O’zbekiston Respublikasi oliy va


KONFLIKT MAZMUNI, MOHIYATI VA OILAVIY KONFLIKTLAR



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/26
Sana17.06.2021
Hajmi0,99 Mb.
#69141
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
Oilaviy konfliktlar

     KONFLIKT MAZMUNI, MOHIYATI VA OILAVIY KONFLIKTLAR 

Halol  mehnat,  samimiyat  va  muhabbatga  asoslangan  oilaning  jamiyatga 

munosib  avlod  hamda  yetuk  inson  bo’lib  yetishish  insonning  asosiy  burchidir. 

Nikohdan  o’tib  oila  qurishdan  asosiy  maqsad  inson  avlodining  davomiyligidir. 

Jamiyat esa oilalar yig’indisidan iboratdir. 

Nikohga  kirishda  yanglishmaslik  mustahkam  oila  topishiga  olib  keladi.  Ahil, 

totuv  yashash,  halol  mehnat  va  muhabbatga  asoslangan  oila  jamiyatga  munosib 

avlod axloqli, pok, jamiyat ishiga sadoqatli insonni tarbiyalab yetkazishda katta rol 

o’ynaydi. Yangi avlod esa jamiyat taraqqiyotiga, ijtimoiy qurilishning avj olishiga 

tasir ko’rsatadi. Oilaviy munosabatlar – sof «shaxsiy munosabatlar» emas oila va 

oilaviy  munosabatlar  davlat va  jamiyat  taraqiyotiga, ularning ma’naviy  boyligiga 

bevosita  dahldorlir.  Shuning  uchun  oila  va  oilaviy  munosabatlar  g’oyat  muhim 

ijtimoiy normalar-huquqiy normalar bilan tartibga solingan

1



O’zbekistan  Respublikasining  nikoh  va  oila  kodeksida  munosabatlarning 



quyidagi asosiy prinpiplari belgilangan: yakka nikohli prinsipi. Bu prinsipga ko’ra, 

har bir fuqaro faqat bitta nikohda bo’lishi mumkin. Nikohning ixtiyorligi va o’zaro 

rozilik prinsinlari. Bu prinsipga muvofiq har bir erkak va ayol o’ziga yoqqan shaxs 

bilan  o’z  ixtiyoricha  nikohga  kirishi  mumkin.  Hech  kimning,  biror  shaxsning 

majbur qilishi va tazyiqi bilan nikohdan o’tishga yo’l qo’yilmaydi. 

Eng  ko’p  ajralishlar  ota-onalar  yosh  oilaning  ishlariga  noo’rin  aralashuvi 

oqibati ekanligi ma’lum bo’lmoqda. Gap shundaki, ota-onalar ulg’aygan o’g’liga, 

turmushga chiqqan qiziga endi voyaga yetgan, o’z fikrini anglay ololmaydigan, o’z 

mulohazasiga  ega  bo’lgan  barkamol  kishilar  deb  emas,  balki  «haliyam  bola» 

qabilida  qaraydilar,  oilaviy  hayotni  ularning  o’ziga  qo’yib  bermasdan  behuda 

homiylik  qiladilar,  turmush  tarziga  va  oilaviy  ishlariga  aralashaveradilar, natijada 

bachkana,  arzimas  gap-so’z  ko’payib,  o’z  yo’lidan  borayoggan  tuppa-tuzuk  oila 

izdan  chiqadi.  «Xarakterlarning  to’g’ri  kelmasligi»  umumiy  tushunchadir.  Aslida 

buning  sababi  er-xotinning  bir-biridan  ustunlikka,  oilada  har  kim  o’zicha 

                                                 

1

I. Sh. Alqarov, R. Mamatqulova, H. D. Norqulov. Shaxs va oila tarbiyasining pedagogikasi. Fan 



va texnologiya nashriyoti, 2009. – 14-15 betlar 

 



 

«hokimlikka»  intilishi,  er  tomonidan  xotinning  ho’rlanishi  yoki  erning  oiladagi 



ziqnaligi, o’zaro nizolarga bardoshsizligi va hokazolardan iborat bo’ladi. 

Oila inson hayotiga to’kislik bag’ishlaydi, oila baxt keltiradi, lekin har bir oila, 

ayniqsa  mustaqil  jamiyatdagi  oila,  eng  avvalo  davlat  ahamiyatiga  ega  bo’lgan 

qutlug’ ishdir. (A.S.Makarenko) 

Oila  o’z-o’zidan  ham  bir  qiyinchiliksiz  baxtga,  oila  ehtiyojlarining 

yaxshilanishi,  mustahkamligi  va  shunga  o’xshashlar  amalga  oshadi,  deyishi  

noto’g’ri bo’ladi. Buning uchun er va xotindan yuqori darajadagi odob-axloq etik-

estetik  tayyorgarlik,  qobiliyat,  sadoqatlilik,  sabr-toqatlilik  kabi  axloqiy 

qadriyatlarni o’zida mujassam etishni talab etadi. Bular o’rtasidagi axloq, axloqiy 

munosabatlar esa o’z navbatida farzandiga ta’sir qiladi. Chunki, farzand dunyoga 

kelgan  birinchi  kundanoq  ota-ona,  aka-opalari  mehr-muhabbatidan  oziqlanadi. 

Demak, bolaning ma’naviy-madaniy shakllanishida oilaning roli beqiyosdir. 

Har  bir  halq  va  milliy  an’analar  tarkibida  yoshlarni  oilaviy  turmushga 

tayyorlash  masalalariga  alohida  e’tibor  qaratilgan.  Ammo  zamonaviy 

jamiyatlardagi  keskin  o’sish  sur’atlari  hamda  insonning  juda  katta  ijtimoiy 

faoliyatining  uning  oilasi  va  oila  a’zolari  munosabatlariga  bo’lgan  kuchli  ta’siri 

asosida  milliy  an’analar  hamda  dolzarb  va  yangitdan  vujudga  kelayotgan 

savollarga to’liq javob bera olmaydi. Shu bois, milliy an’analarni oilaviy turmush 

borasidagi umumbashariy nazariy bilimlar bilan qo’shib olib borish talab etiladi.  

Inson  o’z  hayotida  bolalik  davridanoq  boshqa  insonlar  bilan  turli  ijtimoiy 

munosabatlarga  kirishadi.  Inson  hayoti  boshqalar  bilan  bo’ladigan  turli 

munosabatlarning uzluksizligidan iborat bo’lgan jarayondir. Ana shu munosabatlar 

esa har doim ham bir tekis, silliq va tinch davom etavermaydi. Hayotning bir tekis 

davom  etishini  turli  nizo  va  ziddiyatlar  buzib  turadi.  Biz  ularni  konfliktlar  deb 

ataymiz.  

Konflikt  har  bir  inson  hayotiga  aloqador  bo’lgan  o’ziga  xos  jarayon  bo’lib, 

hyech  bir  inson  o’zini  komil  ishonch  bilan  konflikt  vaziyatlardan  muhofaza 

qilinganman  deb  ayta  olmaydi.  Konfliktlar  inson  hayotining  ajralmas  qismi 

hisoblanadi,  chunki  har  bir  inson  o’z  hayoti  davomida  konfliktlar  bilan  to’qnash 



 

keladi. Konfliktlar tabiiy hodisa bo’lib, konflikt bilan to’g’ri munosabat o’rnatish 



inson tarbiyasi, uning shakllanishining zaruriy talablaridan biridir.  

Psixologik jihatdan  konfliktlarni  o’rganish   faqat  nazariy  emas, balki   juda  

muhim   amaliy  ahamiyatga  ham ega. Fanning  bu  sohasi  vaziyatlarda  yuzaga  

keluvchi        konfliktlarning    oldini    olishga,  ularni    hal    qilish    uchun        samarali   

choralarni  qo’llashga   yordam  beradi. 

Hayot  konfliktlarga  to’la.  Insonning  jamiyatdagi  yashash  tarzini  turli 

ziddiyatlarsiz tasavur etib bo’lmaydi. Turli nizo va ziddiyatlar bilan umr davomida

har  qanday  yoshda,  har  joyda,  har  qanday  vaziyatda  to’qnash  kelish  mumkin. 

Konfliktlar  uyda,  maktabda,  ko’chada,  o’quvchilar  orasida,  ota-onalar  va 

farzandlar,  xodim  va  uning  rahbariyati  orasida,  jamoa  a’zolari  o’rtasida  sodir 

bo’lishi mumkin. Konfliktlar, odatda, ko’p vaqt odamlar birga bo’ladigan hollarda, 

ya’ni ular uzoq muddat bir-birlari bilan psixologik va ruhiy muloqotda bo’ladigan 

holarda,  ular  ma’lum  muddat  o’zaro  birga  bo’lishga  majbur  bo’lgan  paytlarida 

ko’proq sodir bo’ladi.  

Bizning  konflikt  borasidagi  tasavvurimiz  uning  faqat  bir  tomoniga 

yo’naltirilgandir.  Biz  odatda  konfliktning  faqat  bir  qirrasini  ko’rishga 

o’rganganmiz. U ham bo’lsa, konfliktda odamlar ziddiyatga kirishib, o’zaro urush, 

nizo, janjallar chiqarishidir. Ammo har doim ham shunday bo’laveradimi?!  

Konfliktni  to’g’ri  hal  etilsa,  u  yaratuvchanlik  qudratiga  ega  bo’ladi.  Konflikt 

tomonlar  munosabatlarini  yanada  mustahamlashi,  ularni  yangi  mazmunda  qayta 

qurishi  mumkin.  Masalan,  o’zbeklar  “eru-xotinning  urushi,  doka  ro’molning 

qurishi” deb bejiz aytishmagan. Oilada er va xotin o’rtasidagi ziddiyatlar mavjud 

bo’lsa ham, ko’p hollarda umumiy manfaatlar ularning tez hal etilishi, manfaatlar 

asosida  tomonlar  uyg’unligi  vujudga  kelishini  isbotlaydi.  Demak,  konflikt 

vaziyatni  vujudga  keltiruvchi  turli  manfaatlarni  o’zaro  birlashtirish,  ularni 

muvofiqlashtirish imkoniyati tabiiy mavjud.  

Ziddiyatdan chiqib ketish uchun qilinadigan eng birinchi qadam har doim mana 

shu  ziddiyatni  keltirib  chiqargan  manfaatlarni  o’zaro  muvofiqlashtirish 

mumkinligiga  bo’lgan  ishonch  va  harakatdan  boshlanadi.  Manfaatlarni  o’zaro 



 

yaqinlashtirish  va  muvofiqlashtirish  ziddiyatni  yengishning  eshigini  ochishdir. 



Demak, konfliktning ikki tomoni mavjud. Konflikt kelib chiqqanidayoq, mana shu 

uning mavjud ikki tomoni ham vujudga keladi. Bir tomon - ziddiyatni kuchaytirish

ikkinchi  tomon  –  ziddiyatni  pasaytirish.  Bir  tomon  –  ziddiyatni  buzg’unchilikka 

olib  kelish,  ikkinchi    tomon  –  ziddiyatni  murosaga,  yaratuvchanlikka  va 

osoyishtalikka olib kelishdir. Konflikt faqat bir tomondan iborat bo’la olmaydi

Konfliktda, uning qanchalik murakkab bo’lishiga qaramay, har vaqt ikki tomon  – 




Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish