O‘zbekiston respublikasi oliy va va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari



Download 1,51 Mb.
bet33/80
Sana12.07.2022
Hajmi1,51 Mb.
#779555
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80
Bog'liq
Матем мажмуа.2 (2)

Tayanch so‘z va iboralar: vaqt tushunchasi, analizator, vaqtni his qilish, sutka qismlari, vaqtning xususiyatlari, vaqtni his qilish, yil fasllari,tabiat hodisalari, vaqt ko‘rsatkichlari, hafta kunlari, yil fasllari.
Vaqt va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Vaqt so‘zi yuz berib turuvchi voqea-hodisa, narsalarning asrlar, yillar, soatlar, minutlar va shu kabilar bilan o‘lchanadigan davomiyligi, shunday o‘lchov belgisiga ega bo‘lgan obyektiv hodisani ifodalaydi. Vaqtning qaytmas xususiyatlari shuki, vaqtning bir tomonga yo‘nalib o‘tishi, u tabiat va jamiyatning harakatlanish yo‘nalishini ifodalaydi. Vaqtning asosiy qabul qilinishi bu sezish qobiliyatidir. Har xil kompleks analizator vaqtni sezish qobiliyatining cho‘zilishiga ta’sir qiladi, lekin asosiy xususiyati deb I.M. Sechenov eshitish va tananing sezgi qobiliyatlariga e’tibor bergan «Vaqt tovush va tananing sezish qobiliyati insonga vaqt haqida tushuncha beradi, shunda ham to‘la o‘z mazmuni bilan emas balki vaqt bir tomonlama tovushning tortilishi va tananing sezishini tortilishi. Shuning uchun I.M.Sechenov eshitish va sezish xususiyatidan bu vaqt bo‘shlig‘ining analizatorlari degan edi. I.P.Pavlov ko‘rsatgan ediki,vaqtning hisoblanishi nerv sistemasining har bir elementiga, uning har bir hujayrasiga xos u buni eksperimental asosda isbotladi. Har qanday analizator «vaqtni hisoblashi» mumkin. I.P.Pavlov aytgan ediki, vaqtning fiziologik qabul qilinishi bu kishining tormozlanishi va ta’sirlanishidir, bu esa vaqtni hisoblashga yo‘l beradi. Bu fikrlar qator izlanishlar orqali ko‘rsatilgan. Ikkinchi signallar sistemasida ta’sirlanish vaqtning yetarli hisobga olinmasligidan kelib chiqadi, tormozlanish jarayonida unga ko‘proq baholash xususiyatidandir. Shunday qilib, aniq vaqt intervallarini vaqtinchalik baholash ta’sirlanish va tormozlanish dinamik jarayonida aniqlanadi. Vaqt intervalida differensirovka bu vaqtga nisbatan shartli reflekslarning xosligidir. Bolalarda vaqtni idrok qilish qobiliyatining shakllanishi. O‘quv yilining boshida katta guruh bolalarida ertalab, kunduzi, kechqurun va kechasi kabi vaqt qismlari haqidagi tasavvurlar mustahkamlanib, ular vaqtni atrofidagi kattalar bilangina emas, balki vaqtning obyektivroq ko‘rsatkichlari – tabiat hodisalari (quyosh chiqishi) bilan bog‘laydilar. Tarbiyachi bolalar bilan ularning atrofidagi kattalar bilan kun davomida nima ish qiladilar, ularni qanday izchillikda, qachon bajaradilar, erta tong, kunduz, kechqurun haqidagi taassurotlari to‘g‘risida suhbatlashadi. Bolalarga mavzuga doir she’r va hikoyalar aytib beriladi. Ko‘rsatma material sifatida bolalarning kun davomida xilma-xil faoliyat turlari aks ettirilgan rasm va fotosuratlardan foydalaniladi: o‘rin ko‘rpalarni yig‘ish, ertalabki gimnastika, yuvinish, ertalabki nonushta. Sutka qismlari haqida tasavvurlarni aniqlashda didaktik o‘yinlar, masalan, bizning kun o‘yini yordam beradi. «Kecha», «bugun», «ertaga» kabi vaqt belgilarining o‘zgaruvchanligi va nisbiyligi bolalarining ularni o‘zlashtirishlarida qiyinchilik tug‘diradi. Besh yoshli bolalar bu so‘zlarni yanglishtiradilar. Pedagog muayyan so‘zlarning mazmun ahamiyatini ochib berish uchun bolalarga quyidagi savollarni beradi: «Biz siz bilan kecha qayerda bo‘ldik?», «Istirohat bog‘iga qachon borgan edik?». Bolalarni vaqt terminlari ustida mashq qildirish uchun katta guruhda so‘zli didaktik o‘yinlar hamda o‘yin mashqlaridan, masalan, «Davom ettir!» o‘yinidan foydalaniladi. Bu mashqni koptok bilan o‘ynaladigan o‘yin shaklsida o‘tkazish mumkin. Bolalar doira bo‘lib turadilar. Tarbiyachi qisqa jumla aytib, koptokni tashlaydi. Kim koptokni ushlab olsa, o‘sha bola tegishli vaqtni aytadi. Masalan: tarbiyachi koptokni tashlab: «Biz pochtaga bordik», - deydi. Bola esa koptokni ushlab olib «kecha» – deb jumlani tugatadi. Bolalar hafta kunlarining nomini faoliyatining aniq mazmuni bilan bog‘laydilar. Endilikda bolalar har kuni ertalab hafta kunlarining nomini shuningdek, kecha haftaning qaysi kuni ertaga qaysi kuni ekanligini aytadilar. Matematika ta`limiy faoliyatlarida vaqti-vaqti bilan bolalarga hafta kunlarini tartibi bilan aytish taklif etiladi. Aytilgan kundan oldin va keyin qanday kun kelishini aytish muhim. Pedagog «Qaysi kunlari rasm chizish mashg‘ulotimiz bor? Musiqa mashg‘ulotichi? deb savollarni almashtirib turadi. Bolalar tartib bilan sanashni, hafta kunlarini tartib bilan aytishni o‘rganib olganlaridan keyin kunni tartib raqami bilan bog‘laydilar. Hafta kunlarining izchilligi haqidagi bilimlarni mustahkamlash uchun “Hafta kunlari” so‘zli didaktik o‘yinidan foydalanish mumkin. Hafta kunlarining alamashinishini kuzatib borish bolalarda takrorli vaqtning o‘zgaruvchanligi haqida tushuncha hosil bo‘lishiga, uning ketidan hafta kelishini ochib berishga imkon yaratadi.

Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish