O„zbekiston RespublikasiMehnat kodeksi O‗zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1995 yil 21 dekabr 162/1 sonli qarori bilan tasdiqlanib 1996 yil 1 apreldan amalga kiritilgan. Mehnat kodeksi 2 ta qismdan iborat:
Umumiy qism 4 bobdan iborat bo‗lib, 56 moddani o‗z ichiga oladi:
I Bob. Asosiy qoidalar (1-13 moddalar).
II Bob. Mehnatga oid munosabatlarning sub‘ektlari (14-20 moddalar). III Bob. Xodimlar va ish beruvchilarning vakilligi (21-28 moddalar). IV Bob. Jamoa shartnomalari va kelishuvlari (29-56 moddalar).
Maxsus qism 12 bobdan iborat bo‗lib, 238 moddani o‗z ichiga oladi: V bob. Ishga joylashtirish (57-71 moddalar).
VI bob. Mehnat shartnomasi (72-113 moddalar). VII bob. Ish vaqti (114-125 moddalar).
bob. Dam olish vaqti (126-152 moddalar).
bob. Mehnatga haq to‗lash (153-164 moddalar).
bob. Kafolatli to‗lovlar va kompensatsiya to‗lovlari (165-173 moddalar). XI bob. Mehnat intizomi (174-184 moddalar).
XII bob. Mehnat shartnomasi taraflarining moddiy javobgarligi (185-210 moddalar). XIII bob. Mehnatni muhofaza qilish (211-223 moddalar).
bob. Ayrim toifadagi odamlarga beriladigan qo‗shimcha kafolat va imtiyozlar (224-258 moddalar).
bob. Mehnat nizolari (259-281 moddalar).
bob. Davlat ijtimoiy sug‗o‗rtasi (282-294 moddalar). Mehnat kodeksi 16 bob, 294 moddadan iborat.
Mehnat muhofazasi bo‗yicha muhim me‘yoriy hujjatlardan biri ―Mehnat xavfsizligi standartlar tizimi‖dir (MXST).
MXST - mehnat jarayonida insonning sog‗lig‗ini va ish qobiliyatini saqlashga, xavfsizligini ta‘minlashga yo‗naltirilgan talablar, me‘yorlar va qoidalarni o‗z ichiga olgan o‗zaro bog‗liq standartlar majmuasidir. U 5 to‗rga bo‗linadi:
Tashkiliy-uslubiy standartlar.
Ishlab chiqarishdagi zararli, xavfli birliklarga talab va normalar standartlari.
Ishlab chiqarish uskunalariga xavfsizlik talablari standartlari.
Ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligi talablari standartlari.
Ishchilarning himoya vositalariga bo‗lgan talablari davlat standartlari.
MXST standartlar jamlanmasini, talablar, me‘yor va qoidalarni o‗z ichiga oladi va ish jarayonida xavfsizlikni ta‘minlash, kishilar ish qobiliyatini va sog‗lig‗ini saqlash uchun yo‗naltirilgan. Tizim shuningdek, umumdavlat, tarmoq, va korxonalar standartlarini o‗z ichiga oladi. Asos bo‗ladigan davlat standartlar tizimida atamalar ta‘rifi va tushunchalar berilgan bo‗lib, mehnatni muhofaza qilishda:
hisobga olinadigan ishlab chiqarishdagi zararli omillarning tasnifi;
ishlab chiqarish uskunalari va jarayonlariga, saqlanish vositalari;
bino va inshootlarga qo‗yiladigan xavfsizlik talablari bayon etilgan.
MXSTning mazmuni, tizimi va vazifasi, shuningdek tuzilishi, standartlar mazmuni va kelishuvi GOST 12.0.001.82 da ifodalangan bo‗lib, bunda:
birinchi ikki son (12) shu GOSTni MXST standartlar tizimini; uchinchi son (0) - tizim «ost» (tarmoq) shifrini;
keyingi uch son (001) - «ost»( tarmoq) tizim standartining tartib raqamini; va oxirgi ikki son (82) - standartning ro‗yxatga olingan yilini ko‗rsatadi.
Tarmoq standartlari (TS), umumdavlat standartlari negizida yaratilgan bo‗lib, mehnat muhofazasi qoida va me‘yorlariga aniqlikni ushbu tarmoq sharoitiga muvofiq kiritadi. Masalan, tarmoq standarti TS 46.0.12682. «ishloq xo‗jaligida mehnatni muhofaza qilish bo‗yicha uqitishlarni tashkil qilish»ning yagona tartibini o‗rnatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |