O'quvchilarnin individual xususiyatlarini hisobga olish prinsipi.
Ta'lim-tarbiya jarayonining hamma tomonlari umumsinf o'quvchilari jamoasiga xos xususiyatlarga hal qilgan holda yo'lga qo'yiladi. Biroq, har bir o'quvchi o'ziga hos jismoniy, ahloqiy, ruxiy va boshqa xususiyatlarga egaki, bu uning o'quv faoliyatiga katta ta'sir ko'rsatadi.
Darsda har bir o'quvchining o'ziga xos xususiyatlarini to'la hisobga olish juda qiyin va har doim ham buning iloji bo'lavermaydi. Pedagog o'quvchilarning darsdagi va amali mashg'ulotlar jarayonidagi ishini, uy vazifalarini bajarishini kuzatadi, ularnin bilimi, yozma ishlari, yasagan ko'rgazmali mateiallarini tekshiradi. Darsdan tashqari vaqtlarda o'rtoqlari va boshqalarga bo'lgan munosabati, hulqi, irodaviy sifatlarini o'rganadi, ular bilan suhbat qiladi. Kuzatish jarayonida u o'quvchining kuchli va ojiz tomonlarini, uning qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xoirasi, diqqati, hayoliga mos bo'lgan xususiyatlarini bilib oladi, o'quvchilarning hayotiy va mehnat qobiliyatlarini o'rganadi. Bo'sh o'zlashtiruvchi dasturning ma'lum bir bo'limi yoki fan bo'yicha orqada qolish sabablarini aniqlaydi. O'qituvchi ularni bilib olgandan keyin birinchi navbatda yomon holatlarning ta'siriga bardosh berish choralarini ko'radi.
Masalan: o'uvchining ko'rish qobiliyati uncha yaxshi bo'lmasa yoki yomon eshitsa, uni birinchi qatorga o'tqizish kerak. Bu narsa diqati beqaror bo'lgan o'quvchilarga ham tegishlidir. Bundan tashqari, ulardan tez-tez so'rash, ularni o'rtog'ining javobini qaytarishga, to'ldirishga yoki u haqda o'z fikrini bildirishga majbur etish lozim.
Kasbiy ta'lim mazmuni
Ta'lim jarayoni – o'zining mazmuni bilan bo'lajak mutaxassis shaxsini shakllantirishga qaratilgan vazifani amalga oshiradi. Ta'lim sifatida bilimlar, ko'nikmalar va malakalarning yig'indisini faoliyat va munosabatda o'zlashtirishga qaratilgan maxsus ishlarning tashkil qilinishidir.
Ta'lim jarayoniga ilmiy yondashuvlar esa ta'lim mazmunini, bilimlar, malaka, ko'nikmalar, qarashlar hamda e'tiqodlar, shuningdek, bilish nazariyasi kuchi, amaliy tayyorgarliklar rivojlanishining muayyan darajasi – ta'lim tizimi yig'indisi hisoblanadi. Ta'lim mustaqil tizim bo'lib, uning vazifalari – jamiyat a'zolarini muntazam ravishda o'qitish va tarbiyalash orqali ularni ma'lum ilmiy boyliklar, ko'nikma va malakalar hamda ahloq normalari bilan qurollantirishdir.
Ta'lim mazmunining mohiyati unga bo'lgan turli xil ko'rinishdagi yondashuvlar bilan belgilanadi. Hozirgi davr ta'limi insonparvarlashtirish va ta'lim mazmunining mohiyatini shaxsga yo'naltirilgan yondashuvini maydonga olib chiqdi. Bunday yondashuv ta'lim mazmunini erkin tanlash imkoniyatini beradi. Shaxsga yo'naltirilgan yondashuvni amalga oshirish jarayonida shaxsning ta'limiy, ma'naviy, madaniy va hayotiy talablari qondiriladi. Eng muhimi shaxsga nisbatan insonparvarlik munosabati namoyon bo'ladi, ta'limiy sharoitda o'qish individualligi va mustaqil harakat qila olish imkoniyati shakllanadi. Jamiyat rivojlanishining har bir bosqichida ta'lim mazmuni muayyan maqsad va vazifalarga ega bo'ladi.
Ta'lim mazmuni davr talabi, nazariy bilim va ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasiga mos ravishda o'zgarib turadi. Bunga misol qilib hozirgi davr talabiga mos ravishda iqtisodchi-pedagog tayyorlashni olsak bo'ladi. Bo'lajak iqtisodchi-pedagog mutaxassislik fanlari bilan birgalikda pedagogika, psixologiya, kasb ta'limi uslubi fanlarini ham chuqur bilishi talab qilinadi. Ta'lim mazmuni ijtimoiy hodisa sifatida maydonga keladi va u o'zining boshlang'ich davrida amaliy ahamiyat kasb etgan, ya'ni insonlarning hayotiy ehtiyojlari uchun zarur hisoblangan bilimga bo'lgan talabni qondiradi. Demak ta'lim mazmuni bo'lajak iqtisodchi-pedagoglarga iqtisodiy ta'lim, iqtisodiy nazariya, iqtisodiy ma'lumot berish hisoblanadi.
Ta'lim mazmunini shakllantiruvchi tamoyillarga quyidagilarni kiritish mumkin.
Ta'lim mazmunining jamiyat, fan, madaniyat va shaxs muvofiqligi, tamoyili. Bunda ta'lim mazmuniga zarur bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarni, shuningdek, jamiyat, madaniyat va shaxs imkoniyatlari rivojlanishining zamonaviy darajasini aks ettiruvchi bilimlarni kiritishni ko'zda tutiladi.
O'qitishning mazmuniy jihatlarining yagonaligi tamoyili. Bu tamoyil o'quv jarayonining aniq xususiyatlari, uning tamoyillari, ularni amalga oshirish texnologiyalari va o'zlashtirish darajasi birligini aks ettiradi.
Turli darajadagi ta'lim mazmuni tuzilmasining yagonaligi tamoyili. Buni shakllantirish nazariy tasavvur, o'quv materiallari, ta'lim oluvchining shaxsi kabi qismlarning muvofiqlash-tirilishini taqozo qiladi.
Ta'lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili. Bu tamoyil shaxsning umuminsoniy madaniyati, uning ma'naviy ehtiyoji va qobiliyatlarining faol ijodiy va amaliy o'zlashtirilishiga shart-sharoit yaratishni taqozo qiladi.
Ta'lim mazmunining asoslanganligi tamoyili. Bu gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlarni jipslashtirish (integrasiyalash), uzviylik va fanlararo aloqalarni o'rnatishni talab qiladi.
Ta'lim mazmunini asosiy tashkil etuvchilar tuzilmasiga muvofiqligini ta'minlash tamoyili. Ta'lim mazmunini tashkil etuvchilarga quyidagilar kiradi:
Shaxsning tabiat, jamiyat, tafakkur, texnika to'g'risidagi bilimlar tizimini o'z ichiga oluvchi – kognitiv tajribasi.
Bu asosiy tashkil etuvchi hisoblanadi, chunki shaxs shakllanishining asosini bilim tashkil etadi. Bilimlar borliqni, tabiat, jamiyat, tafakkurning rivojlanish qonunlarini bilim natijasi sifatida belgilanadi. Bilimlarning asosiy funksiyasi dunyoning umumiy manzarasini yaratish, bilim va amaliy faoliyatni ta'minlash, yagona ilmiy dunyoqarashni yaratishdan iboratdir.
Amaliy faoliyat tajribasi. Bunga asosan malaka va ko'nikmalarni shakllantirish kiradi. Malaka va ko'nikmalar tashqi yoki amaliy, ichki yoki intellektual bo'lishi mumkin. Malaka va ko'nikmalar barcha o'quv fanlari uchun umumiy bo'lishi mumkin, har bir o'quv fani uchun o'ziga xos va xarakterli bo'ladi. Malaka va ko'nikmalar muayyan faoliyat turining asosini tashkil etadi. Faoliyatning esa bilish, mehnat, badiiy, ijtimoiy, iqtisodiy, qadriyatlarga yo'naltirilgan turlari bo'lishi mumkin.
Ijodiy faoliyat tajribasi. U yangi muammolarni hal qilish va voqelikni ijodiy qayta yaratishga tayyor bo'lishda namoyon bo'ladi.
Shaxs munosabatlari tajribasi. Bu asoslash – baholash, xissiylik, irodalilik munosabatlari. Bu tajriba dunyoga, voqelikka, odamlarga baho berish munosabatidaa namoyon bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |