Meva-rezavor meva marinadlari. Marinadlar olcha, olxo‘ri, olma, uzumdan
tayyorlanadi. Marinadlar tarkibida sirka kislotasining miqdoriga qarab ular kuchsiz
nordon (0,2-0,6%) va nordon (0,61-0,90%) marinadlarga bo‘linadi. SHuningdek,
saralangan, yuqori sifatli meva va rezavor mevalardan maxsus retseptura bo‘yicha
bolalarga mo‘ljallangan va parhezbop meva konservalari ham tayyorlanadi. Bu
mahsulotlarni olishda shakar o‘rniga ksilit va sorbitlar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |