YAkuniy baho uch komponentni hisobga olgan holda chiqariladigan, son
ko‘rsatkichi bo‘lmaganda, harakat texnikasi, ta’alluqli bo‘lgan nazariy
materiallarni bilishi aniqlanadi, sof va raqs mashqlari, akrobatika, sport
o‘yinlarining texnikasi va taktikasi.
Baholanishda ob’ektivlik prinsipiga qat’iyan rioya qilish talab etiladi,
ya’ni bahoni materialni qanday o‘zlashtirib olganligiga qarab umumiy talablar
asosida qo‘yish kerak. Qo‘yiladigan baho butun sinf oldida e’lon qilinib, nima
uchun shunday ball, nima uchun baho oshirilgan, pasaytirilgan tushuntirib
berilishi kerak.
57
CHorak davomida har bir o‘quvchi 4-5 odil baho olsa maqsadga muvofiq
bo‘lib, chorak bahosi shular asosida chiqariladi.
Yillik baho choraklardagi olgan baholari asosida chiqariladi, agar
o‘quvchi bir xil bo‘lim materiali bo‘yicha oxirgi tibbiy tayyorlov guruhida
kiritilgan o‘quvchilarning ulguruvchanligi umumiy asosda aniqlanadi, biroq,
ularni salomatligiga to‘g‘ri kelmaydigan mashqlar talab me’yorlariga
kiritilmaydi. O‘quvchiga bog‘liq bo‘lmagan son ko‘rsatishlarini bajarilmasligi,
jismoniy rivojlanishni noproporsionalligi uzoq muddat darsni qoldirishi ijobiy
taxminiy baholarda harakat texnikasi uchun va bilimlarni o‘zlashtirib olishi,
yakuniy bahoni pasaytirish uchun sabab bo‘la olmaydi.
O‘quvchilar jismoniy tarbiyasi bo‘yicha amaliy ishlar shuni ko‘rsatadiki,
ya’ni ularga qo‘yilgan talablarni hamma bir xilda bajaravermaydi.
To‘liq o‘rganuvchilikka erishishga intilib, o‘qituvchi dastur talablarini
muvaffaqiyatli xal etishishda nimalar xalaqit berayotganligi sababini aniqlash
lozim. Ulardan ko‘p uchraydigani quyidagilardan iborat;
1.O‘quvchilar harakat tajribasini etishmasligi. Ma’lumki har bir mashqqa
o‘rgatishning muvaffaqiyatli harakat va harakat faoliyatining arsenalligiga
bog‘liq.
2. Jismoniy rivojlanish darajasining pastligi. Har qanday harakatni
o‘rganish uchun kuch, bukuluvchanlik, tezlik va chidamlilik qo‘rquvni engib
o‘tishi zarur bo‘ldi;
3. Aqliy rivojlanishda qoloqligi.
Maxsus ilmiy qidiruv natijalari shuni ko‘rsatadiki, aqliy rivojlanishdagi
qoloqlik, jismoniy mashqlarni o‘zlashtirib olish jarayonini tormozlaydi.
4. Iroda sifatlarii etarli darajada rivojlanmaganligi. O‘quv dasturini
o‘zlashtirib olishlik- bu jiddiy jismoniy va aqliy mehnat. U qat’iyatlilikni, talab
etadi, noxushlik, ayyorlikni engib o‘tishni talab etadi. Jismoniy mashqlarni
bajarish «o‘lik nuqtani» engishda, chidam talabi bilan bog‘liq. Qator hollarda
qo‘rquvni engib o‘tish zarur bo‘ladi.
58
5. Shug‘ullanuvchilarning faollik darajasini pastligi. Bu 13-14 yoshdagi
bolalar va bo‘sh o‘zlashtiruvchilar uchun xarakteridir.
Bolalarni baholab borib, har bir o‘qituvchi o‘quvchilarni kelgusi o‘sishi
xaqida g‘amxo‘rlik qilishi kerak. Jismoniy tarbiya dasrlari ko‘p tasnifga ega
ulardan har bir ularni klassifikatsiyasini, tasnifi asosiga tushishi mumkin. Biz
amaliy tarzda tez-tez uchrab turadigan maktab darsini xilma xilligini ko‘rib
chiqamiz. Hamma darslar, o‘zining mazmunidan kelib chiqib, ikkita katta
guruhga bo‘linishi mumkin: predmetli darslar va kompleks darslar. Predmetli
darslarni asosiy qismining mazmunida dastur bo‘limini biror bir bo‘limidan
engil atletika, gimnastika o‘quv materiali kiritiladi. Bunday darslar ayniqsa
yuqori sinflarda o‘tkaziladi. Ularni o‘tish metodikasi sport turiga ta’alluqli
bo‘lgan mashqlanish mashg‘ulotlariga yaqinlashtiradi.
Quyi va yuqori sinflarda predmetli darslar faqat suzishda o‘tkaziladi,
chunki bu bo‘lim materiali boqa bo‘lim materiali bilan kirishmaydi. Shuning
uchun chang‘i tayyorgarligi va suzish darslari alohida o‘tkaziladi. Kompleksli
dasrlar bir darsga dasturni boshqa bo‘limlardan kiritish imkonini beradi. Lekin
bir dars har xil mashqlarni birlashtirish rasmiy xarakterga ega bo‘lmaydi,
aksincha qat’iy qoidaga javob berishi kerak. Kompleks, aralash darslarni tashkil
etish qiyin, lekin ular hayajonli, bolalar organizmiga har tomonlama ta’sir etadi,
asosiysi zaruriy elementlarni butun yil davomida yoddan chiqarmaydi, ularni
yuqori darajada bajarish imkonini beradi. Kompleksli darslar xatto kichik va
o‘rta maktab yoshdagi bolalar bilan ishlaganda ham qo‘llaniladi. Predmetli va
kompleksli darslar hal etiladigan masalalarni afzalligiga bog‘liq bo‘lgan holda
o‘quv mashqlarini, nazorat va aralashga bo‘linadi. O‘quv dasrlarida asosiy
diqqat mashqlarni to‘g‘ri bajarilishiga qaratiladi. O‘qituvchi, xatolarni topib,
ularni to‘g‘rilash choralarni ko‘radi, jarohatlanishdan himoyalashni ta’minlaydi
va bolalarni o‘z-o‘zini jarohatlanishdan himoyalash qilishga o‘rgatadi.
Bularning hammasi darsning tashkiliy va uslubiyotda iz qoldiradi. Bu erda
o‘zaro o‘rganish keng qo‘llaniladi va nazariy ma’lumotlar e’lon qilinadi, xamda
o‘quvchilarni faolligini oshirish uchun xilma-xil usullar qo‘llaniladi.
59
Mashqlanish darslari o‘rganilganlarni takomillashtirish va jismoniy
sifatlarni tarbiyalashda ancha afzallikka ega. Bu erda asosan o‘quvchilar
faoliyatlarini tashkil etishda guruhli usuldan foydalaniladi. Bunday darslarda
jismoniy yuklarni xajmi va unumdorligi ortadi. Ko‘pgina darslar tabiiy sharoitda
o‘tiladi. O‘qituvchi xilma-xil vaziyatlarni vujudga keltiradi, natijada
mashg‘ulotga qiziquvchanlik ortadi. Nazariy darslar o‘rganilayotgan mashqlarni
qanday o‘zlashtirilayotganligi, jismoniy sifatlarni vujudga kelishi jarayonini hal
etadi. Shuning bilan birga dastlab va yakuniy mashqlanishni jismoniy rivojlanish
va o‘quvchilarni jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida
o‘tkaziladi. Bir vaqtda nazorat darslari katta o‘rganuvchi va mashqlanish
samarasini beradi. Ma’lumki, jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun organizmga
yuqori talablarni qo‘yish zarur bo‘ladi, ya’ni mashqlarni charchash darajasiga
etkazib bajarish talab etiladi. Bunday sharoitda nazorat darslari jarayonida
yaratiladi. Ko‘pincha nazorat darslarida ba’zi bir o‘quvchilar o‘quv darsiga
qaraganda ko‘proq narsani o‘zlashtirib oladilar. Bunga mashg‘ulotdagi o‘zaro
yordam ruhi ma’lum darajada ijobiy ta’sir etadi.
Jismoniy tarbiya amaliyotida ko‘pincha o‘quv, nazorat yoki mashqlanish
darslari kam uchraydi. Har bir mashg‘ulotda o‘rgatish, nazorat va mashqlanish
elementlari mavjud bo‘ladi. Shuning uchun doimo yodda tutish kerakki, har bir
aniq belgilangan dars ostida o‘rganish, mashqlantirish yoki nazorat vazifalarini
hal etish yotadi. Quyi sinflarda asosan o‘quv darslari mashg‘ulotning umumiy
sonidan 70-80 yaqinini tashkil etadi, o‘rta sinflarda 60 foizga yaqin, katta
sinflarda 25-30 foiz. Ko‘rinib turibdiki o‘quvchilarning yoshi ortib borgan sari
o‘quv darslarining umumiy soati pasayadi, mashqlanish darslarini umumiy
salmog‘i 10-11 sinflarda 60 foizga etadi. Agar darslarda har xil vazifalar bir xil
maromda hal etilsa bu holda bunday darslarni aralash yoki murakkab deb
ataladi. Bunday toifadagi darslar tez-tez hamma sinflarda uchrab turadi, maktab
materiallarini o‘zlashtirib olish uchun qulay sharoit yaratiladi.
60
Xulosa
Bitiruv malaka ishda jismoniy tarbiya darslarini sog‘lomlashtirish, jismoniy
rivojlantirish hamda jismoniy harakatlarga o‘rgatish jarayonlari tahlil etildi.
Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya tadbirlari ertalabki
badantarbiya, katta tanaffusdagi o‘yinlar, darslardagi fizkult daqiqalar, sport
to‘garaklari mashg‘ulotlari, kun tartibidagi jismoniy tarbiya tadbirlari, sport
musobaqalari va bayramlardan iborat bo‘ladi.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari samarali tashkil etilishi uchun barcha
shug‘ullanuvchilar mashg‘ulot jarayoniga jalb etilishi kerak. Buning uchun
murabbiylar o‘quvchilar bilan guruh usulida, oqim usulida, navbat bilan, frantal
usulida xamda yakkama-yakka individual usulida yondashib mashg‘ulotlar olib
borishi kerak.
Jismoniy tarbiya darslari jismoniy mashqlarga o‘rgatish bilan birga harakat
malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishni ta’minlaydi. Jismoniy tarbiya darslari
tuzilishiga muvofiq tayyorlov, asosiy va yakuniy qismlardan iborat bo‘ladi.
Tayyorlov qismida shug‘ullanuvchilar umumrivojlantiruvchi mashqlar bilan
darsning asosiy qismiga tayyorgarlik ko‘radi.
Asosiy qismda dars mavzusi bo‘lgan o‘quv materiali texnik va taktik
jihatdan o‘rganiladi, rivojlantiriladi va takomillashtiriladi. Yakuniy qismda
harakatli o‘yinlar yoki nafas olish mashqlari bilan darsga yakun yasaladi. Uyga
vazifalar berilib faol o‘quvchi talabalar baholanadi.
Jismoniy tarbiya darslari turlarga bo‘linadi. Kirish va o‘rgatish darslarida
jismoniy mashqlar va harakatlar texnikasi o‘rgatiladi. Rivojlantirish va
takomillashtirish darslarida bu mashqlar va harakatlar rivojlantirilib,
takomillashtirilib boriladi.
Nazorat darslarida egallangan jismoniy mashqlar va harakatlar nazorat
qilinib baholanadi. Aralash darslarda bir mashqning texnikasi o‘rgatilsa, ba’zi
mashqlar texnikasi rivojlantirilib yoki takomillashtirilib boriladi.
61
Jismoniy tarbiya darslari jismoniy tarbiya dasturi asosida ishlab chiqilgan
dars rejalari bo‘yicha olib boriladi. Har bir darsda dars konspektlari qayd etilgan
bo‘lishi kerak.
Jismoniy
tarbiya
darslarida
o‘quvchilarga
tushadigan
jismoniy
yuklamalarni doim me’yorlab, o‘zgartirib turish kerak. Bu bilan dars zichligi
ortib, o‘quvchilar jismoniy rivojlanishi ta’minlanadi.
Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarga tushadigan yuklamlarni bolalarni
muntazam jismoniy harakat qilishlarini ta’minlab amalga oshirish mumkin.
Shuningdek dars davomida bajariladigan jismoniy mashqlarni bolalarni jismoniy
rivojlanish darajalari, shaxsiy qiziqishlari hamda jismoniy qobiliyatlariga
muvofiq tanlash kerak.
Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarni shaxsiy xususiyatlariga muvofiq
individual yondoshish ularni darsga bo‘lgan qiziqishlarini ortiradi, jismoniy
mashqlari va harakatlarni mustaqil bajara olish malaka va ko‘nikmalari
shakllanadi, organizmini jismoniy rivojlanishlari ta’minlanadi.
Jismoniy tarbiya darslarini to‘g‘ri tashkil etish va barcha o‘quvchilarni
harakatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bilan bolalarni sog‘lomlashtirish va
jismoniy rivojlantirish vazifalari to‘liq amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |