SINTETIK TILLAR. (yun. synthetikos--biriktirilgan, qo‘shilgan). Grammatik ma’nolar (gapda so‘zlarning o‘zaro munosabati) shakl yasovchi affikslar vositasida ifodalanadigan tillar. Mas, rus va nemis tillari sintetik tillar jumlasidandir.
SOTSIOLINGVISTIKA. (lot. soci(etas) – jamiyat+lingvistika). Tilshunoslikning tilning ijtimoiy yashashi va ijtimoiy taraqqiyot sharoitlarini o‘rganuvchi sohasi.
SOTSIOLEKT. Ijtimoiy dialekt.
STRUKTURALIZM. (log. structura – tuzilish, qurilish). Tilshunoslikda til komponentlarining ichki muiosabatlarini, o‘zaro bog‘liqligini, tilning tuzilish tomonini yoritish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan yo‘nalish. Strukturalizmning asosii yo‘nalishlari quyidagilar: 1) Praga lingvistik maktabi 2) Amerika strukturalizmi; 3) Kopengagen maktabi; 4) London lingvistik maktabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |