Jinoyat huquqi va sud tibbiyoti fanlari tomonidan badanga yetkaziladigan shikastlarning og‘irlik
darajasini aniqlash mezonlari ishlab chiqilgan. Ular jumlasiga:
1) shikastlarning hayot uchun
xavfliligi;
2) sog‘liqqa
yetkazilgan haqiqiy ziyon;
3) mehnat qobiliyatini yo‘qotish
darajasi;
4) estetik mezonlar kiradi.
Bu mezonlar Jinoyat kodeksi normalari va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
tomonidan tasdiqlangan «Badanga yetkazilgan shikastlarning og‘irlik darajasini sud-tibbiy yo‘l bilan aniqlash
qoidalari»da o‘z ifodasini topgan.
Hayot uchun xavfli shikastlar deganda, jinoyatchi tomonidan sodir etilayotgan paytida jabrlanuvchining
hayoti uchun xavf tug‘diruvchi shikastlarni yetkazish tushuniladi, bunday shikastlarga tibbiy yordam
ko‘rsatilmasa, jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan shikastlar kiradi.
Sog‘liqqa real (haqiqiy) zarar yetkazish shaxsning sog‘lig‘iga turlicha shikast yetkazish yoki sog‘liqning
muayyan muddatga izdan chiqishida ifodalanadi.
Mehnat qobiliyatini yo‘qotish darajasi foizlarda aniqlanadi va yetkazilgan shikast mehnat qobiliyatining
qisman yoki butunlay yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi.
Badanni tuzalmaydigan qilib xunuklashtirib yuborishda namoyon bo‘ladigan
estetik mezon o‘ziga xos
xususiyatga ega. Bunda yetkazilgan shikast natijasida jabrlanuvchi badanining xunuklashganligi uning ruhan
ezilishiga olib keladi. Shikastning og‘irligi oqibat natijada, avvalo, jabrlanuvchining badani xunuklashgani
sababli bo‘ladigan ruhan ezilishlari bilan bog‘liqdir.
Badanga yetkaziladigan shikastlarning og‘irlik darajasini aniqlash uchun «Qoidalar»da ikki asosiy
mezon:
tibbiy (
anatomik) va
iqtisodiy mezonlar qo‘llanilgan.
Тibbiy mezon badanga yetkaziladigan barcha turdagi shikastlarni sodir etilgan paytida jabrlanuvchining
hayoti uchun xavfliligi nuqtayi nazaridan tavsiflaydi, to‘qimalar yoki inson a’zolari funksiyalarining buzilishi
darajasi va
xususiyatini, yetkazilgan shikastning davomiyligi va organizmga ta’sirini aniqlaydi.
Iqtisodiy mezon jabrlanuvchi mehnat qobiliyatini yo‘qotilishining foizlarda ifodalangan darajasini
hisobga olgan holda badanga yetkazilgan shikastni tavsiflaydi.
Badanga shikast yetkazish, Jinoyat kodeksining 104-moddasida nazarda tutilgan alomatlardan loaqal
bittasi mavjud bo‘lsa, og‘ir, deb topiladi.
Badanga hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir shikast yetkazish. Bu badanga shikast yetkazishning eng ko‘p
tarqalgan turlaridan biridir. Bunday shikastlar, odatda, o‘lim bilan tugaydi yoki jabrlanuvchining hayotiga
bevosita xavf tug‘diradi.
Biron-bir oqibat yuz berishidan qat’iy nazar, hayot uchun xavfli shikast yetkazilgan paytdan jinoyat
tugallangan hisoblanadi va jinoiy javobgarlik vujudga keladi. Yetkazilgan shikastning nima bilan tugashi
jinoyatning kvalifikatsiyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. «Badanga yetkazilgan shikastlarning og‘irlik darajasini
aniqlash qoidalari»da badanga yetkaziladigan hayot uchun xavfli shikastlarning to‘la ro‘yxati berilgan.
Badanga yetkazilgan hayot uchun xavfli shikastlarni kvalifikatsiya qilish uchun bunday jinoyatlar
subyektiv tomonining eng muhim belgilarini e’tiborga olish lozim. Bunday shikastlar yetkazilishining o‘zi
(ayniqsa, ko‘krak qafasi, qorin, bosh suyagiga hayot uchun xavfli jarohat yetkazish) shundan dalolat beradiki,
jinoyatchining jabrlanuvchiga, nafaqat, og‘ir jarohat yetkazilishi, balki uning o‘lishi mumkinligiga ko‘zi
yetadi. Badanga hayot uchun xavfli bo‘lgan shikast yetkazishni odam o‘ldirishga suiqasd qilishdan farqlash
zarur.
Aybdor badanga hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir shikast yetkazayotganida jabrlanuvchini o‘ldirib
qo‘yishi mumkinligini, nafaqat, anglagan va shunday bo‘lishi ehtimoli borligini faraz qilgandagina emas,
balki shunday oqibatlar yuz berishini xohlagan, ya’ni boshqa odamni o‘ldirishga qaratilgan to‘g‘ri qasd bilan
harakat qilgandagina uning qilmishi qasddan odam o‘ldirish, deb kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Тo‘g‘ri qasd odam o‘ldirishga qaratilmagan bo‘lsa, qasddan badanga hayot uchun xavfli bo‘lgan shikast
yetkazish sifatida Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 1-qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Sodir etilgan
qilmishni badanga hayot uchun xavfli shikast yetkazish, deb to‘g‘ri kvalifikatsiya qilish uchun jinoyatning