§6. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni maxsus maktabgacha muassasalarga saralash
Maktabgacha yoshdagi bolalarni maxsus muassasalarga saralashga quyidagilarga e’tibor beriladi: maxsus bog‘chaga qabul qilinadigan bolalar maktabgacha tarbiya yoshidagi aqli zaif bo‘lishi: ijtimoiy va maishiy jihatdan bolalar jamoasiga oson kirishib ketadigan: tengdoshlar jamoasida xavfsiz zarur elementlar, bilimga ega bo‘lishlari, unga qaratilib so‘zlangan nutqni tushunishi va o‘zining nutqi bo‘lishi, shuningdek, soo matik jihatdan sog‘lom bo‘lishlari kerak.
Ma’lumki, bolaning psixik rivojlanishida asosiy rolni yashash sharoiti o‘ynaydi. Unga bog‘liq bolaning rivojlanishida bolalar jamoasi katta ahamiyatga ega. Jamoada, tengdoshlari bilan munosabat orqali bolaning bilim doirasi kengayadi, unu ing xarakteri va xulqi shakllanadi.
Ammo, bolalar jamoasining ta’siri bola psixik jamoada bo‘lsagina ta’sir qiladi.
Bizga ma’lumki, agar aqli zaif bola normal rivojlanayotgan tengdoshlari jamoasiga tuchib qolsa, unda o‘ziga ishonmass lik paydo bo‘ladi, atrofdagilarga befarq bo‘lib qoladi . Unn ing xarakteri va xulqida salbiy sifatlar paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, pedagogik tomondan maktabgacha tarbiya yoshii dagi aqli zaif bola nuqsoniga befarq qarash bu nuqsonlarning chuqurlashishiga olib keladi.
Maxsus bog‘chaga qabul qilinadigan bolalar maktabgacha tarbiya yoshida, ya’ni 2 yoshdan kichik emas – 6 yoshdan katta bo‘lishlari kerak emas.
Ma’lumki, aqli zaif bola rivojlanishida normal bola rivojlaa nishidagi bosqichlarni bosib o‘tadi. Bola o‘sa borishi bilan uning psixik funksiyalarida sifat o‘zgarishlari yuz beradi. Shuning uchun yasli yoshidagi aqli zaif bola – bog‘cha yoshidagi aqli zaif boladan, bog‘cha yoshidagi aqli zaif bola – maktab yoshii dagi aqli zaif boladan farq qiladi. Shu sababli qabul qilingan yosh davrlari aqli zaif bolalar uchun ham tegishli hisoblanadi. Aqli zaif bolaning hayoti – go‘daklik, yasli, bog‘cha, maktab
28
29
nihoyatda muhimdir. Chunki shaxsning psixik xususiyatlarinn ing tarkib topishini o‘z ichiga oladigan bir butun jarayonda har bir yosh bosqichi undan ilgarigi bosqichga chambarchas bog‘langan bo‘ladi. Kamol topib borishning bundan avvall gi har bir bosqichi bamisoli navbatdagi bosqich uchun baza yaratadi. Bolaning kamol topib borishining butun jarayonidagi xalqalardan biri bo‘ladi. Biror yosh davrda kamol topib boo rishning buzilishi navbatdagi davrga muqarrar sur’atda salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |