O‟quv ustaxonasida ishlatiladigan asboblar.
Stul tiski (gira)lari 3- rasmda ko‘rsatilgan. Bu tiskining qo‘zg‘almas 2 va qo‘zg‘aluvchan 3 jag‘lari bor. Qo‘zg‘almas jag‘ning uzaytiriladigan oyoqchasi 5 bor. Qisuvchi 4 yordamida tiskining jag‘larini bir-biriga yaqinlashtig‘ish va uzoqlashtirish mumkin.
Stul tiskilar yumshoq po‘latdan yasaladi, tiski jag‘larining ishlaydigan qismlari yetarli darajada qattiq bo‘lishi kerak. Tiski stoldagi qattiq plastina 1 ga vint bilan biriktiriladi.
1- rasm. Chilangarlik dastgohi:
- bir o‘rinli dastgoh: 1- dastgoh oyoqlari, 2- dastgohning ish o‘rni (taxtasi), 3- himoya turi, 4- chizma qo‘yiladigan joy, 5- nazorat o‘lchov asboblari turadigan tokcha, 6- elektr lampa, 7-gira 8- asboblar turadigan galadon, 9- o‘rindiq, b) - chilangarlik dastgohining yon tomonidan ko‘rinshyai; v) - chilangarlik dastgohiniig o‘lchamlari.
rasm. Ikki kishiga mo‘ljallangan ish o‘rni:
1- ish taxtasi, 2- gira, 3- o‘rindiqlar, 4- yog‘och taglik 5- chilangarlik asboblari, 6- texnologii karta turadigan joy, 7- elektr lampalari, 8- texnik chizmalar o‘rni, 9- dastgoh galadonlari.
3- rasm. Giraning umumiy tuzilishi: 1- qo‘zg‘almas qismi, 2- qo‘zg‘almas jag‘, 3-
qo‘zg‘aluvchan jag‘, 4- suriladigan qismi, 5-
yo‘naltiruvchi prizma, 6- stanina, 7- kesuvchi
gayka, 8- kesuvchi vint, 9- dasta.
Parallel tiskilar (5- rasm). Parallel tiskilarda qo‘zg‘aluvchan jag‘ni ochganda u qo‘zg‘almas jag‘ga nisbatan parallel hoatda qolaveradi, shuning uchun ham bu giraga shunday nom berilgan. Dastgohda ishlanganda ko‘pincha buriladigan parallel tiskilar 3 da ko‘rsatilganidek ishlatiladi. Bu giralar qo‘zg‘almas jag‘ 2 ga korpusi to‘g‘ri burchak shaklida teshilgan, shu teshikka qisuvchi vintning gaykasi 3 joylashgan. Qo‘zg‘aluvchan jag‘ 1 ning prizmatik quyrug‘i 4 to‘g‘ri turtburchak shaklida uyilgan teshikka kirib turadi. Qo‘zg‘aluvchan jag‘ning korpusidagi teshikdan o‘tkazilgan qisuvchi vint 5 stopor planka 9 bilan maqkamlab quyilgan.
4- rasm. Stol girasi:
1- dastgoh, 2- qo‘zg‘almas jag‘, 3- qo‘zg‘aluvchan jag‘, 4- kesuvchi vint, 5- girani dastgohga mahkamlab qo‘yadigan oyoqcha.
Tiskining qo‘zg‘almas jag‘i asos plita 7 ga markaziy bolt 8 bilan maqkamlangan va zarur bo‘lganda tiski shu bolt atrofida buriladi. Tiskini zarur holatda maqkamlab qo‘yish uchun vint 11 dan foydalaniladi.
Parallel tiskilar kul rang cho‘yandan ishlanadi. Tiskilarning o‘lchamlari jag‘larining eniga qarab belgilanadi, jag‘lar eni esa 60 mm dan 150 mm gacha, tiskining og‘irligi esa 3 kg dan 50 kg gacha bo‘ladi.
5- rasm. Buriladigan parallel tiski:
1- suriladigan jag, 2- qo‘zg‘aluvchan jag‘, qisuvchi gayka, 4- yo‘naltiruvchi iprizma,
5- qisuvchi vint, 6- qisuvchi vint gaykasi uchun T simon o‘q, 7- giraning asosi, 8- markaziy bolt, 9-stopor planka, 10- giraning buriladigan qismi, 11- girani dastgohga maqkamlab turadigan vint.
Dastgohda tiskining qanchalik to‘g‘ri o‘rnatilganligi unda ishlovchi talabaning bo‘yiga qarab tanlanadi. Parallel tiskini o‘rnatganda talaba tiski oldida to‘g‘ri turib, qo‘lini tirsakdan bukib, tirsak bilan tiski jag‘lariga tayanadi. (6- rasm) va barmoqlarini yozib yuborganda, qo‘l kukrakka qisilgan bo‘lishi kerak, agar tiski to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa, yozib yuborilgan barmoqlar iyakka tegib turishi lozim.
Parallel tiski talabaning buyiga qarab to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘ng qo‘lining tirsak qismi gorizontal holatda bo‘lib, tirsakning bukilgan joyi to‘g‘ri burchak hosil qiladi (6- rasm, a). Tiski noto‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa, tirsakning bukilgan joyi to‘g‘ri burchak hosil qilmaydi (6- rasm, b).
6- rasm. Tiskini buyga moslab o‘rnatish
a- talabaning buyiga qarab dastgohga o‘rnatilgan girani tekshirish, b- gira bilan to‘g‘ri ishlash.
7- rasm. Dastaki tiski:
a- odatdagi dastaki tiski: 1- jag‘lar, 2- qo‘loqli vint, 3- prujinasi, b- nafis ishlar uchun gira, v- dastaki giraga qistirib quyilgan sterjenlarni egovlash.
Tiski noto‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lsa, o‘ng qo‘lning tirsagi yo pastga tushib yoki ko‘tarilib turadn.
Do'stlaringiz bilan baham: |