GlOSSARIY
3.GLOSSARIY:
AGGLYUTINATIV TILLAR. So‘z yasalishi va shakl yasalishi agglyutinatsiya yo‘li bilan bo‘ladigan tillar. Mas, turkiy tillar, fin-ugor tillari.
AGGLYUTINATSIYA. (lot. agglutinare–yopishtirmoq). 1. So‘z yasalish yoki shakl yasalish asosi o‘zgarmagan holda yangi so‘z yoki so‘z shakli hosil bo‘lishi). Bunda har bir affiks ma’lum bir ma’no, vazifa bilan qatnashadi. Mas, turkiy tillarda jumladan, o‘zbek tilida yasama so‘zlar va so‘z shakllari asosga ma’lum izchillik bilan affikslar qo‘shish orqali hosil qilinadi va bu affikslarning har biri o‘z ma’nosi bilan qatnashadi: ter-im-chi-lar-imiz-ga. 2. Ikki so‘z (asos)ning bir so‘zga, bir so‘z shakliga aylanishidan iborat morfologik jarayon. Mas, echkini emar>echki emar > echkemar.
Do'stlaringiz bilan baham: |