko’rsatish, sanoat korxonalari va qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishidagi xavfsizlik chora – tadbirlari haqidagi bilimlarini kengaytirish;
O’quvchilarning gigienik ta’lim-tarbiyasini amalga oshirish, gipodinamiya (kam
harakat qilish), chekish, alkogolь, noto’g’ri ovqatlanish, kun tartibiga amal
qilmaslikning zararini tushuntirishga yordam berish;
O’quvchilarda sharqona odob-ahloq, insoniy fazilatlarni shakllantirish, ular ongi va
qalbiga milliy istiqlol g’oyalarini singdirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga
hurmat, Ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash sanaladi
Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-sinfida biologiyadan
masala va mashqlar
yechish Fakultativ mashg’ulotlarini quyidagi mavzularda tashkil etish tavsiya etiladi:
№
Do'stlaringiz bilan baham: