Mavzu: Tabiatshunosliknl o’qitish vositalari. (4-soat)
Ma'lumki, tabiatshunoslik darslarini tashkil etilishi, avvalo, unda o’quv qurollari vositalaridan samarali foydalanishga bog’liq.
Tabiatshunoslik darsliklari va ular bilan ishlash. Darslik darsda o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash va kengaytirishni ta'minlovchi muhim vositadir.
Tabiatshunoslik darsliklari ham ta'lim beruvchilik, rivojlantiruvchilik hamda tarbiyalovchilik ahamiyatiga ega. Ular O’zbekiston tabiatining mavsumiy xususiyatlarini hisobga o’lgan holda tuzilgan. Chunonchi, taqvim bo’yicha 1 sentabrdan kuz boshlanadi. Ammo O’zbekistonda sentabrda kunlar hali yozdagidek issiq bo’ladi.
“Atrofimizdagi olam” (1—2- sinflar) va “Tabiatshunoslik” (3-4-sinflar) darsliklari matnlarining mazmuni deyarli o’lkashunoslik tamoyiliga xos tuzilgan. Bu atrof tabiatni, unda kuzatiladigan har xil obyekt va hodisalar hamda odamlar mehnat faoliyati o’rtasidagi o’zaro aloqalarni bir-biriga bog’lagan holda o’rganish imkonini beradi.
Ko’rgazmali qurollar va tabiatshunoslik darslarida ulardan foydalanish. Inson tabiat jismlari va hodisalari olamida yashaydi, ular bilan har kuni munosabatda bo’ladi. Atrof olamda o’zini to’g’ri tushuna bilish uchun odamlar ayrim jism yoki hodisa (daraxt, tosh, hayvon va hokazolar)ni ham, bir-biriga bog’liq bo’lgan jism yoki hodisalar kompleksi (ko’cha, park, xiyobon, surat va hokazolar)ni ham qabul qila olishlari kerak.
Model ko’rgazmali qurol sifatida. Tabiatshunoslik darslarida modellar ko’rinishidagi hajmli tasvirlar ham keng qo’llaniladi. Model narsa yoki qurilmaning barcha tafsilotlarini takrorlovchi, ularga o’xshash hajmli tasvirdir. Modellarning idrokiy ahamiyati g’oyat katta, chunki ular sathli rasmlardan farq qilib, o’iganilayotgan narsa to’g’risida fazoviy tasavvur beradi
Amaliy mashg’ulotning texnologik kartasi
Vaqti
|
2-soat (80-daqiqa)
|
Mashg’ulot shakli
|
Amaliy
|
Mashg’ulot vositasi
|
Shaqiriq, munozara, muammoli izlanish
|
Ta’lim vositasi
|
Proyektr, darslik, ma’ruza matni
|
Dars bosqichlari
|
O’qituvchi
|
Talaba
|
|
1-bosqich Kirish (5-daqiqa)
|
1.Mashg’ulotning tashkiliy qismi amalga oshirilad, mavzu, rejasi uy vazifasi va topshiriq e’lon qilinadi
|
.Eshitadi, yozadi, javob beradi
|
|
2-bosqich Asosiy bosqich(70-daqiqa)
|
1.Mazu haqida tushuncha beriladi.Тезкор сўров техникaсини қўллaб, тaлaбaлaр билимлaрини фaоллaштирaди
2. Mavzu yuzasidan misollar, savol-javoblar keltirilib izohlanadi. Uyga berilgan topshiriq tekshiriladi, mustahkamlanadi.
3. Chaqiriq uslubida amaliy mashg’ulotda o’rganilgan amaliy bilimlarni savol-javob orqali aniqlanadi
|
Bajaradi, yozadi, ma’lumot oladi, javob beradi, bilib oladi, mustaxkamlaydi.
|
|
3-bosqiq Yakuniy bosqich(5-daqiqa)
|
1.Talabalarni rag’batlantirish, baholarini e’lon qilish, uyga vazifa berish, mashg’ulotga yakun yasash
|
Yozadi, topshiriq oladi,baho oladi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |