AMALIY TILSHUNOSLIK. Tilshunoslikning lingvistik masalalarni (mas, mashina tarjimasi) hal etishni hisobga olgan holda amaliy yo‘l bilan o‘rganuvchi sohalari (eksperimental fonetika, leksikografiya, lingvostatistika kabi).
AMORF TILLAR. (yun. amorphos– shaklsiz, shaklga ega bo‘lmagan). Affikslarga ega bo‘lmagan, so‘zlar orasidagi grammatik aloqalar bitishuv yo‘li bilan yoki yordamchi so‘zlar vositasida ifodalanadigan tillar. Mas, xitoy tili.
AN’ANAVIY TILSHUNOSLIK. Tilshunoslikdagi faqat til qismlari va tuzilishining ichki munosabatlarini, bog‘liqliklarini yoritish bilan birga til va tafakkurning o‘zaro munosabati, tilning jamiyat bilan, shu tilda so‘zlashuvchi jamoa bilan aloqasi kabi masalalarni o‘rganishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan yo‘nalishlar. Bu yo‘nalishlarga strukturalizm o‘zini qarama-qarshi qo‘yadi.
AREAL. (lot. arealis
Do'stlaringiz bilan baham: |