Yorug'likning vazifalari
Yorug'lik – interyerni eng muhim tashkil etuvchilaridan biri hisoblanadi. Yorug'lik inson kayfiyatining turli holatini paydo qiladi. U kayfiyat g'amgin va sirli, sirli va yengillik beruvchi, uyg'otuvchi va sergak bo'lishi mumkin.
Interyer yorug'ligini loyihalashda quyidagi vazifalar birga yechiladi;
- funksional – xonada aniq ishni bajarish uchun kerak bo'lgan yorug'lik sathini ta'minlash;
- Me'moriy – interyerning badiiy ifodaliligini yaratish;
- iqtisodiy – yorug'likni, funksional va me'moriy talablarga asoslanib optimal, eng qulay variantini aniqlash.
Yorug'likning uchala vazifalari tomonini jamlaganda – utilitar, psixologik va estetik, interyerning yorug'lik me'morchiligi paydo bo'ladi.
Yorug'likdan badiiy maqsadda foydalanish yangilik emas. Rus klassisizmi me'morlari zallarga serxashamlik, bayram va fazoviylikni berish uchun qandillar va oynalardan yaxshi bilib foydalanishgan. Toshkentdagi Navoiy nomidagi opera va balet teatridagi har bir viloyatni bildiruvchi zallardagi naqshinkor qandillar va hokazolar. Zamonaviy interyerda yorug'likning ahamiyati shunchalik ustinki, ko'p hollarda interyer arxitekturasini idrok qilish yorug'lik bilan aniqlanadigan bo'lib qoldi.
Saroylar xarakteridagi muxtasham binolarda yorug'lik muhim me'moriy badiiy rolni bajaradi. Me'moriy ifodalikni yaratadi. (Syezdlar Saroyi Moskvada, Ukraina saroyi, Toshkentdagi xalqlar do'stligi saroyi va hokazolar).
Yig'ilishlar zali, konferensial zal va shunga o'xshash boshqa xonalarda me'moriy talablarga ega qurilish bilan bog'liq bo'lgan funksional talablar qo'shiladi.
Yorug'lik aksentini yaratish yordamida interyerda asosiy kompozisiya nuqtasini ajratib ko'rsatishi mumkin.
Interyerda yorug'lik yordamida tektonik masalalar yechiladi. Formalar aniqlanib olinadi, konstruksiyaning mohiyati, uning turg'un ishi ochiladi.
Nuqtali yoritgichlar yordamida yulduzli osmon illyuziyasi (aldanish) yaratiladi, shipni ko'rish yo'qotiladi va hokazolar.
Mavzu mazmun va formaning o'ziga xos bog'lovchisi hisoblanadi. Bu degani mavzuni, qarab chiqish g'oyaviy mazmunni ifodalovchi rasmiy vositalar bilan va aniq formada ko'ringan badiiy mazmun bilan ham bog'liq.
Me'morchilikda mavzu keng abstraktlik bilan tavsiflanadi. Mavzu bosh yo'llantiruvchi elementlarni aniqlashda, mavzuli va badiiy turli xil o'lchovga tushmaydigan va taqqoslab bo'lmaydigan sifatlarni bir xil yaxlitlikka bog'lashda va ularni badiiy obrazni shakllantirishda asos hisoblanadi.
Me'morchilikda mavzu vaqt davomida va makonda rivojlanadi. Ba'zi formalarni, makonni, ranglarni, materiallarni ritmli navbatlash yo'li bilan uning insonga ta'sirini ko'chaytiruvchi mavzu rivojlantiriladi. Interyerda mavzuni tanlash muallifga bog'liq emas. Obyektning mazmuni mavzuni tanlashda aniqlovchi hisoblanadi. Bu mazmunning rasmiy badiiy ifodalash butunlay me'morning g'oyasiga bog'liq.
Makonda ustunlar tizimi, har xil zallarning umumiy bir xil materialdan foydalanish, devorda, ichida, zinapoyalarda va hokazolar - hammasi mavzuning rivojlantirish usullari hisoblanadi.
Loyihalashda ijodiy g'oyani shakllantirish juda murakkab jarayon hisoblanadi. Misol uchun, aerovokzalning mavzusini tuzish uning sof utilitar funksiyasiga asoslanadi. Bu yerda asosiy bo'lib yo'lovchilarning kelishi va ketishi hisoblanadi. Makonda yo'lovchi, eng qisqa kommunikasiyalar (harakat, yo'l), axborotni tezkorlik bilan berish - bu talablarning hammasi me'moriy vositalar bilan yechilishi kerak.
Interyerni yaratishda aniqlovchi yo'nalishlar boshqa tashkil qiluvchilardan ham bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |