So‘rab bilish metodi. U anketa (yozma so‘rab bilish shakk li) va intervyu (og‘zaki so‘rab bilish shakli)dan foydalanib o‘tkaziladi. Ommaviy mulohazalar olish uchun anketa yorr damida so‘rab bilish metodidan foydalaniladi. Uncha katta bo‘lmagan guruhdan axborot to‘plash zarur bo‘lgan hollarda odatda intervyu olish metodidan foydalaniladi. Buning mohii yati shundaki, tadqiqotchi bunday guruhda avvaldan tuzilgan savollar asosida yakka tartibda suhbat o‘tkazadi va javoblarni yozib oladi.
Ota-onalar va pedagoglar haqida so‘rab olish chog‘ida, qonuniyat va tendensiyalarni aniqlash maqsadida to‘plangan ma’lumotlar matematik tahlil etiladi. Mazkur metodlar verbal xarakterga ega bo‘lganligi sababli, maktabgacha yoshdagi zaif eshituvchi va eshitmaydigan bolalarga qo‘llash muayyan qiyinn chiliklarni tug‘diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |