§14. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni normal eshituvchi bolalar jamoasiga uyg‘unlashtirish
Ma’lumki, alohida yordamga muhtoj bolalarning ta’lim olishdagi imkoniyatlari har xil bo‘ladi. Bu har xillik ularnn ing aqliy va jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklar darajalari hamda yoshga doir xususiyatlari bilan belgilanadi. Ushbu holat alohida yordamga muhtoj bolalarga maxsus yondashib ta’lim berish qanchalik o‘ziga xos, keng qamrovli va murakkab jarayy on ekanligini ko‘rsatsa, inklyuziv ta’lim esa, undan-da komm pleks yondashuvli, ijtimoiy yo‘nalgan hamda oila, mahalla, pedagogik jarayonga taalluqli mutasaddi tashkilotlar ishtiroki talab etiladigan jarayon ekanligiga tavsif beradi.
Alohida yordamga muhtoj bolalar qatorida eshitishii da muammosi bo‘lgan bolalar ham bor. Ularning sog‘lom tengqurlari bilan uyg‘unlashuvi murakkab kechadi. Ushbu murakkablik mazkur bolalar muloqot ko‘nikmalarining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Eshitmaydigan yoki zaif eshituu vchi bolalar o‘zlarini barcha sog‘ bolalar kabi jamiyatning to‘laqonli a’zolari sifatida his etishi, ijtimoiy hayot va mehnatt ga moslashishi ta’lim muassasasida, ta’lim jarayonida egallaa gan bilim, ko‘nikmasi va malakalariga bogliq. Odatda bunday bolalar, o‘z extiyoji va xohishlarini cheklangan imkoniyatlari darajasida deb o‘ylaydi va aksariyat holatlarda o‘z «olam»ida yashaydi. Natijada ular atrofdagi sog‘lom kishilar, tengqurr lari tomonidan iliq munosabat, yordam va kerakli e’tibor ko‘rsatilishidan ular uyaladi, tortinadi. Bunday vaziyatning oldini olish uchun imkoniyati cheklangan va sog‘lom bolal lar hamda jamoatchilik o‘rtasida o‘zaro munosabat, do‘stona muhit yaratilishi lozim.
● Zaif eshituvchi bolada inson uchun o‘ta zarur bo‘lgan analizator eshitish faoliyatining to‘liq emas, qisman buzz ilishi yuzaga kelgan.
● Ushbu me’yordan chetga chiqish nutqning mustaqil ravishh da biroz shakllanishigagina imkon beradi: bola atrofdagilar nutqini qanday eshitsa, shunday o‘zlashtiradi. Zaif eshituu vchi bolaning nutqi rivojlana olmasdan qolib, balki buzilii shi ham ana shundan.
● Masalan, lug‘at zahirasining kamligi bilan bir qaa torda, so‘zlarning boshqa ma’nolarda ko‘llanilishi, grammatik tizimning rivojlana olmasligi bilan bir qaa torda ular ma’nolarining noto‘g‘ri tushunishi kuzaa tiladi. Bunday yo‘l bilan nutqni egallashning o‘ta chekkalanganligi bolaning tushuncha va tasavvurlari (nutqning keyingi idroki hamda tushunilishi)da o‘zgacha aks etadi. Bularning barchasi bolaning bilish faoliyati rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi:taqqoslash, tahlil qilish, umm umlashtirish, diqqatni chetga tortishlar zaif eshituvchi boo lalarda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi.
Dunyoga kelgan har bir go‘dak yashash, tarbiya va ta’lim olish huquqiga egadir. Ushbu huquqqa ham sog‘lom, ham nogiron bolalar toifasidan sanaluvchi eshitishida muamm molar bo‘lgan bolalar ham egadirlar. Qayd etilgan fikr qator xalqaro va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan me’yoriy hamda huquqiy hujjatlarda o‘z ifodasini topgan. Maktabgaa cha davr – rivojlanishida eshitishida muammolari bo‘lgan bolalarni sog‘lom rivojlanayotgan bolalar jamoasiga samarali uyg‘unlashuvi uchun eng maqbul davr hisoblanadi.
Maktabgacha va ilk maktab yoshidagi eshitishida muamm molari bo‘lgan bolalarning inklyuziv ta’limini amalga oss hirishda oilaviy tarbiya katta ahamiyat kasb etishi, ularni barr cha sharoitlar yaratilgan umumta’lim muassasasiga joyy lash bilan kifoyalanib bo‘lmasligini ta’kidlashimiz lozim. Ota-onalar yoki bola tarbiyasi bilan shug‘ullanuvshilar, oila a’zolari zaif eshituvchi bolaning uyda bo‘lgan vaqtlarida inklyuziv ta’limda ishtirok etuvchi pedagog xodimlar ishining
78
79
3. Jarayonni kuzatish bosqichi.
Ushbu bosqichda:
● inklyuziv ta’limga tayyorlanayotgan bolaning aqliy va nutqiy rivojlanishi;
● inklyuziv ta’limga jalb etilgan bolaning sog‘lom tengqurlari orasida uyg‘un ta’lim olishi (jamoada o‘zini erkin va qulay tutishi, o‘quv materiallarni qabul qilishi va uzatishi, shu bilan birga bolaga bo‘lgan maxsus ta’limiy-rivojlantiruvchi jarayonning to‘laqonli amalga oshirilishi)kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |