Yong‟in xavfi bo‟yicha xonalarning toifalanishi.
– chaqnash harorati 45oS dan yuqori bo‘lgan yonuvchi suyuqliklar ishlatiladigan yoki saqlanadigan xonalar .
– havoda uchib yurish holatiga o‘tadigan yonuvchi chang yoki tolalar ajralib chiqadigan xonalar. Bu yerda paydo bo‘ladigan havf, chang yoki tolaning fizik xossalariga binoan, yoki ish sharoitida ular konsentrasiyasining portlash xavfi tug‘dirish darajasida yetarli bo‘lmasligi yong‘in (portlash bilan emas) bilan chegaralanadi.
P-IIa – yuqorigi P-II klassiga xos xususiyatlardan mustasno bo‘lgan, qattiq yoki tolali yonuvchi moddalar saqlanadigan yoki ishlatiladigan ishlab chiqarish va ombor xonalari.
– bug‘larning chaqnash harorati 45oS dan yuqori bo‘lgan yonuvchi suyuqliklar hamda yonuvchi qattiq moddalar ishlatiladigan yoki saqlanadigan tashqi uskunalar.
Yong‟in haqida xabar berish va aloqa vositalari
Yong‘in boshlanishi haqida o‘z vaqtida xabar berish, uni tarqalib ketmasidan tezda o‘chirishga va juda katta talafotlarni oldini olishga imkon beradi. Yong‘in boshlanganligi haqidagi xabar yong‘inni dastlab ko‘rgan kishi tomonidan yoki avtomatik ravishda xabar beruvchi tomonidan yong‘indan muhofaza qilish punktiga hamda sexning ko‘ngilli o‘t o‘chirish komandasiga xabar qilinishi kerak.
Avtomatik ravishda xabar beruvchi uskunalar samaraliroqdir, chunki ularning datchiklari yong‘in chiqishi mumkin bo‘lgan xavfli joylarga o‘rnatiladi.
Yong‘in xaqida baqirib, tovush signallari berib, sirena, gudok berib, metall parchasini urib, telefon, rasiya va avtomatik signal beruvchilardan ham foydalanib xabar beriladi.
Yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan korxonalar tuman yoki shaxar o‘t o‘chirish komandalari bilan bevosita telefon aloqasi bilan bog‘lanadi. Yigiruv fabrikalari ham, ayniqsa titish-savash sexlari shunday aloqa vositalariga ega.
Sexlarga o‘rnatilgan xabar beruvchi vositalarning bir nechtasi aloqa tarmog‘iga ketma-ket ulanishi mumkin. Bunday sistema shleyf sistemasi deyiladi. Parallel ulangan holda har bir moslama qabul stansiyasi bilan ikkita sim orqali ulanadi. Bunday sistema ―nur‖ sistemasi deyiladi. Har bir nurga ketma-ket holda uchtagacha xabar beruvchi vosita ulash mumkin. Aloqaning ―shleyf‖ sistemasi yirik sanoat korxonalarida qo‘llaniladi.
Yong‘in haqida habar beruvchi asboblar tugmali va avtomatik ravishda ishlaydigan turlarga bo‘linadi.
Hozirgi paytda tugmali ya‘ni, odam ishga tushiradigan, xabar beruvchilarning qo‘yidagi RV-54, RV-86, RV-86S kabi zamonaviy turlari mavjud.
RV-54 turidagi tugmali xabar beruvchi asbob 54x54x32 mm o‘lchamli ko‘lrang tusli bo‘lib, 0,3 A tok bilan 12VDC/24VBC ko‘chlanishda ishlaydi.
RV-86 va RV-86S tugmali xabar beruvchi asboblar 86x86x32 mm o‘lchamda oq rangli bo‘lib, ular ham 0,3A tok bilan12VDC/24VBC kuchlanishda ishlaydi.
Avtomatik xabar beruvchi asboblarning ish prinsipiga qarab, yorug‘lik nuri, tutun, harorat ta‘sirida ishlaydigan va kombinasiyalashgan turlari bor. Ular yong‘in paytida ajralib chiqayotgan yorug‘lik energiyasini, tutun tufayli o‘zgaradigan yorug‘lik kuchini hamda harorat o‘zgarishlarini elektr signallariga aylantirib, simlar orqali qabul punktlariga yong‘in chiqqan joy haqida habar beradilar, yoki bu signallar aftomatik ravishda o‘t o‘chirish vositalarini ishga tushirib yuboradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |