O‘zbekiston respublikasi oliy va


Sabzavot  va  meva  konservalarini  joylashtirish,  tamg‘alash  va  saqlash



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/147
Sana28.08.2021
Hajmi1,15 Mb.
#158242
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   147
Bog'liq
ozik-ovkat mahsulotlar ekspertizasi

Sabzavot  va  meva  konservalarini  joylashtirish,  tamg‘alash  va  saqlash. 
Konservalar sig‘imi har xil shisha yoki tunuka bankalarga solib saqlanadi. Bankaning 
korpusiga  konserva  mahsulotini  tavsiflaydigan  ma’lumotlar  yozilgan  yorliq 
elimlanadi.  Temir  bankalarning  tubi  va  qopqog‘iga  shartli  belgilar  (litografik  shifr) 
shtampovka qilinadi. 
 
Bu  belgilar    orqali  konserva  mahsulotlari  qaysi  davlatda,  qaysi  korxona 
tomonidan, qaysi yilda va oylarda ishlab chiqarilganligi haqidagi ma’lumotlarni olish 
mumkin. 
 
Keyinga yillarda xalq iste’mol tovarlarini tamg‘alashda shtrixli kodlashga katta 
e’tibor  berilmoqda.  Ana  shu  kodlar  orqali  ham  mahsulot  haqida  atroflicha 


 
40 
ma’lumotlar olish mumkin bo‘ladi. 
 
Meva  va  sabzavotlar  konservalarini  25  kg  og‘irlikda  yog‘och  va  kartondan 
yasalgan yashiklarga joylanadi. 
Meva-sabzavot konservalarini 0
0
S dan 20
0
S gacha bo‘lgan haroratlarda saqlash 
mumkin.  Lekin,  0
0
S  dan  past  haroratda  saqlaganda  konserva  bankasi  ichidagi 
mahsulot  muzlaydi,  natijada  mahsulotning  ta’m  ko‘rsatkichlari,  hidi  va 
konsistensiyasi  yomonlashadi.  20
0
S  dan  baland  haroratda  saqlanganda  ham 
konservaning hidi va ta’mi yomonlashadi. 
Sabzavot konservalarini saqlash uchun eng qulay harorat 0
0
S dan 15
0
S gacha, 
meva  konservalari  uchun  esa  0
0
S  dan  10
0
S  gacha  bo‘lgan  harorat  hisoblanadi.  Bu 
erda  havoning  nisbiy  namligi  75  %  dan  ortiq  bo‘lmasligi  kerak.  Ba’zi  bir  etli 
sharbatlar  0
0
S  dan  2
0
S  gacha  bo‘lgan  haroratda  saqlanadi,  chunki  bundan  boshqa 
haroratda ular rangini yo‘qotadi. Saqlaganda haroratning keskin o‘zgarishi maqsadga 
muvofiq emas. 
Meva-sabzavot  konservalarini  saqlaganda  har  xil  omillar  ta’sirida  ularda 
quyidagi  nuqsonlar  vujudga  keladi:  bombaj,  bankaning  ezilishi,  bankadan 
mahsulotning sizib chiqishi, bankaning zanglashi va boshqalar. 
Bombaj  –  bu  bankalar  qopqog‘ining  bo‘rtib  chiqishidir.  Bombajlar 
mikrobiologik,  kimyoviy va fizikoviy bombajlarga bo‘linadi. 
Mikrobiologik  bombaj  yaxshi  sterilizatsiya  qilinmagan  konservalarda  tirik 
qolgan  mikroorganizmlarning  rivojlanishi  sababli  vujudga  keladi.  Bunda  banka 
ichida  SO
2
,  N
2
,  NH
3
  va  boshqa  gazlar  to‘planishi  hisobiga  banka  bo‘rtib  chiqadi. 
Issiqlikka  bardoshligi  anaerob  bakteriyalar  ta’sirida  tarkibida  oltingugurt  bo‘lgan 
oqsillar  parchalanib  N
2
S  (vodord  sulfid)  gazini  hosil  qiladi.  Buning  natijasida 
mahsulotda  chirigan  narsaga  xos  hid  paydo  bo‘ladi.  Mikrobiologik  bombaj  ro‘y 
bergan konserva bankalarining ichki yuzasi qorayib qoladi. 
Kimyoviy  bombaj  esa  banka  devorlari  metali  bilan  mahsulotning  tarkibidagi 
kislotalarning  reaksiyasi  natijasida  vodorod  gazi  ajralishi  natijasida  vujudga  keladi. 
Ana shu vodorod gazi bankaning bo‘rtib chiqishiga sabab bo‘ladi. Kimyoviy bombaj 
asosan kislotaliligi yuqori bo‘lgan kompotlar va sharbatlarda tez-tez uchrab turadi. 
Fizikoviy bombaj konserva bankalariga keragidan ko‘proq miqdorda mahsulot 
joylanganda  yoki  banka  ichidagi  mahsulot  muzlab  hajmi  kengayishi  hisobiga  yuz 
beradi.  Fizikaviy  bombajga  uchragan  konserva  mahsulotlarini  iste’mol  qilish 
mumkin. 
Bombaj  belgilari  bor  konservalar  iste’molga  yaroqsiz  hisoblanadi,  bunday 
konservalar yo‘q qilib tashlanishi kerak. 

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish