O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


NAZORAT VA TOPSHIRIQ SAVOLLARI



Download 4,58 Mb.
bet110/242
Sana26.01.2023
Hajmi4,58 Mb.
#903339
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   242
Bog'liq
6a653498aec87239c27a044c03033f5a TEXNOLOGIK JARAYONLAR XAVFSIZLIGI

NAZORAT VA TOPSHIRIQ SAVOLLARI:





    1. Yog‘ochlarga mexanik ishlov berish texnologiyasi haqo‘ida so‘zlab bering.

    2. Yog‘ochlarga ishlov berishda ishlatiladigan dastgohlar tuzilishini ayting.

    3. Randalash dastgohilari haqida so‘zlab bering.

    4. Frezalash dastgohi haqida so‘zlab bering.

    5. Charxlash jarayoni qanday kechadi?

Mavzu: CHILANGARLIK KORXONASINING TEXNOLOGIK HAVFSIZLIGI VA ISHLAB CHIQARISH SANITARIYA VA GIGIYENA TALABLARI




Reja:

  1. Umumiy tushunchalar;

  2. Chilangarlik o‘quv ustaxonasida o‘tkaziladigan ishlarning turlari;

  3. O‘quv ustaxonasida ishlatiladigan asboblar;

  4. O‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish, chilangarlik o‘quv ustaxonalariga qo‘yiladigan talablar.



Tayanch iboralar: Chilangarlik, temirchilik, umumiy tartib, xavfsizlik texnikasi va sanitariya- gigiyena qoidalari, o‘quv ustaxonasining jihozlari, chilangarlik ish o‘rni, bir o‘rinli dastgoh, dastgoh oyoqlari, dastgohning ish o‘rni (taxtasi), himoya turi, chizma qo‘yiladigan joy, nazorat o‘lchov asboblari turadigan tokcha, elektr lampa, gira asboblar turadigan galadon.

Chilangarlik kasbi va ish turlari Markaziy Osiyoda temirchilik, qadimdayok, kasb sifatida shakllangan. Ishlab chiqarish qurollarining takomillashuvi, turli rangli metallarga ishlov berilishi xunarmandlar mehnatining bo‘linishiga olib keldi. Ayrim temirchilar mehnat qurollarini yasagan bo‘lishsa, boshqalari nafis uy buyumlariga sayqal berishgan, chilangarlar mayda metall buyum (ustara, qaychi, bigiz, arra, iskana kabi)larni yasashgan. Zamonaviy chilangarlik - bu dastgohlarda mexanik ishlov berishni to‘ldiradigan yoki metall buyumlar tayyorlashda yakuniy bosqich bo‘lgan mashina va mexanizmlarni yig‘ish hamda sozlash ishlaridir. Mashinasozlikda chilangarlikning ahamiyati katta bo‘lib, ustaning ishtirokisiz mashina, mexanizm yoki asbobni yig‘ib bo‘lmaydi. Chilangarlik ishlab chiqarishning barcha soxalarida keng qo‘llaniladi. Mehnatni ilmiy tashkil etish rejalash, kesish, to‘g‘rilash va egish, metall qirqish, parchinlash, shaberlash, kavsharlash, qalaylash, yelimlab biriktirish, asosan, qo‘lda bajariladi. Ko‘l mehnati bilan bajariladigan ishlar mexanik usuldagiga qaraganda birmuncha unumsiz bo‘lishi bilan birga katta jismoniy kuch talab qiladi. Shuning uchun ham imkoni boricha qo‘l mehnatini mexanizasiyalashga harakat qilinadi. Mehnatni ilmiy tashkil qilish ishlab chiqarish jarayonida eng kam vaqt, kuch hamda mablag‘ sarflagan holda mehnat resurslaridan samaraliroq foydalanishga, mehnat unumdorligini oshirishga imkon beradi.


Chilangarlik o‘quv ustaxonasida bajariladigan ishlar va uni o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad, chilangarlik kasbi haqida, ustaxonada rioya qilinadigan umumiy tartib, xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigiyena qoidalari, o‘quv ustaxonasining jihozlari, chilangarlik ish o‘rni va uni tashkil etish to‘g‘risida umumiy tushunchalar beriladi.
Chilangarlik o‘quv ustaxonasida o‘tkaziladigan amaliyotda ishlatiladigan asosiy material metalldir. Metall buyumlarni chilangarlik amaliyotlarida talabalar tayyorlashlarida metallni termik ishlaydigan dastgohlarning tarixi hakida ularni tanishtiradigan bo‘lsak birinchi navbatda parmalash dastgohlari hamda silindrik detallarni tayyorlaydigan dastgohlar haqida gapiriladi. 1672 yilda Peterburg shaqrida rus chilangar mexanigi Andrey Konstantinovich Nartov dunyoda birinchi bo‘lib metall qirqadigan tokarlik dastgohi yasadi. 1766 yilda rus mexanigi, kon ishlari masteri Ivan Ivanovich Polzunov bur mashinasi ixtiro qildi va yasadi. Sanoatda ishlatish uchun mo‘ljallangan bu eng birinchi dvigatel ikki silindrli bug‘ mashinasidan iborat bo‘lib, zavoddagi ko‘pgina mashina va mexanizmlarni bir yula harakatga keltira olar edi. Mashina dvigateli ishlab chiqarishda chilangarlar o‘z o‘rinlarini asta- sekin dastgohchi ishchilarga, ya‘ni tokarlar, pardozlovchilarga, sozlovchilarga va boshsalarga bo‘shatib berdilar.
Chilangarlik kasbi deganda dastaki va mexanizasiyalashtirilgan asboblar bilan bajariladigan hamda moslash maromiga yetkazish, xar xil qismlarni yig‘ma birliklar, komplektlar va komplektlarga biriktirish hamda ularni rostlash yo‘li bilan ko‘pchilik buyumlarni tayyorlash tugallaydigan ishlar tushiniladi.
Kasbni o‘rganganlik darajasi va turi, bilimlar o‘quv xamda kunikmalarning mavjudligi, ma‘lum mazmun va murakkablikdagi ishlarni bajarish yaroqliligi ishchining malakasini belgilaydi. Bu malaka tarif razryadi bilan baxolanadi. Tarif-malaka spravochniklarida malaka xarakteristikasi tarif razryadi berish uchun asos xisoblanadi. Unda ishchi o‘z ixtisosligi bo‘yicha tegishli tarif razryadi olish uchun
«nimani qila olishi» va «nimani bilishi» lozimligi ko‘rsatiladi.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish