O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta


Usulning chiziqliligi va diapazoni (linearity u range)



Download 2,11 Mb.
bet29/107
Sana09.04.2022
Hajmi2,11 Mb.
#539986
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107
Bog'liq
dvf-ktu

Usulning chiziqliligi va diapazoni (linearity u range). Usulning chiziqliligi namunalardagi tahlil qilinayotgan modda konsentratsiyasiga to‗g‗ri proporsional bo‗lgan qiymatlar bera olish qobiliyatidan iborat. Usulning diapazoni esa tahlil qilinayotgan moddani tegishli to‗g‗rilik, aniqlik va chiziqlikda aniqlay olishning quyi va yuqori konsentratsiyalari oralig‗idir. Bu tavsiflar tegishli diapazondagi konsentratsiyalarga ega bo‗lgan modda namunalarini ushbu usul yordamida tahlil qilish orqali aniqlanib, agar moddaning konsentratsiyasi va olingan natija orasidagi nisbat chiziqli bo‗lsa,
standartlash kalibrlangan grafik yordamida ta‘minlanadi.
Usulning tanlanganligi (selectivity) – yoki o‗ziga xosligi tahlil namunasidagi boshqa komponentlar ta‘siridan xoli ravishda tahlil qilinayotgan moddani aniqlay olish qobiliyatidir. Boshqa komponentlar texnologik aralashmalar, moddaning parchalanish mahsulotlari, tahlil qilinishi lozim bo‗lgan moddadan boshqa ingradientlar bo‗lishi mumkin. Tanlanganlikning mavjudligi yoki mavjud emasligi tegishli miqdordagi boshqa komponentlar qo‗shib va qo‗shmasdan olingan natijalarni o‗zgarish birligi bilan baxolanadi. Boshqa komponentlar ma‘lum va ular bor bo‗lgan taqdirda, namunani berilgan tahlil usuli yordamida tahlil qilish orqali olingan natijalarni tahliliga xalaqt berishi mumkin bo‗lgan moddalarni qo‗shmasdan tayyorlangan model namuna tahlili natijalari bilan solishtirib tanlanganlik aniqlanadi. Qo‗shimcha komponentlar
identifikatsiyalanmagan yoki ularni topish qiyin bo‗lgan xollarda esa namunaga qo‗shimchani toza aniqlanuvchi moddani ajratib olib tanlanganlik o‗lchanadi.
Tanlanganlik tekshiriluvchi namunadagi va dori shaklidagi dori moddani identifikatsiyalash yot aralashmalarni va miqdorini aniqlashda qo‗llaniladigan usullarni validatsiya qilinganda aniqlanadi.
Usulning sezgirligi (sensitivity) – konsentratsiyadagi eng kichik o‗zgarishlarni xam qayd eta olish qobiliyati bo‗lib, kalibrlangan grafikdagi og‗ish demakdir. Usulning sezgirligi moddaning chinligini aniqlash chegarasi va miqdorini aniqlash chegarasi bilan ifodalanadi. Moddaning chinligini aniqlash chegarasi (Limit of detection) – tahlil qilinayotgan moddani indentifikatsiyalash mumkin bo‗lgan miqdoridan iborat bo‗lib, aniqlash talab etilayotgan tajriba sharoitida olib boriladi. Bu miqdoriy chegara namunadagi aniqlanuvchi moddaning konsentratsiyasi bilan (masalan mkg/l. larda) ifodalanadi. Aniqlash uskuna yordamida olib borilsa fondagi xalaqit beruvchi omillarni (signal-shum) xam e‘tiborga olish lozim. Moddaning chinligi aniqlanganda uning aniqlash chegarasi foizlarda yoki grammning millionadan bir ulushlarida rrm ifodalanishi xam mumkin. Nouskunaviy usullarda moddani aniqlash chegarasi vizual usul bilan aniqlansa, uskunaviy usullarda esa tahlil qilinayotgan moddani qayd etish mumkin bo‗lgan eng kichik konsentratsiya belgilanadi. Bunda moddaning analitik signali bilan fon signalining nisbati 2:1 yoki 3:1 bo‗lishi kerak. Uskunaviy usullar uchun moddani aniqlash chegarasi standart chetlanish qiymati va kalibrlangan grafikdagi og‗ish burchagi bilan belgilanadi.

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish