O‘zbekiston respublikasi oliy va


-mavzu. Korxonalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish



Download 7,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/631
Sana23.02.2022
Hajmi7,22 Mb.
#121665
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   631
Bog'liq
543388c55c7b1

18-mavzu. Korxonalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish 
Bozor munosabatining kamchiliklari. Bozor muvozanatining buzilish oqibatlari. 
Tashqi samara. Manfiy tashqi samara va musbat tashqi samara. Davlatni atrof-
muhitni muhofaza qilish siyosati. Ichki bozorni himoya qilish siyosati. Ijtimoiy 
ne‘mat. Asimmetrik axborotlarni tartibga solish. Bozorning davlat tomonidan 
boshqarilishi va uning zaruriyati. Bozor munosabatlarining davlat tomonidan 
boshqarilish qurollari. Soliqlar, subsidiyalar, subvensiyalar, imtiyozli kreditlar. 
Imtiyozli soliqlar. Bozor mexanizmiga davlatning aralashuvi me‘yori. 
 
3. 
 «MIKROIQTISODIYOT» FANI BO‗YICHA MA‘RUZA, 
SEMINAR VA AMALIY MASHG‗ULOTLARINING TA‘LIM 
TEXNOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISHNING KONSEPTUAL 
ASOSLARI 
O‗zbekiston milliy taraqqiyotning eng mas‘uliyatli bosqichi – ijtimoiy, siyosiy va 
iqtisodiy hayotning keskin burilish davrini boshidan kechirmoqda. Jamiyatimiz har bir 
fuqarosi XXI asri ibtidosida, ortda qolgan yillarni sarhisob qilish va kelajak hayotning turli 
jabhalari rejasini belgilab olish muammosiga duch kelishi ijtimoiy fan olimlari zimmasiga 
katta vazifalarni yuklaydi. Bu borada Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti 
professor-o‗qituvchilari o‗quv fanlari buyicha yaxlit ta‘lim texnologiyalarini 
loyihalashtirish va amalga oshirish ishlarini keng qamrovli olib bormoqdalar.
Hozirgi davrda ilmiy-texnika taraqqiyoti ta‘limni takomillashtirish masalalarini ilgari 
surmoqda. «Ta‘lim xalq ma‘naviyatiga yaratuvchilik kayfiyatini baxsh etadi. O‗sib kelayotgan 
yosh avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‗ladi. Kasb-kori, mahorati 
uzluksiz takomillashadi, kata avlodning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‗tadi», - 
deya ta‘kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov o‗zining «O‗zbekiston o‗z istiqlol va taraqqiyot 
yo‗lida» nomli asarida. Bugungi kunda oldimizda jahon fani va madaniyatining eng ilg‗or 
yutuqlarini o‗zida mujassamlashtirilgan, inson aql-zakovati yaratgan boyliklardan bahramand 
bo‗lgan yangi avlodni shakllantirish vazifasi turibdi. Faqat shu asosdagina millatning taraqqiyot sari 
intilishini ta‘minlovchi intellektual kuchni vujudga keltirish mumkin. 
Inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi respublikada amalga 
oshirilayotgan o‗zgartirishlarning bosh maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir.
Mamlakatning o‗ziga xos mentalitetini hisobga olgan holda O‗zbekiston tanlab olgan 
o‗z rivojlanish modeli shunga olib keldiki, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma‘naviy 
hayotning taraqqiy etgan mamlakatlarda umume‘tirof etilgan tamoyillari hamda me‘yorlari 
xukmron va muqarrar xususiyat kasb etib, ular respublikaning nafaqat hozirgi holatini, balki 
uning taraqqiyotini belgilaydi. 
Zamonaviy iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish asosida kadrlar 
tayyorlashning takomillashgan tizimini yaratish mamlakatni taraqqiy ettirishning eng muhim sharti 
hisoblanadi. Tizimning amal qilinishi kadrlarning istiqbolga mo‗ljallangan vazifalarni hisobga olish 
va hal etish qobiliyatiga, yuksak umumiy va kasbiy madaniyatiga ijodiy va ijtimoiy faollikka, 
ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda yo‗nalish ola bilish mahoratiga ega bo‗lgan yangi 
avlodni shakllantirishni ta‘minlaydi.


18 
Prezidentimiz tomonidan ilmiy asoslab berilgan ta‘lim-tarbiya modelini amaliyotga 
tatbiq etish o‗quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog‗liqdir. Shu boisdan 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «O‗quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‗or pedagogik 
texnologiyalar bilan ta‘minlash» uning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan 
jiddiy vazifalardan biri sifatida belgilandi. 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ikkinchi bosqichi ta‘lim jarayonidagi sifat 
ko‗rsatkichlarini yaxshilash, ya‘ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga 
ega bo‗lgan mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu murakkab muammolarni yechimini topib 
ularni amalda keng qo‗llash oliy ta‘lim tizimi personali oldiga juda katta vazifalar belgilaydi. 
Bunda aniq vazifalar sifatida bevosita o‗quv jarayonini yaxshilash, o‗quv dasturlarini yanada 
takomillashtirish, o‗qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini amalga joriy qilish, 
texnik vositalaridan keng foydalanish va shu asosda masofadan o‗qitishni keng joriy qilishdan 
iboratdir.
Yurtimizda iqtisodiy ta‘limda o‗qitish texnologiyalari, avvalo, insonparvarlik tamoyiliga 
asoslangandir. Falsafa, pedagogika va psixologiyada ta‘kidlanganidek, bu yo‗nalishning asosiy 
farqli tomoni shundaki, bunda butun diqqat-e‘tibor talaba shaxsiga qaratiladi. Chunki, talaba – bu 
iqtisod sohasida bo‗lajak mutaxassis, u – shaxs. Shuning uchun ta‘lim jarayonidagi o‗qitish 
texnologiyalari talabaning o‗ziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda, mustaqil, faol 
bilish faoliyatini tashkil etishga qaratilgandir. Shundan kelib chiqqan holda, «Mikroiqtisodiyot» 
o‗quv fani bo‗yicha ta‘lim texnologiyalarini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual 
yondashuvlarni ko‗rsatib o‗tamiz: 

Download 7,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   631




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish