1. MXSTning ahamiyati va vazifalari, uni amalga tadbiq qilish.
Mehnatkashlarning sog’lig’ini muhofaza qilish, xavfsiz ish sharoitlarini yaratib berish, kasbiy kasalliklarni va ishlab chiqarish jarohatlarini yo’qotish O’zbekiston Respublikasi xukumatining asosiy g’amxo’rliklaridan biri bo’lib, bu O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, “O’zbekiston Respublikasi Mehnatni muhofaza qilish haqida”gi qonun hamda VMning qarorlari va boshqa hujjatlar mehnat muhofazasining huquqiy asoslarida o’z ifodasini topgan.
Ushbu qonunlarni bajarilishida MXSTining amaliy ahamiyati juda kattadir, ya’ni mehnat muhofazasi bo’yicha qonunlarni bajarilishi uchun mehnat xavfsizligi standartlariga amal qilish zarurati tug’iladi.
MXST ning asosiy vazifasi xavfsiz va sog’lom mehnat sharoitlarini yaratish bo’yicha talablarni aks ettiruvchi maxsus standartlarni ishlab chiqish va ularni amalga tadbiq etishdan iborat. Masalan, ishlab chiqarish korxonalarda sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, havo muhitining changlanish va gazlanishi, shovqin, titrash, nurlanish va mehnatning boshqa zararli tomonlarini aniqlash hamda bartaraf etish GOCT 12.1.005-88 “Sexlarda mo’tadil sharoitlar sanitariya me’yorlari” bo’yicha, titrashni o’lchashdan olingan kattaliklarni sanitariya qoida va me’yorlari baholash CanPiN0063-96 bo’yicha belgilanadi.
Dastgoh, mashina va mexanizmlar loyihalari xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga javob berishi kerak. Birorta yangi mashina, dastgoh yoki mexanizm mehnat muhofazasi talablariga javob bermasa, ishlab chiqarishga joriy qilinmaydi. Bu borada tegishli standartlar ishlab chiqilgan.
“GOST 12.0.004 – 79. Ishlovchilarni xavfsiz mehnatga o’rgatishni tashkillashtirish. Umumiy qoidalar” ga asosan korxona ma’muriyati mehnat muhofazasi tadbirlarini rejalashtirishi, moddiy ta’minlashi zarur. Ayni paytda ishchi va hizmatchilarni yo’riqnomalar bilan tanishtirishi va ularni ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya qilishlarini ta’minlashlari lozim.
“GOST 12.2.004 – 79. -ishlab chiqarish jihozlarining xavfsizligiga talab standartlari bo’lib, yangi texnologik jarayonlarni, mashina – uskunalarni loyihalashda unga amal qilinishi shart.
Yangi yaratilgan mashinalarni tebranish ko’rsatkichlari tajriba yordamida GOST 12.1.034-81 MXST ”Tebranish. O’lchash olib borish uchun umumiy talablar” bo’yicha olib boriladi va mashina va mexanizm pasportida ko’rsatiladi. Ishlab chiqarish korxonalariga jihozni o’rnatilgandan keyin o’lchash natijalari biror ko’rsatkich bo’yicha ozgina oshganligi aniqlansa, ish joyini shovqindan himoyalovchilarni o’rnatish bilan himoya qilinadi va bu ishlar GOST 12.4.093-80 MXST “Tebranish. Statsionar mashinalar. Konstruktsiyani ushlab turuvchi shovkin tutkichni hisobi” bo’yicha olib boriladi.
Xulosa qilib aytganda, MXST O’zbekistonda mehnat xavfsizligi borasida olib boriladigan ishlarni tartibga solib turadi va bu boradagi ishlarda yagona davlat siyosatini olib borishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |