O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

I. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan  
uyatsiz-buzuq harakatlar qilish 
(Jinoyat kodeksining 129-moddasi) 
 
Jinoyat  kodeksining  129-moddasi  ikki  qismdan  iborat  bo‘lib,  (Jinoyat  kodeksining  129-moddasi,  1-
qismi)da  nazarda  tutilgan  jinoyatning  obyektiv  tomoni  shaxsning  o‘n  olti  yoshga  to‘lmaganligi  aybdorga 
ayon bo‘lgan holda unga nisbatan zo‘rlik ishlatmay, uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etishda ifodalanadi.  
Uyatsiz-buzuq  harakatlar  deganda,  o‘n  olti  yoshga  to‘lmagan  shaxslar  ko‘zi  oldida  jinsiy  organlarni 
yalang‘ochlash, jinsiy  aloqa  qilish  yoki  jinsiy  ehtiyojni  g‘ayritabiiy  usulda  qondirish,  ularni jinsiy  aloqalar 
qilishga o‘rgatish, behayo filmlarni, tasvirlarni namoyish etish, behayo adabiyotlarni o‘qish va h.k.lar, ya’ni 
jinsiy hayotga nosog‘lom va erta qiziqish uyg‘otuvchi har qanday jinsiy xatti-harakatlarning sodir etilishini 
tushunmoq kerak. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy 
usulda  qondirish  hollari  bundan  mustasno  bo‘lib,  bunday  qilmish  Jinoyat  kodeksining  128-moddasiga 
muvofiq jazolanadi.  
Uyatsiz-buzuq  harakatlar  shahvoniy  xususiyatga  ega  bo‘lib,  odatda  aybdorning  jinsiy  ehtiyojini 
qondirishiga yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarda jinsiy aloqaga qiziqish uyg‘otishga qaratilgan bo‘ladi.  
Jinoyat  uyatsiz-buzuq  harakat  sodir  etilgan  paytdan  e’tiboran  tugallangan  hisoblanadi.  Jinoyatni 
kvalifikatsiya qilish uchun aybdorning o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsning axloqini buzishdek, maqsadiga 
erishgan yoki erisha olmaganligi ahamiyatga ega emas. Subyektiv tomondan jinoyat to‘g‘ri qasd  bilan sodir 
etiladi.  
Aybdorning  qilmishini  Jinoyat  kodeksining  129-moddasi  bilan  kvalifikatsiya  qilish  uchun  jabrlanuvchi 
qiz  (o‘g‘il)  bolaning  o‘n  olti  yoshga  to‘lmaganligi  aybdorga  oldindan  ayon  bo‘lganligini  aniqlash  zarur. 
Agarda,  u  jabrlanuvchining  yoshiga  nisbatan  haqiqatan  ham  adashgan  yoki  jabrlanuvchining  yoshi  o‘n 
oltidan  oshganligiga  ishongan  bo‘lsa,  qilmish  Jinoyat  kodeksining  129-moddasi  bilan  kvalifikatsiya 
qilinmaydi.  Ammo  aybdorning  uyatsiz-buzuq  harakatlarni sodir etishi  natijasida, jabrlanuvchining  badaniga 
shikast  yetkazilgan,  tanosil  yoki  OIТS  kasalliklari  yuqtirilgan  bo‘lsa,  qilmish  Jinoyat  kodeksining  129-
moddasi va Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyatlarning jami bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. 
Mazkur jinoyatning subyekti har ikki jinsdagi, o‘n olti yoshga to‘lgan, aqli raso shaxs bo‘lishi mumkin. 
Uyatsiz-buzuq  harakatlar  qilish  vaqtida  aybdor  jabrlanuvchiga  zo‘rlik  ishlatgan  yoki  qo‘rqitgan  bo‘lsa,  u 
Jinoyat kodeksining 129-moddasi, 2-qismi bilan javobgarlikka tortiladi.  
Jinoyat  kodeksining  129-moddasi,  2-qismi  mohiyatidan  kelib  chiqib,  zo‘rlik  ishlatish  deganda, 
jabrlanuvchining  mushtlanishini,  kaltaklanishini,  uning  badaniga  yengil  yoki  o‘rtacha  og‘ir  shikast 
yetkazilishini  tushunish  zarur.  Jabrlanuvchining  badaniga  og‘ir  shikast  yetkazilgan  hollarda  aybdorning 
qilmishi  jinoyatlar  jami  bo‘yicha  (Jinoyat  kodeksining  129  va  104-moddasi  bilan)  kvalifikatsiya  qilinishi 
lozim.  
Uyatsiz-buzuq  harakatlarni  qilish  vaqtida  aybdor  jinsiy  aloqa  qilish  yoki  jinsiy  ehtiyojini  g‘ayritabiiy 
usulda qondirish maqsadida zo‘rlik ishlatgan, qo‘rqitgan yoki jabrlanuvchining ojizlik holatidan foydalangan, 
ammo  o‘z  xohish-irodasiga  bog‘liq  bo‘lmagan  sabablarga  ko‘ra,  maqsadiga  erisha  olmagan  bo‘lsa,  uning 
qilmishi o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tajovuz qilishga suiqasd sifatida Jinoyat kodeksining 
25-moddasi  va  118-moddasi,  3-qismi  bilan  yoxud  jinsiy  ehtiyojni  g‘ayritabiiy  usulda  qondirishga  tajovuz 
sifatida Jinoyat kodeksining 25-moddasi va 119-moddaning 3-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish