Frezalash dastgohi. Frezalash dastgohi universal dastgoh bo‘lib, uning yordamida tilish, tirnoq chiqarish ishlari bajariladi, quloq, chok, konish, zakrov va boshqalar ochiladi. Frezalash dastgohida bajariladigan ishning turiga qarab unga mos keskichlar (frezalar) ishlatiladi.
Frezalash dastgohining asosiy qismlari: stanina, support, ish stoli, shpindel shkivi, almashinuvchi shpindeldan iborat.
Stanina frezalash dastgohining asosiy tutkich uzeli bo‘lib, uning yo‘naltiruvchilari bo‘ylab vint yordamida support yuqoriga yoki pastga qarab suriladi. Support o‘zi bilan birga shpindelni suradi. Shpindelning yuqori qismi ish stolidan chiqqan bo‘lib, unga har xil frezalar o‘rnatiladigan almashinuvchi shpindel o‘rnatiladi. Shpindel shkivi harakatni tasma orqali elektr dvigateldan oladi.
Almashinuvchi shpindelning yuqori qismi kronshteynga o‘rnatilgan podshipnikka kirib turadi. Frezalash ishlarini bajarishda ish stoli ustiga yo‘naltiruvchi chizg‘ich o‘rnatiladi. Yo‘naltiruvchi chizg‘ich ikki qismdan iborat bo‘lib, ular o‘zaro xomut yordamida biriktirilgan bo‘ladi. Yo‘naltiruvchi chizg‘ichning shpindel markaziga nisbatan siljishiga qarab frezalar ishlanuvchi yog‘ochga turlicha botib, har xil chuqurlikdagi o‘yiqlar hosil qiladi.
Frezalash dastgohida ishlash vaqtida quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish talab etiladi:
frezalash vaqtida frezalanadigan yog‘och materialni ishdan chiqarib (ortiqcha yoyib) qo‘ymaslik uchun yo‘naltiruvchi chizg‘ichlarni mahkam va aniq o‘lchamda o‘rnatish talab etiladi. Yo‘naltiruvchi chizg‘ichning aniq o‘rnatilganligini tekshirish uchun oldin biror keraksiz taxtani frezalab ko‘riladi.
-tirnoq chiqarish va quloq ochishda frezalar orasiga qo‘yiladigan halqalarni aniq tanlash kerak. Mos halqalar tanlanib frezalar o‘rnatilgandan so‘ng biror keraksiz taxtani frezalab ko‘rib, reja bo‘yicha frezalanganligi tekshiriladi yoki andaza yordamida tekshirib olinadi.
frezalash vaqtida qo‘lni frezalarga yaqin tutmaslik kerak.
dastgoh ishlab turgan vaqtda ish stolini arralashda hosil bo‘lgan to‘pondan tozalamaslik, yo‘naltiruvchi chizg‘ichni ishga sozlamaslik kerak. Bu ishlar dastgoh to‘xtatilgandan so‘ng bajariladi.
frezalash vaqtida taxta materialni frezaning faylanish yo‘nalishiga (kesish harakatiga) qarama- qarshi surish kerak. aks holda taxtani yo‘naltiruvchi chizg‘ichga jips tutib surish og‘irlashadi. Bu esa frezalashning bir tekis chiqmasligiga sabab bo‘ladi.
Pichoqlarni o‘rnatishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
Pichoqlar valga (kallakka) mahkam biriktirilishi lozim.
Val (kallak) aylanganda barcha pichoqning tig‘i bir xil silindrik sirtda aylanishi (bir xil aylana chizishi) lozim, aylanish radiuslari, ya‘ni barcha pichoqlar tig‘ining bir xildagi nuqtalaridagi o‘yiqlar yaxshilab tozalanadi, ularning hamda vkladishlarning pichoq sirti tegib turadigan sirtlarining tekisligi tekshiriladi.
Pichoqlar o‘yiqlarga o‘rnatilib, yengilgina mahkamlanadi.
Pichoqlar tig‘ining o‘zaro vaziyati taqqoslab tekshiriladi.
Pichoqlar yaxshilab o‘rnatilib, puxta mahkamlanganligi tekshiriladi.
Pichoq tig‘larining vaziyati tekshirilgach, pichoqlar val (kallak)ga obdan mahkamlab qo‘yiladi. Boltlarni burab mahkamlashni val (kallak) ning o‘rtasidagi boltdan boshlash va navbati bilan chetdagi boltlarga o‘tish kerak, aks holda pichoq yegilishi mumkin. Boltlar birdaniga oxirigacha buralganda ham pichoqlar yegilishi mumkin, shuning uchun ular bir necha harakatda sekin-asta burab mahkamlanadi; boltlarniig rezbalarini uzib qo‘ymaslik uchun ularni standart kalitlar bilan burash zarur.
Pichoqlar mahkamlangach, dastgoh yurgiziladi va val zarur chastotada aylana boshlagach to‘xtatiladi. Dastgoh to‘xtagandan keyin boltlarning hammasi kalit bilan yana burab mahkamlanadi va pichoqlar ko‘zdan kechiriladi, shundan keyingina dastgoh ishga tayyor hisoblanadi.
Pichoqlarning vaziyati juda sinchiklab tekshirilgan taqdirda ham pichoq tig‘i turli joyining aylanish radiuslari bir-biridan 0,04...0,06 mm farq qiladi. Shunga ko‘ra ish boshlashdan oldin pichoqlarning tig‘lari tekislanadi qo‘shimcha randalanadi. Zagotovkaning sirtiga shakl berishda shu tarzda randalangan pichoqlarning hammasi ishtirok etadi, natijada sirt sifatli bo‘ladi.
5-rasm. Frezalar:
a-freza kallagi; b-chorabzal freza; v, g- zakrov ochuvchi ilgak va disk; d-disksimon
freza; ye-disksimon freza qurilmasi; j, z- kombinasiyalangan freza kallaklari.
Do'stlaringiz bilan baham: |