Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi (MXST)
Mehnat sharoitlarini me’yorlashtirish, ishchilar uchun sog’lom va xavfsiz ish sharoitini ta’minlash maqsadida mehnat xavfsizligi talablari asosida standartlar ishlab chiqilib ular ma’lum bir sistemaga solingan.
Korxonadagi, har bir ish joyidagi mehnat sharoiti mehnatni muhofaza qilish standartlari, qoida va me’yorlari talablariga muvofiq bo’lishi lozim.
1. Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi (MXST) haqida umumiy ma’lumotlar
MXST- bu ish faoliyati davomida ishchilarni sog’ligi va hayotini saqlash, xavfsiz ish sharoitlarini yaratishni ta’minlashga qaratilgan sanitariya-gigiena, metrologik, tashkiliy-texnik qoida va me’yor talablardan tashkil topgan o’zaro bog’langan standartlar kompleksidir.
MXST ning asosiy maqsadi- mehnat sharoiti xavfsizligini standartlashtirish bo’yicha yagona davlat siyosatini olib borishga yo’naltirilgan o’zaro bog’langan standartlar kompleksini o’rnatish.
Mehnat xavfsizligi talablarini standartlashtirish bo’yicha ishlar ikki yo’nalishda olib boriladi:
1. xavfsiz va sog’lom mehnat sharoitlarini yaratish bo’yicha talablarni aks ettiruvchi maxsus standartlarni ishlab chiqish;
2. standartlar va texnik shartlarga “Xavfsizlik talablari” degan maxsus bo’lim kiritish.
Birinchi yo’nalish mehnat xavfsizligi standartlari tizimi (MXST) ni ishlab chiqishda amalga oshiriladi.
O’z MXST ning ta’sir doirasi quyidagi standartlashtirish ob’ektlarini o’z ichiga oladi:
1- asosiy holat va umumiy tashkiliy- metodik asoslari;
2- mehnat xavfsizligini metrologik ta’minlash;
3- mehnat sharoiti xavfsizligini ta’minlash ishlarini tashkil etish bo’yicha umumiy xolat;
4- ishlab chiqarishning zararli va xavfli omillarini klassifikatsiyalash;
5- mehnat xavfsizligi bo’yicha terminlar va asosiy tushunchalarni aniqlash;
6- ishlab chiqarishning zararli va xavfli omillari bo’yicha mehnat xavfsizligini me’yor va talablari (elektrxavfsizlik, yong’in va portlash xavfsizligi, gigienik va umumiy talablar);
7- ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillarini me’yoriy ko’rsatkichlari;
8- ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillarini nazorat metodlari (o’lchash, sinash, taxlil qilish);
9- ishlab chiqarish jihozlariga, avtomat va yarim avtomat rejimida ishlaydigan ishlab chiqarish jihozlari guruhlariga xavfsiz ishlashni umumtexnik talablari va yana bu talablarni bajarilishini nazorat qilish va baholash usullari;
10- ishlab chiqarish jarayonlari va texnologik jarayonlar qo’rinishiga umumtexnik xavfsizlik talablari va bu talablarni bajarilishini nazorat qilish va baholash usullari;
11-ishchilarni himoya qilish vositalari klassifikatsiyasi .
Hozirgi kunda 370 nomdagi davlatlararo standart (GOST) lar ishlamoqda. Asosiy holatlarni tartibga soluvchi O’zbekiston davlat standartlari ham qabul qilingan. Mehnat xavfsizligi standartlari tizimiga “12” shifri berilgan va u 0 dan 9 gacha raqamlardan iborat shifr osti tizimlardan tashkil topgan. 6 – 9 tizimlari hozircha zahira hisoblanadi.
O’zbekiston MXSTining standartlari quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
1-tashkiliy –metodik standartlar;
2-ishlab chiqarishning zararli va xavfli ko’rinishdagi omillariga me’yor va talab standartlari;
3-ishlab chiqarish jihozlarining xavfsizligiga talab standartlari;
4-ishlab chiqarish jarayonlari xavfsizligiga talab standartlari;
5-ishchilarni himoya qilish vositalariga talab standartlari;
6- bino va inshoatlar xavfsizligiga talab standartlari;
7-9 –zahira.
MXST standartlari quyidagi sxemadagidek ifodalanadi.
1 – rasm. MXST standartlarining ifodalanish strukturasi.
MXST davlat miqyosida va korxona miqyosida bo’ladi.
Ko’plab chet ellarda, xalqaro tashkilotlarda ham shunday standartlar ishlab chiqilgan va ulardan eng yiriklari standartlash sohasidagi xalqaro tashkilot (ISO), uning tarkibiga kirgan Xalqaro Elektrotexnik Komissiya (MEK) hisoblanadi. Xalqaro Mehnat tashkiloti (MOT) da mehnat muhofazasi bo’yicha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqiladi.
Bir nechta foydalaniladigan tizimlarni ko’rib chiqamiz.
1-tizimni qurish asoslarining tashkiliy – uslubiy standartlari,
quyidagilarni belgilaydi:
-MXST ning maqsadlari, masalalari, yoyilish sohasi;
-mehnat muhofazasi sohasidagi atamalar;
-xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tasnifi;
-ishchi va xizmatchilarga xavfsiz mehnatni o’rganish tartibi va x.k.
Hozirgi paytgacha MXST ning 4 ta asos bo’luvchi standartlari ishlab chiqilgan:
2-“GOST 12.0.001 – 80” MXST. Asosiy qoidalar;
3- “GOST 12.0.002 – 80” MXST. Asosiy tushunchalar, atamalar va ta’riflar;
4- “GOST 12.0.003 – 74” MXST. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari. Tasniflar;
5- “GOST 12.0.004 – 79” MXST. Ishlovchilarni xavfsiz mehnatga o’rgatishni tashkillashtirish. Umumiy qoidalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |