O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Download 4,58 Mb.
bet78/242
Sana26.01.2023
Hajmi4,58 Mb.
#903339
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   242
Bog'liq
6a653498aec87239c27a044c03033f5a TEXNOLOGIK JARAYONLAR XAVFSIZLIGI

Havo-ko‟pikli o‟t o‟chirish asboblari ishqorli elementlar va elektr uskunalaridan tashqari turli moddalarni o‘chirishda ishlatiladi. 7-rasmda OVP-4, OVP-50 va OVP-100 havo-ko‘pikli o‘t o‘chirish

asboblari keltirilgan. Bu asbob yong‘in yuzalarini 50-60 karralik ko‘pik bilan ta‘minlashi mumkin. O‘t o‘chirish asbobining qobig‘ida ko‘pik xosil qiluvchi qorishma, stakan ichida esa bosim ostida karbonat kislotasi joylashtirilgan.
Bu aerozolli o‘t o‘chirish asboblari transport vositalari va kuchlanishi 380V gacha bo‘lgan eletktr uskunalarida chiqqan yong‘inlarni o‘chirishda ishlatiladi.

7-расм.Ҳаво кўпикли ОВП-4 асбоби.1-баллон; 2-дастак; 3-карнайсимон


қувурча
Hozirgi paytda aerozolli o‘t o‘chirgichlarning qo‘lda ishlatiladigan OAX, OUB-3A, AUB-7A rusumli, ko‘chma SJB-50 va muqim OS-8M, OF-40 va SJB-15 rusumli turlari ishlab chiqarilmoqda.
Kukunli o‟t o‟chirish asboblarida o‘chiruvchi sifatida kukunli tarkiblar ishlatiladi. Bularga OP-1, OP-2- OP-2B- OP-8B1 va boshqalar misol bo‘la oladi.
Kukunli o‘t o‘chirish asboblari (OP) hozirda, ayniqsa, chet mamalakatlarda ko‘plab qo‘llanilmoqda. Ular uch xil turda; qo‘l asboblari, ko‘chma va muqim o‘t o‘chiruvchi asboblar sifatida ishlab chiqarilmoqda.
O‘t o‘chirish vositasi sifatida umumiy va maxsus qo‘llaniladigan kukunlar ishlatiladi. Umumiy kukunlar tez yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar, gazlar, yog‘ochlar va boshqa uglerodli moddalarni o‘chirishga mo‘ljallangan. Maxsus kukunlar esa ishqorli metallar, alyuminiy, kremneorganik birikmalar va boshqa o‘z-o‘zidan yonuvchi maxsulotlarda sodir bo‘lgan yong‘inlarni o‘chirish uchun mo‘ljallangan.
OP-10 rusumli kukunli o‘t o‘chirgich quyidagi qismlardan iborat: po‘lat korpus, qopqoq, tirgakli – ishga tushirish qurilmasini ulagich nippeli, ishchi ballon, sifon naychalar va ichki aerodinamik qismi, ortiqcha bosimni chiqarish klapani, yelka, ninasimon shtok.
OP-10 rusumli o‘t o‘chirgichning ishlash tartibi quyidagicha: ishga tushirish yelkasi bosilganda qo‘rg‘oshin tamg‘a buziladi va ninasimon shtok ballonning membranasini teshadi. Ishchi gaz (karbonat angidrid, havo, azot va boshqalar) ballondan nippelning me‘yorlov teshigi orqali sifon naygacha o‘tib, ichki aerodinamik qismiga keladi. Sifon naychasining markazida (uning uzunligi bo‘yicha) qator teshikchalar bo‘lib, shular orqali ishchi gazning bir qismi chiqib, kukunni qo‘zg‘atadi va changsimon holatga keltiradi. Hosil bo‘lgan havo-kukunli massa bosim ostida qopqa orqali tashqariga chiqadi va uni yong‘in o‘chog‘iga uzatiladi. Kukunli o‘t o‘chirgichdan foydalanganda, uni ag‘darmasdan qat‘iy tik tutish kerak.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish