Yong‟inga qarshi kurash choralari
Ishlab chiqarishda bo‘ladigan yong‘inlarning kelib chiqish sabablarini ikki hilga bo‘lish mumkin.
Ishlab chiqarish texnologik jarayonidan alanga manbaini chiqarib tashlab bo‘lmaydigan va sexlarda yonuvchi yoki portlovchi moddalar yig‘ilib qolgan holat.
Masalan: pardozlash fabrikalarining matoni tukini kuydirish jarayoni yoqori haroratda ishlaydi, ya‘ni kuydiruvchi yuza cho‘g‘lanib turganda 100 m/min tezlikda mato o‘tkaziladi. Mashinaning harakatdagi qismlaridan birortasi to‘xtab qolsa yoki mato ozgina bo‘lsada to‘planib qolsa darhol alangalanib yong‘in chiqishi mumkin.
ishlab chiqarish texnologik jarayonidan yonuvchi yoki portlovchi moddalarni chiqarib tashlab bo‘lmaydigan va alanga manbaini qo‘llashga yo‘l qo‘yilgan holat. Masalan: hom ashyo va tayyor maxsulot omborlarida, titish savash sexlarida va matolar ko‘p miqdorda tuplanishi tabiiy. Lekin bu xonalarda ma‘lum extiyot choralari ko‘rilmasdan ochiq alanga manbai ishlatilsa yong‘in chiqishi mumkin.
To‘qimachilik korxonalari uchun xarakterli bo‘lgan yong‘inlarning sabablarni quydagicha tasniflash mumkin:
texnologik jarayonning buzilishi;
hom ashyo va tayyor maxsulotlarni saqlash qoidalarining buzilishi; mashina va apparatlarning texnik foydalanish qoidalarining buzilishi;
mashina va apparatlarning aspirasiya hamda changli havoni tozalash sistemalarining qoniqarsiz ishlashi;
elektr uskunalarini noto‘g‘ri o‘rnatilganligi va noto‘g‘ri ishlashi;
ishlab chiqarish sexlarida va korxona hududida o‘tirgan changlarni tozalash ishlari qoniqarsiz tashkil etilishi;
ishlab chiqarish sexlarida va korxona xovlilarida alanga bilan bog‘liq ishlarni noto‘g‘ri olib borish; o‘t o‘chirish va xabar berish vositalarining texnik jihatdan qoniqarsiz ahvoldaligi;
korxona ishchi va xizmatchilarining hamda ko‘ngilli o‘t o‘chirish komandalarining tayyorgarligi qoniqarsiz ekanligi.
Ishlab chiqarish korxonalarini yong‟in xavfi bo‟yicha tasniflash
Korxonalarining yong‘in xavfi bo‘yicha tasnifi ularni loyihalash, rekonstruksiya va ekspluatasiya qilish jarayonida katta ahamiyat kasb etadi va o‘tga chidamlilik darajasini, quvvatlari sonini, binolar orasidagi masofani to‘g‘ri tanlashda muhim rol o‘ynaydi. Korxonaning yong‘in xavfi bo‘yicha tasnifiga, binoning o‘tga chidamlilik darajasiga va hajmiga qarab ichki va tashqi vodoprovod sistemasiga kerakli suvning sarfini, isitish sistemasi, ventilyator va havoni mo‘tadillash, suv ta‘minoti, yoritish, elektr uskunalari va o‘t o‘chirish vositalari turlarini tanlash mumkin.
Barcha ishlab chiqarish korxonalarida texnologik jarayonlarini portlash va yong‘in xavfi bo‘yicha 5 toifaga bo‘linadi (A, B, V, G va D).
Ishlab chiqarishning ―A‖ va ―B‖ toifalari portlash va yong‘in xavfi mavjud korxonalardir. To‘qimachilik korxonalarida kimyoviy tolalar va ular bilan tabiiy tolalar changi aralashgan sexlar, yonuvchi va moylovchi moddalar saqlanadigan omborlar, chaqnash harorati 28oS va undan yuqori bo‘lgan suyuqliklar ishlatiladigan sexlar kiradi.
Ishlab chiqarishning ―V‖ toifasiga faqat yong‘in xavfi mavjud korxonalar kiradi. Ular ―A‖ va ―B‖ toifalarida uchramaydigan yonuvchi suyuqlik, chang va tolalar, qattiq yonuvchi modda va materiallar mavjudligi bilan xarakterlanadi. Bu toifaga to‘qimachilik korxonalarining yigiruv, to‘quv fabrikalari, pardozlash fabrikalarining xom ashyo sexlari, gazlamalarning tukini kuydirish, maxsulot sifatini tekshirish va tayyor maxsulotni taxlash sexlari, umuman ishlab chiqarishning quruq jarayonlari kechadigan barcha sexlari, transformatorlar joylashgan xonalar, yonuvchi suyuqliklarni so‘ruvchi nasos stansiyalari kiradi.
Ishlab chiqarishning ―G‖ toifasiga yonmaydigan moddalar va materiallarning issiq, cho‘g‘langan yoki erigan holda ishlaydigan va ish jarayonida nursimon issiqlik ajratadigan uchqun va alanga chiqib turadigan, shuningdek qattiq, suyuq va gazsimon yoqilg‘i yoqiladigan sexlar kiradi.
Ishlab chiqarishning ―D‖ toifasiga yonmay digan moddalar va materiallarni sovuq holatda ishlaydigan sexlar kiradi.
Yonuvchi suyuqliklar, gazlar va bug‘lar yonilg‘i sifatida ishlatiladigan yoki shu xonaning o‘zida yoqib utilizasiya qilinadigan jarayonlar, shuningdek texnologiya jarayonida ochiq alangadan foydalaniladigan korxonalar ―A‖, ―B‖ va ―D‖ toifalariga kirmaydi.
Omborlar, ularda saqlanadigan materiallarning yong‘in jixatidan qanchalik xavli bo‘lishiga qarab toifalarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |