O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/90
Sana18.07.2021
Hajmi1,14 Mb.
#122142
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   90
Bog'liq
jinoyat huquqi (1)

B. Mulkni qo‘riqlashga vijdonsiz munosabatda bo‘lish 
(Jinoyat kodeksining 172-moddasi) 
 
Mazkur jinoyatning obyekti mansabdor bo‘lmagan shaxsga ishonib topshirilgan yoki uning muhofazasida 
turgan  o‘zganing  mulkidir.  Bu  qilmish  obyektiv  tomondan:  shaxsning  mulkni  qo‘riqlashga  vijdonsiz 
munosabatda bo‘lishi natijasida mulkning talon-taroj qilinishi, unga shikast yetkazilishida yoki uning nobud 
bo‘lishi  sababli  mulk  egasiga  ko‘p  miqdorda  zarar  yetkazilishiga  sabab  bo‘lishida  va  bu  qilmishda 
mansabdorlik jinoyatlarining alomatlari yo‘qligida ifodalanadi. 
Ko‘pincha  bu  jinoyat  shaxsning  mulkni  qo‘riqlash  bo‘yicha  o‘z  vazifalarini  bajarmasligi  yoki  lozim 
darajada bajarmasligida ifodalanib, buning natijasida mulkning talon-taroj qilinishi, unga shikast yetkazilishi 
yoki nobud bo‘lishi tufayli yuz beradi. 
Mulkning mansabdor bo‘lmagan shaxs muhofazasida turishi yoki saqlash uchun shunday shaxsga ishonib 
topshirilishi,  shuningdek,  shaxs  mulkni  qo‘riqlash  bo‘yicha  o‘z  vazifalarini  bajarmagani  yoxud  nomaqbul 


bajarganligi ushbu jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgisi hisoblanadi. Va nihoyat, qilmishni 172-modda 
bilan kvalifikatsiya qilish uchun ko‘p miqdordagi mulk talon-taroj qilinishi, shikast yetkazilishi yoki nobud 
qilinishi tarzidagi oqibatlarning ro‘y berganligi zarurdir.  
Shaxsning harakatlarini tahlil qilinayotgan modda bo‘yicha kvalifikatsiya qilish uchun shaxsning mulkni 
qo‘riqlash  yuzasidan  o‘z  majburiyatlarini  bajarishga  vijdonsiz  munosabatda  bo‘lishi  va  uning  talon-taroj 
qilinishi,  ko‘p  miqdorda  zarar  yetkazilishi  natijasida  unga  shikast  yetkazilishi  yoki  uning  nobud  qilinishi 
o‘rtasidagi  sababiy  bog‘lanish  mavjudligini  aniqlash  zarur.  Agar  sababiy  bog‘lanish  bo‘lmasa,  shaxsni 
Jinoyat kodeksining 173-moddasi bo‘yicha javobgar qilib bo‘lmaydi.  
O‘zganing mulkini qo‘riqlash vazifasini bajaruvchi shaxsga zo‘rlik ishlatilgan yoki yengib bo‘lmas kuch 
(yong‘in,  toshqin,  zilzila,  tabiiy  ofat  va  h.k.)  ta’siri  ostiga  tushib  qolgan  va  shu  munosabat  bilan  mulkni 
qo‘riqlash  yuzasidan  o‘z  vazifalarini  lozim  darajada  bajara  olmagan  hollarda  zarar  yetkazilganligi  uchun 
uning javobgar bo‘lishi mumkin emas.  
Subyektiv tomondan jinoyat – jinoiy beparvolik yoki jinoiy o‘z-o‘ziga ishonish tarzidagi ehtiyotsizlikdan 
sodir  etiladi.  Jinoyatning  subyekti  16  yoshga  to‘lgan,  mulkni  qo‘riqlash  vazifalarini  bajarayotgan  shaxs 
hisoblanadi.  
Mansabdor  shaxs  mulkni  muhofaza  qilish  bo‘yicha  o‘z  vazifalariga  loqaydlik  yoki  vijdonsizlarcha 
munosabatda  bo‘lib,  ularni  bajarmasligi  yoki  lozim  darajada  bajarmasligi  natijasida  ko‘p  miqdorda  zarar 
yetkazilgan  bo‘lsa,  ish  holatlariga  qarab  uning  qilmishi  Jinoyat  kodeksining  207-moddasi  (mansabga 
sovuqqonlik  bilan  qarash)  yoki  Jinoyat  kodeksining  208-moddasi  (hokimiyat  harakatsizligi),  deb 
kvalifikatsiya qilinadi. 
 
D. Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish 
(Jinoyat kodeksining 173-moddasi) 
 
Jinoyatning  obyekti  o‘zganing  mulkidir.  Ushbu  jinoyat  obyekti  ko‘pincha  bu  ko‘chmas  mulk  (binolar, 
inshootlar) bo‘lishi mumkin. Obyektiv tomondan jinoyat o‘zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga 
ancha miqdorda zarar yetkazishda ifodalanadi.  
O‘zganing  mulkini  nobud  qilish  deganda,  mulkning  to‘la  yaroqsiz  holga  keltirilishi,  ya’ni  mulkning 
butunlay yaroqsiz holga keltirilishi va uni qaytadan tiklash va foydalanish imkoniyati bo‘lmasligi (portlatib 
yuborilishi,  suv  bostirilishi,  yoqib  yuborilishi,  buzib  tashlanishi)  tushuniladi.  Mulk  nobud  qilinganida  uni 
ta’mirlash, ehtiyot qismlardan foydalanish va h.k. yo‘llar bilan mulkni qayta tiklash imkoniyati bo‘lmaydi.  
Mulkka  zarar  yetkazish  deganda,  unga  jinoyatkorona  munosabat  natijasida  mulkning  xo‘jalik 
maqsadlarida  foydalanish  xususiyatlarini  vaqtincha  yoki  qisman  yo‘qotishi,  ammo  uni  tiklab  bo‘lishi  va 
undan kelajakda foydalanish mumkinligi tushuniladi. Bu jinoyat oqibatida mulkdorga ancha miqdorda, ya’ni 
eng kam oylik ish haqining o‘ttiz barobaridan yuz barobarigacha bo‘lgan miqdorda zarar yetkazilgan bo‘lishi 
kerak.  
Mulkni  qasddan  nobud  qilganligi  yoki  unga  zarar  yetkazganligi  uchun  shaxsni  jinoiy  javobgarlikka 
tortishda  sodir  etilgan  harakat  va  ko‘rilgan  zarar  o‘rtasidagi  sababiy  bog‘liqlikning  mavjudligini  aniqlash 
zarur.  Mulkni  qasddan  nobud  qilish  yoki  unga  zarar  yetkazish  mulk  nobud  qilingan  yoki  unga  zarar 
yetkazilgan paytdan e’tiboran tamom bo‘lgan jinoyat, deb hisoblanadi.  
Subyektiv  tomondan  jinoyat:  to‘g‘ri  qasd  bilan  sodir  etiladi.  Uni  kvalifikatsiya  qilish  uchun  jinoyatni 
sodir  etish  motivi  va  maqsadining  ahamiyati  yo‘q.  Jinoyatning  subyekti  16  yoshga  to‘lgan  shaxs  bo‘lishi 
mumkin. 
Agar mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish: 
 
a) millatlararo yoki irqiy adovat yoxud diniy taassublar zamirida
b) atrofdagilar uchun xavfli usulda
d) ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa, aybdorning qilmishlari Jinoyat kodeksining 
173-moddasi, 2-qismi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi.  
 


Mazkur  jinoyat  uchun  jazoni  og‘irlashtiruvchi  holat  –  millatlararo  yoki  irqiy  adovat  yoxud  diniy 
taassublar zamirida sodir etilishi qasddan odam o‘ldirish qilmishi tahlil etilganida ko‘rib chiqilgan edi, shu 
sababdan unga yana to‘xtalishni lozim topmadik.  
Jinoyatni atrofdagilar uchun xavfli usulda sodir etish deganda, mol-mulkni nobud qilish yoki unga zarar 
yetkazishga qaratilgan harakatlar (mulkni portlatish, suv bostirish va h.k. usullarni qo‘llash) natijasida, katta 
tabiiy ofat va vayronalik yuz berishi xavfini keltirib chiqarish natijasida ko‘pchilikning sog‘lig‘i uchun xavfli 
holatning  vujudga  kelishi  tushuniladi.  Aks  holda,  aybdorning  mulkni  nobud  qilish  yoki  unga  zarar 
yetkazishga qaratilgan harakatlari atrofdagilar uchun xavfli usulda sodir etilgan, deb topilishi mumkin emas. 
Masalan, jinoyatchi ovloq joyda jabrlanuvchining mashinasini yondirib yuboradi va bunda atrofdagilar uchun 
xavfni vujudga keltirmaydi. 
Jinoyat kodeksining 173-moddasi, 3-qismida: 
 
a)  xizmat  yoki  fuqarolik  burchini  bajarishi  munosabati  bilan  shaxsning  yoki  uning  yaqin 
qarindoshlarining mulkiga nisbatan; 
b) uyushgan guruh va uning manfaatlarini ko‘zlab mulkni nobud qilganlik yoki zarar yetkazganlik uchun 
javobgarlik nazarda tutiladi. 
 
Bu  holatlar  O‘zbekiston  Respublikasining  1999-yil  20-avgustda  qabul  qilingan  Qonuni  bilan  Jinoyat 
kodeksining  173-moddasi: «Yetkazilgan  moddiy  zarar  uch  karra  miqdorida  qoplangan  taqdirda,  ozodlikdan 
mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi», degan 4-qism bilan to‘ldirildi. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish