O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

E. Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda  
ozodlikdan mahrum qilish 
(Jinoyat kodeksining 138-moddasi) 
 
Тahlil  etilayotgan  jinoyatning  obyekti  jabrlanuvchining  shaxsiy  ozodligi  hisoblanadi.  Jinoyatning 
obyektiv  tomoni  zo‘rlik  ishlatib,  g‘ayriqonuniy  ravishda  shaxsni  harakat  qilish  erkinligidan  mahrum  etish, 
jabrlanuvchiga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo‘rlik ishlatish (odamni uning xohish-irodasiga qarshi ma’lum 
bir joyda majburan ushlab turish maqsadida jabrlanuvchini ayblab qo‘yish, unga uyqu dorisini berish, odamni 
aldash yo‘li bilan o‘zi kirishni istamagan xonaga olib kirish va h.k.lar) uning qayerda bo‘lishini erkin tanlash 
huquqini cheklash kabi xatti-harakatlarni sodir etishda ifodalanadi. 
G‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilishning qancha davom etganligi qilmishni mazkur modda 
bo‘yicha kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatga ega emas. Jabrlanuvchi ozodlikdan mahrum qilingan paytdan 
e’tiboran jinoyat tugallangan, deb hisoblanadi.  
Ushbu jinoyat subyektiv tomondan to‘g‘ri qasd bilan tamagirlik niyatida sodir etilishi bilan ajralib turadi, 
aybdor  jabrlanuvchini  qonunga  xilof  ravishda  ozodlikdan  mahrum  etayotganligini  biladi  va  shuni  istaydi. 
Jinoyatning sodir etilish motivi va undan ko‘zlangan maqsad jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir qilmaydi. 
Ushbu  jinoyatning  subyekti  16  yoshga  to‘lgan,  aqli  raso  jismoniy  shaxslar  bo‘lishi  mumkin.  Mazkur 
jinoyatni sodir etgan mansabdor shaxslar ish holatlaridan kelib chiqib, hokimiyat yoki mansab vakolatlarini 
suiiste’mol qilganlik uchun) Jinoyat kodeksining 205-moddasi); hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan 
chetga  chiqqanlik  uchun  (Jinoyat  kodeksining  206-moddasi)  yoki  odil  sudlovga  qarshi  jinoyatlar,  masalan, 
qonunga xilof ravishda ushlab turganlik yoki qamoqda ushlaganlik uchun (Jinoyat kodeksining 234-moddasi) 
javobgarlikka tortiladilar. 
Jabrlanuvchiga jismoniy azob berilishi yoxud jabrlanuvchining hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli sharoitda 
saqlanishi  Jinoyat  kodeksining  138-moddasi,  2-qismida  nazarda  tutilgan  jinoyatlarning  zaruriy  belgilari 
hisoblanadi.  Jismoniy  azob  berish  deganda,  odamning  suv  va  ovqat  bermay  saqlanishi,  uning  noqulay 
vaziyatda  uzoq  vaqt    turishini  tushunish  zarur.  Hayot  yoki  sog‘liq  uchun  xavfli  sharoit  deganda,  odamning 
uzoq  vaqt  sovuq  xonada  yoki  aksincha,  juda  ko‘p  vaqt  issiq  xonada  saqlanishi,  uzoq  vaqt  suv,  ovqat 
berilmasligi,  ya’ni  jabrlanuvchining  hayoti  va  sog‘lig‘iga  jiddiy  zarar  yetish  xavfi  vujudga  kelgan  hollarni 
tushunish lozim. 
 


F. Тuhmat 
(Jinoyat kodeksining 139-moddasi) 
 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasiga muvofiq, «har kim o‘z sha’ni va obro‘siga 
qilingan tajovuzlardan himoyalanish huquqiga ega»dir. 
O‘rganilayotgan  jinoyat  uch  qismdan  iborat.  Тuhmatning  obyekti  shaxsning  sha’ni  va  qadr-qimmati 
hisoblanadi.  
Sha’n  —  ichki  axloqiy  qadr-qimmat,  halollik,  olijanoblik,  vijdoniylik,  umuman  olganda  sha’n  – 
insonning ma’naviy va ijtimoiy fazilatlarini belgilovchi tushuncha. 
Insonning  qadr-qimmati  deganda,  dunyoqarashining  darajasi,  aql-zakovati,  turmush  tarzi  va  h.k.lar  kabi 
insonning  obyektiv  jihatlaridan  tavsiflovchi  ijobiy  sifatlar  yig‘indisini  tushunish  zarur.  Obyektiv  tomondan 
tuhmat  yolg‘onligini  bila  turib,  boshqa  shaxsni  sharmanda  qiladigan  uydirmalarni  tarqatishda  ifodalanadi. 
Shaxsni Jinoyat kodeksining 139-moddasi bilan javobgarlikka tortish uchun uydirmalar, masalan, shaxsning 
tanosil kasalligi borligi, qizning bokira emasligi yoxud shaxsning ruhiy xasta ekanligi haqidagi uydirmalar va 
h.k. dalillarga asoslangan (aniq), o‘tmishga yoki hozirgi kunga aloqador bo‘lishi lozim. Aniq dalillarga ishora 
qilinmagan, umumiy ma’lumotlarni oshkor etish tuhmat hisoblanmaydi. 
Yolg‘onligini  bila  turib  boshqa  shaxsni  sharmanda  qiladigan  uydirmalarni  tarqatish  deganda,  ularning 
hech  bo‘lmaganda  bir  shaxsga  ma’lum  qilinishini  tushunish  zarur.  Uydirmalarni  tarqatish  usuli  har  xil, 
masalan, og‘zaki, yozma, biror tasvir ko‘rinishidagi lavha va h.k. bo‘lishi mumkin. 
Uydirmalarning  sharmanda  qiladigan  yoki  qilmaydigan  mazmunda  ekanligi  haqidagi  masala, 
jabrlanuvchining  subyektiv  bahosidan  qat’iy  nazar,  sud  tomonidan  hal  qilinadi.  Basharti,  aybdor  boshqa 
shaxs haqida uni sharmanda qiluvchi, ammo haqiqatga to‘g‘ri keladigan ma’lumotlarni tarqatgan bo‘lsa, uni 
tuhmatda  ayblab,  javobgarlikka  tortib  bo‘lmaydi.  Jinoyat  yolg‘onligi  oldindan  ayon  bo‘lgan  ma’lumotlar 
tarqatilgan paytdan boshlab tugallangan, deb hisoblanadi. 
Subyektiv  tomondan  tuhmat  to‘g‘ri  qasd  bilan  sodir  etiladi.  Ma’lumotlarning  yolg‘onligi  xususida 
haqiqatan ham adashganlik tuhmat uchun javobgarlikka tortishni istisno etadi. Aybdorning o‘zi tarqatayotgan 
uydirmalarning  yolg‘on  ekanligini  oldindan  bilganligi  jinoyatni  139-modda  bilan  kvalifikatsiya  qilishning 
zaruriy sharti hisoblanadi. 
Bu  jinoyatning  subyekti  16  yoshga  to‘lgan  har  qanday  shaxs  bo‘lishi  mumkin.  Agarda,  tuhmat  nashr 
qilingan yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali tarqatilgan 
bo‘lsa,  Jinoyat  kodeksining  139-moddasida  nazarda  tutilgan  jinoyatni  sodir  etgan  shaxsning  qilmishi  shu 
moddaning 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. 
Nashr  qilish  yoki  boshqacha  usulda  ko‘paytirilgan  matnni  tarqatish  yoxud  ommaviy  axborot  vositalari 
orqali  tuhmat  qilish  deganda,  kitoblarda,  gazeta  va  jurnallarda,  varaqalarda  yoki  boshqa  asarlarda  radio, 
televideniye, video orqali yolg‘on ma’lumotlar tarqatilishini tushunish lozim. 
Тuhmat: a) og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatni sodir etishda ayblab; b) yoxud og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga 
sabab  bo‘lgan  holda;  d)  xavfli  retsidivist  tomonidan;  e)  g‘arazgo‘ylik  yoki  boshqa  past  niyatlarda  qilingan 
bo‘lsa, aybdor ushbu moddaning 3-qismi bo‘yicha javobgarlikka tortiladi. 
Og‘ir  jinoyatlar  qasddan  sodir  etilib  va  qonunda  besh  yildan  ko‘p,  ammo  o‘n  yildan  ortiq  bo‘lmagan 
muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan jinoyatlar kiradi. O‘ta og‘ir jinoyatlarga qasddan 
sodir  etilib  va  qonunda  o‘n  yildan  ortiq  muddatga  ozodlikdan  mahrum  qilish  yoki  o‘lim  jazosi  nazarda 
tutilgan jinoyatlar kiradi. 
Тuhmatning og‘ir oqibatlari deganda, tuhmat qilingan odamning o‘z joniga qasd qilishi, ruhiy xastalikka 
chalinishi va h.k.ni tushunish lozim. Тuhmat yolg‘onligini bila turib, boshqa shaxsni sharmanda qiladigan va 
jabrlanuvchiga  aloqador,  aniq  dalillarga  asoslangan  uydirmalarni  tarqatishdek  zaruriy  belgisi  bilan  haqorat 
qilishdan farq qiladi. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish