4.1.1-jadval Har yili o„tkazilgan “Innovatsion g„oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkalarining samaradorligi to„g„risida”gi ma‟lumot
Yarmarkalar
|
Namoyish etilgan ishlanmalar soni
|
Tuzilgan
shartnomalar soni
|
SHartnomalarning
moliyaviy hajmi (mln so„m)
|
I yarmarka, 2008yil
|
605
|
202
|
9141,8
|
II yarmarka, 2009yil
|
504
|
324
|
15597,0
|
III yarmarka, 2010yil
|
502
|
389
|
7979,38
|
IV yarmarka, 2011yil
|
387
|
329
|
7779,38
|
V yarmarka, 2012yil
|
554
|
322
|
11689,1
|
VI yarmarka, 2013yil
|
527
|
407
|
16348,0
|
VII yarmarka, 2014yil
|
389
|
356
|
18564,0
|
VIII yarmarka, 2015yil
|
428
|
766
|
24461,1
|
IX yarmarka, 2016yil
|
476
|
944
|
30732,7
|
X yarmarka, 2017yil
|
404
|
459
|
34631,7
|
Jami:
|
4776
|
4498
|
176924,16
|
4.1.1-jadvaldan ko‗rishimiz mumkinki, 2008yilda tashkil etilgan birinchi yarmarkada 605 ta ishlanma namoyishlar etilgan. Lekin shartnomalar 202 ta ya‘ni kam tuzilgan, bunga sabab hali mamlakatimizda innovatsiyalar kirib kelmaganligi hamda ishlab chiqarish bilan ilmfanning o‗zaro integratsiyabo‗lmaganligidadir. 2017yilga tahlil qilsak 404ta ishlar namoyish etilgan bo‗lib, shundan 459 ta shartnoma imzolangan.Umumiy so‗mmasi 34631,7 mln. so‗mni tashkil etgan. 2016yilga nisbatan solishtirsak 476 ta ishlanma namoyish etilgan bo‗lib 1,17 barobarga ortgan. Shartnomalar esa 944 ta bo‗lib, 2,05 martaga o‗sganligini ko‗rishimiz mumkin. Lekin ularning so‗mmasi 2017yilga nisbatan 11,3 % ga kamaygan.
2015-2017 yillarda davlat ilmiy-texnik dasturlarini ishtirok etgan ilmiy xodimlar dinamikasidan quyidagilarni ko‗rishimiz mumkin. Tibbiyot
sohasida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida amaliy tibbiyotga yurak kasalliklari, yuqumli kasalliklar, nafas olish organlari va o‗pka kasalliklarini tashhislash va davolashning yuzdan ortiq yangi usullari joriy etildi. Sil, virusli gepatit va ichak infeksiyalarini davolash, tashhislash, oldini olishning yangi usullari ishlab chiqildi (4.1.2-jadval).
4.1.2-jadval
2015-2017 yillarda davlat ilmiy-texnika dasturlarining ijrosida ishtirok etgan ilmiy xodimlar soni
|
|
2015-yil
|
2016-yil
|
2017-yil
|
|
Fan doktorlari
|
2111
|
2242
|
1863
|
|
Falsafa doktorlari (fan nomzodlari)
|
8360
|
8200
|
6337
|
|
Darajasizlar
|
9364
|
9571
|
7822
|
|
Jami
|
19835
|
20013
|
16022
|
2017yilda davlat ilmiy-texnik dasturlarida jami 16022 nafar olim va mutaxassis, jumladan, 47 nafar akademiklar, 1863 nafar fan doktorlari, 6337 nafar fan nomzodlari, 7822 nafar ilmiy darajasi yo‗q xodimlar faoliyat olib borgan. 2017 yilda 2016yilga nisbatan davlat ilmiy-texnik dasturlarida fan doktorlari 17 foizga, fan nomzodlari 22.8% foizga, ilmiy darajasi yo‗q xodimlar 18,3% ga kamayganligini ko‗rishimiz mumkin.
2017 yilga kelib davlat ilmiy-texnik dasturlarida ishtirokchilar soni o‗tgan yillarga biroz pasayganligini ko‗rish mumkin. Bunga sabab, 2017yilda 2016 yilga nisbatan mablag‗ kam ajratilganligi va loyihalarning hozirda dolzarbligi bo‗yicha soni emas sifatiga zarurligiga qarab mablag‗ ajratilganligi bilan izohlashimiz mumkin bo‗ladi.
2015-2017 yillarda davlat ilmiy-texnika dasturlarida ishtirokchilarning vazirlik va idoralar bo‗yicha taqsimlanishi keltirilgan. Agar tahlil qiladigan bo‗lsak 2015yilda ishtirokchilar soni 19835ni tashkil etgan, shulardan 7359 ta ishtirokchi Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi huzuridagi ta‘lim muassasalariga to‗g‗ri kelgan. 2016yilda esa ishtirokchilar soni 20013 tani tashkil etib 2015yilga nisbatan 0.9% ga o‗sgan bo‗lib eng ko‗p 7520 ta ishtirokchilar Oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi huzuridagi muassasalardir (4.1.3-jadval).
4.1.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |