Quyidagilar oqibatida kelib chiqadi:
Himoya to‘siqlarining nosozligi yoki mavjud bo‘lmasligi:
Detal yoki asbobning mustahkam o‘rnatilmaganligi.
Kesuv asboblar nosozligi yoki o‘tmaslashib qolganligi.
Harakat uzatuvchi tasmani dastgoh ishlab turgan vaqtida o‘rnatish olish.
Elektr jihozlari nosozligi, xususan yerga ulashning noto‘g‘ri bajarilganligi.
Ish o‘rnidagi tartibsizlik.
quyidagi oqibatlarga olib keladi:
Qo‘l va barmoqlarning jarohatlanishi.
Bilak suyagining sinishi.
Soch yoki boshqa a‘zolarni o‘rab ketishi.
Mo‘rt metallarga ishlov berishda chiqqan uchqundan jarohatlanish.
Ish boshlangunga qadar quyidagilar bajarilishi kerak:
Maxsus ishchi kiyim to‘g‘ri kiyilishi;
yeng uchidagi tugmani qadab olish, uni bog‘ich bilan bog‘lamaslik.
sochlarni bosh kiyim tagiga olish.
Himoya moslamalari mavjudligi va ishonchliligi, dastgoh korpusining yerga ulanishi to‘g‘riligini tekshirish.
Dastgohni erkin holatda ishlatib ko‘rish.
Asbob va namunalarni tegishli taglik yoki moslamada muayyan tartib asosida joylashtirish;
Ishlov beriladigan namuna yaroqliligini tekshirish ko‘rish;
Keskich va ishlov beriladigan materialni mustahkam o‘rnatish;
Dastgoh ishini erkin yuritib sinab ko‘rish, ishga tushirish qutisi sozligini tugmachalar bosish va richaglarni harakatlashtirish yo‘li bilan tekshirish.
Ish vaqtida:
Keskichni ishlov beriladigan namunaga bir tekis yaqinlashtirish, qirindi chiqishini oshirib yubormaslik kerak. Dastgohdagi detalni egov yoki qattiq tutqichga o‘rnatilgan qum qog‘oz bilan tozalash. Tutqich saqlash gardishiga ega bo‘lish, ish vaqtida qo‘l bilan tutib turilishi kerak.
Dastgohni to‘xtatishdan oldin keskich namunadan uzoqroqqa olinadi. Gayka va bolt kallaklariga mos keluvchi kalitlardan foydalanish. Ishlov beriladigan sim dastgohdan chiqib turmasligi kerak. Tarmoqda elektr toki uzilsa, darhol dastgohni ishdan to‘xtat, tugmasini bosib qo‘ishy.
Jarohatlanishning oldini olish maqsadida quyidagilar ta‘qiqlanadi:
boshni patron yoki ishlov berilayotgan namunaga haddan ziyod yaqin egish;
dastgohning aylanayotgan qismlari ustidan buyumlarni uzatish va olish;
dastgohka suyanish yoki o‘tirib olish, unga asboblarni qo‘yish;
dastgoh ishdan to‘liq to‘xtamagunga qadar ishlov berilayotgan detal o‘lchash, moylash, tozalash va qirindilarni olish;
kesuvchi asbob yoki ishlov beriladigan detalni latta yoki boshqa buyum bilan sovitish;
dastgoh ishi patronni qo‘l bilan ushlab to‘xtatish;
dastgohni o‘chirmagan holda qoldirib ketish;
ishlov berilayotgan detalni ushlash yoki tutib turish;
boshqa xalaqit beruvchi ish yoki suhbatga berilish.