Umumjahon savdo tashkiloti (UST) 1995 yilning 1-yanvarida tashkil topdi. UST ko’p tomonlama savdo tizimlarining huquqiy va institutional asosidir. U muhim shartnoma majburiyatlarni ta’minlaydi. Bu shartnoma majburiyatlari hukumatlarga ichki qonunchilikni shakllantirish va amalga oshirishda, shuningdek tashqi savdoni boshqarishni aniqlab beradi. UST 1947 yilda tashkil topgan va 1948 yilning 1- yanvaridan kuchga kirgan Tariflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv (GATT)ning
davomchisi hisoblanadi. UST kelishuvi xalqaro savdoning yangi qonuniyatlarini, Urugvaydagi ko’p tomonlama muzoqaralar jarayonida erishilgan bitimlarni umumiy idoraga jamlashni qamrab oladi. Bu qoidalar GATT doirasida 125 ta mamlakat ishtirokida yetti yil davom etgan va 1993 yilning 15 dekabrida Urugvayda tugagan ko’p tomonlama muzoqaralar natijasidir. Vazirlar 1994 yil aprelda Marokashdagi majlisda Yakunlovchi aktni imzoladilar. 15 apreldagi «Marokko deklaratsiyasi» Shuni tasdiqladiki, Urugvay raundi natijalari jahon iqtisodiyotini mustahkamlab, savdo va kapital qo’yilmalarini, bandlikni liberallashtirib, butun jahonda tushumlarni ko’payishga olib keladi. GATT-USTning qismi sifatida quyidagi asosiy qoidalarga ega:
Tariflar orqali milliy iqtisodiyotni himoyalash. GATT erkin savdo bilan shug’ullansa ham USTga a’zo mamlakatlari o’zlarining milliy sanoatini tashqi raqobatdan himoya qilish huquqiga egaligini tan oladi. Biroq, GATT mamlakatlardan tariflar orqali himoya qilishni talab etadi. Bu tamoyilni amalda bajarilishini ta’minlash uchun GATT qonun - qoidalariga ko’ra bir necha istisnolar bo’yicha miqdoriy cheklovlardan foydalanish man etildi.
«Tariflarni aloqalash». Davlatlar ko’p tomonli savdo kelishuvlari orqali milliy sanoatni qo’llab-quvvatlashni kamaytirishi, iloji bo’lsa, tariflarni kamaytirib, boshqa savdo to’siqlarini olib tashlashi kerak. Tariflar ma’lum darajada kamayib
«aloqa»ga kirmoqda. Aloqaga kirishish shuni bildiradiki, aniq bir mahsulotni munosabatga kirishishdagi tarif darajasi UST a’zosining majburiyatidir va asosiy savdo sherigi bilan kompensatsiya haqidagi kelishuvsiz tarifni oshira olmaydi.
«Eng qulay rejim» .GATT ning ushbu qonuni ajratmaslik prinsipi hisoblanadi. Qonunda ta’kidlanishicha, eksportyor va importyor davlatlarga o’zgartirilgan tarif va boshqa me’yorlar USTning a’zosi bo’lgan boshqa davlatlarga ham kamsitishlarsiz qo’llanilishi kerak. Xech qanday davlat boshqasiga alohida savdo foydasi yoki kamsituvchi choralar qo’ya olmaydi. Hamma bir xil darajada va hamma savdo to’siqlarini tushirish maqsadidagi barcha choralardan foyda oladi.
«Milliy rejim». Agar afzal ko’rilgan davlatlarda kamsitish man qilingan bo’lsa, «Milliy rejim» qoidasida esa bozorga chiqarilgan tovarlar davlat ichida ishlab chiqarilgan ekvivalent tovarlar bilan bir xil shart- sharoitda amalga oshirilishi kerak.
Umumjahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo’lish jarayoni qiyin va uzoq vaqtni talab qiladi. Birinchi bosqichda USTga qo’shilishni xohlovchi davlatlarning hukumat boshliqlari USTda kuzatuvchilik huquqini beruvchi ariza beradi. Bunda hukumat USTga yuboruvchi o’z memogapdumida mamlakatning savdo va iqtisodiy siyosatini to’liq qamrab olgan aspektlarni taqdim etadi. Bu memogapdum qo’shilish to’g’risidagi so’rovlarni to’liq o’rganish uchun asos bo’ladi. Shundan so’ng USTga ariza beruvchi davlatlar bo’yicha ishchi guruh tuziladi. Ishchi guruh yigilishlarida ariza bergan hukumat tovar va xizmatlar savdosiga nisbatan o’z huquq va majburiyatlarini aniqlab olishlari maqsadida qiziquvchi a’zo-mamlakatlar hukumatlari bilan ikki va ko’p tomonlama muzokaralar olib boradi. Muzokaralar natijasida USTga kirayotgan davlat tovarlar va xizmatlar savdosi bo’yicha bajarishi lozim bo’lgan va o’zgartirilmaydigan aniq bir tariflar beradi. Ariza beruvchi davlatning savdo rejimini o’rganish va bozorga kirishga imkon beruvchi muzokaralar
tuzish bilan ishchi guruh asosiy qo’shilish shartlarini ishlab chiqadi va yig’ilish natijasiga ko’ra USTga kirayotgan davlat to’g’risida qaror tayyorlaydi va bu hujjatlar bosh kengash yoki vazirlar konferensiyasida tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Qo’shilish to’g’risidagi qaror UST a’zolarining 2/3 qismi ovoz bergan taqdirda imzolangan hisoblanadi. USTga a’zo bo’lgan davlat Urugvay raundi qamrab olgan bitimlarni qabul qilishi va amalga oshirishi kerak bo’ladi.
Urugvay raundi yangi ko’p tomonlama savdo tizimi tashkil topishida muhim rol o’ynaydi. 1994 yilning 15 aprelida Marokashda (Marokko) 125 ta a’zo- mamlakatlarning vazirlari Urugvay raundi quyidagi tizimlardan tashkil topganligini tasdiqlovchi bitimni imzoladilar.
Umumjahon Savdo Tashkiloti to’g’risida Marokash bitimi.
Tovarlar savdosi
Xizmatlar savdosi.
Xizmatlar savdosi. Xizmatlar savdosi bo’yicha bosh bitim (GATS)
Intellektual resurslar huquqi (IPRS). Intellektual resurslar savdosi bo’yicha bitim o’z navbatida:
Chegaralangan ishtirokchilar soniga ega sektorial savdo bitimga.
Fuqaro aviatexnikasi bo’yicha bitimga.
Davlat xaridorlari to’g’risidagi bitimlarga bo’linadi.
2001 yilning noyabrida Doha shahrida (Qatar) USTning 4-vazirlar konferensiyasi bo’ldi. Uning natijasida «Doha taraqqiyot tartibi» savdo muzokaralarining yangi raundi bosqichi to’g’risida qaror qabul qilindi. Konferensiyada dunyo savdo tizimining liberalizatsiyasi bo’yicha qo’yidagi asosiy mavzular- xizmatlar, sanoat mollari savdosi tariflari, intellektual mulk huquqining savdo tomonlari, qishloq xo’jaligida ichki qo’llab-quvvatlash va eksportga subsidiyalar berish, «Singapur muammolari», savdo va investitsiya, raqobat borasida siyosat, davlat xaridlarida tgapsparentlik, savdo hamkorligi, savdo va atrof-muhit muammolari kabi mavzular ko’rib chiqildi. Bu muammolar bo’yicha turli qarashlar konsepsiyasi bilan bog’liq bo’lgan jahonning 148 mamlakatni savdo vazirliklari 2003 yilning 10-14 sentyabrida Meksikaning Kankun shahrida bo’lib o’tgan USTning 5- vazirlar konferensiyasi chog’ida savdo tizimini erkinlashtirish bilan bog’liq bo’lgan yagona fikrga kela olmadilar.
Jahon amaliyotida tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solishni tarif va notarif uslublari mavjud bo’lib, ularni qay me’yorda va qay ko’lamda qo’llanilishi har bir davlatning tashqi iqtisodiy siyosati va tashqi iqtisodiy faoliyatidagi asosiy yo’nalishlari bilan belgilanadi. UST talablariga ko’ra barcha tashqi savdo operatsiyalari imkon qadar tariflar yordamida, ya’ni bojxona bojlari asosida tartibga solishni maqsadga muvofiq.
UST tashkil etilgunga qadar GATT 1960-yillar oxirlarida notarif uslublarni tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solishda qo’llanilishi «xalqaro savdoni erkin oqimiga to’sqinlik qiluvchi, tarifdan o’zga barcha choralar»-deb e’tirof etgan. Ularni turkumlash va tegishli guruhlarga ajratish bo’yicha hozirgi kungacha xalqaro miqyosda kelishilgan va tasdiqlangan umumiy bir qoida yo’q. Shu tufayli tashqi
savdoni davlat tomonidan notarif uslublar asosida tartibga solishda xalqaro (universal) me’yoriy hujjat mavjud emas.
UST, xalqaro savdo palatasi, BMTning savdo va rivojlanish bo’yicha Konferensiyasi, Jahon taraqqiyot va tiklanish banki, AQSh tarif komissiyasi hamda turli olimlarning notarif uslublarini turkumlashga o’zgacha yondashuvlari mavjud. BMTni savdo va rivojlanish konferensiyasi tashqi savdodagi notarif uslublarni (notarif cheklovlarni) quyidagi turkumlarga bo’ladi va u umuman olganda USTning turkumlashiga mos keladi:
paratarif uslublar
narxlarni nazorat etish choralari
moliyaviy choralar
Paratarif uslublar o’z mazmuniga ko’ra tegishli davlat hududida xorijiy tovarlarni kiritish chog’idan bojxona bojlaridan tashqari mavjud bo’lgan barcha to’lovlar, soliqlar, aksizlardan tarkib topgan bo’lib, bojxona yoki boshqa savdoni nazorat etuvchi organlar tomonidan undiriladi. Bir ko’rishdan ular bojxona bojlari singari qo’llanilsada, iqtisodiy mazmuniga ko’ra notarif uslublar sanaladi. Masalan, qo’shimcha qiymat solig’i (QQS), aksizlar, bojxona undiruvlari, ichki soliqlar, maxsus maqsadli to’lovlar. Ular ichida QQS, aksizlar juda keng qo’llanilsada, ayrim davlatlarda esa o’zgacha tarzdagi to’lovlar, soliqlar tarzida belgilangan.
Masalan, Avstriyada «Eksportni rivojlantirish fondiga yig’im», Daniyada «Atrof muhit himoyasi uchun yig’im», Shvetsiyada «O’simliklarni himoyalash uchun soliq», Finlandiyada «Chiqindilarga kurash uchun yig’im» va boshqa shu kabi yig’im va soliqlar shular jumlasidandir. Umuman olganda paratarif uslublar tegishli mamlakatning yalpi bojxona rejimiga bilvosita ta’sir o’tkazadi.
Narxni nazorat etish choralari-import qilinayotgan tovarlar narxini sun’iy kamaytirishiga yoki eksporter davlatdagi eksport subsidiyalariga qarshi belgilangan barcha turdagi chora tadbirlarni o’z ichiga oladi. Bu holat ko’pgina importyor davlatlarga jahon eksport narxlaridan past narxlarda tovarlar kiritilishida uchraydi va antidemping to’lovlari (poshlinalarni) qo’llanilishini keltirib chiqaradi.
GATTning 1994 yillarda qabul qilingan VI-moddasiga (odatda u «Antidemping Kodeksi» deb ataladi) ko’ra, dastlab demping holatini (faktini) aniqlash uslubi orqali antidemping to’lovlari (poshlinalarni) qo’llash yuridik jihatdan asoslanishi lozim. Shundan so’ng, antidemping to’lovlarni (poshlinalarni) qo’llash uchun tegishli tekshiruvlar o’tkaziladi va u haqiqatda importyor davlatning tegishli tarmog’i uchun moddiy zarar yetkazganligini aniqlash kerak.
Ko’plab davlatlar o’rtasidagi savdo-sotiq operatsiyalarida antidemping tekshiruvlari tahlili shuni ko’rsatadiki, ko’pgina holatlarda «dempingdagi ayblov» to’liq isbotlanmay qoladi. Lekin, ushbu tekshiruvlarni boshlanish jarayonining o’zi davlatlar o’rtasidagi savdo-sotiq munosabatlariga, ayniqsa yirik eksportyor va importyor tashkilotlar o’rtasiga sovuqchilik tushiradi.
Bundan tashqari, ko’p davlatlar eksportga ko’mak berish maqsadida dotatsiyalar, soliq imtiyozlari, imtiyozli tariflar va boshqa turdagi moliyaviy vositalar bilan protensionistik siyosati tadbirlarini amalga oshiradilar. «Yangi proteksionizm»
deb nom olgan ushbu choralarni qo’llash tartibi UST doirasida qabul qilingan
«Subsidiyalar va kompensatsion poshlinalar to’g’risidagi Bitim»da o’z aksini topgan. Moliyaviychoralar- valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning o’ziga xos qoidalari tarzida tashqi savdo aloqalarida qo’llaniladi. (Masalan, tashqi savdo
operatsiyalaridan olingan valyuta tushumining bir qismini albatta sotish tartibi).
Miqdoriy nazorat choralari (kvotalash) tegishli mamlakatga muayyan tovarlarni kiritish va chiqarishdagi miqdoriy chegaralarni qo’llanilishida o’z ifodasini topadi.
GATTning 1994 yilda qabul qilingan hujjatlarida miqdoriy choralarni amaliyotda qo’llanilishidan voz kyechish-jahondagi tegishli iqtisodiy munosabatlarni erkinlashtirish omili sifatida belgilangan bo’lsada, u yoki bu tovar bo’yicha miqdoriy cheklovlarni qo’llashga ruxsat etilgan. Shu tufayli, ko’pgina davlatlar, mamlakatning to’lov balansida muvozanatni saqlash, ichki bozordagi raqobatni ta’minlash maqsadlarida miqdoriy cheklov (kvotalash) choralarini qo’llaydilar. Ko’p hollarda u import qilinayotgan tovarning fizik miqdori bo’yicha cheklov, (xususan tonna, dona, metr va h.k.) yoki tovarlar guruhi bo’yicha pul miqdoridagi cheklov (masalan, 5 mln. AQSh dollari hajmida) belgilandi.
Avtomatik litsenziyalash choralari, tegishli tovarni mamlakatga kiritish va chiqarishda muayyan hujjat-litsenziyaning mavjud bo’lishini talab etadi. Litsenziyalash kiritilishi bilan tovarlar savdosini monitoring qilish, kuzatish imkoni vujudga keladi. Odatda litsenziyalashning avtomatik tarzda amalga oshirilishi ko’pgina davlatlar tajribasida keng qo’llanildi. UST doirasida «Importni litsenziyalash tadbirlari to’g’risidagi Bitim» (Importni litsenziyalash Kodeksi) mavjud bo’lib, u import litsenziyalarini berishdagi rasmiyatchiliklarni soddalashtirish va unifikatsiyalashtirishga qaratilgan.
Monopolistikchoralar tarkibiga davlatning rivojlanish bosqichida ichki va tashqi savdo tizimini davlat qo’lida saqlanishiga oid bo’lgan tashkiliy jarayonlar kiradi. Tashqi savdoga davlat monopoliyasi u yoki bu tovar guruhiga yoki barcha tizimga ham taaluqli bo’lishi mumkin. Bunda ushbu tadbirlar ma’naviy asoslar, sihat- salomatlikni saqlash (masalan, alkogol va tamaki mahsulotlariga nisbatan), aholini uzluksiz dori-darmon bilan ta’minlash, oziq-ovqat bo’yicha xavfsizlik (masalan, don mahsulotlariga nisbatan), sanitariya-veterinariya nazoratini kuchaytirish maqsadlarida (masalan, oziq-ovqat va go’sht mahsulotlariga nisbatan) qo’llanilishi mumkin.
GATTning 1994 yilgi Bosh Bitimining XVII- moddasi tashqi savdoda monopolistik choralar qo’llanilishini nazarda tutadi va davlat savdo korxonalarining unda faoliyat yuritishini man etmaydi. Lekin, ular o’z faoliyatida diskriminatsiyaga yo’l qo’ymasliklari va tijorat prinsiplari asosida sifat va narx bo’yicha mutanosiblikni ta’minlashlari zarurligi alohida ta’kidlab o’tilgan.
Texnik choralar yoki texnik baryerlar. Import qilayotgan mamlakat o’z milliy standartlari asosida xavfsizlik va tovarlar sifatini nazorat etish maqsadida ushbu notarif uslubdan foydalandilar. Ushbu turkumga cheklovlar muayyan bir standartlar tarzida bo’lib, eksport qilinayotgan tovarlar sifatini ta’minlash, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, insonlar hayoti va xavfsizligini ta’minlash, atrof muhit himoyasi, milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan asoslangan bo’lishi lozim.
UST doirasida savdoda texnik barerlar to’g’risidagi Bitimga asosan har qanday davlat majburiy texnik standartlarini belgilashi mumkinligi ta’kidlab o’tilgan. Xususan, u tovarlarni qadoqlanishi, markirovkasiga ham tegishli bo’lishi mumkin. Amalda qo’llanilaetgan texnik barerlar texnik standartlar tarzida mahsulot sifatining texnik me’yorlarini (masalan, elektr toki quvvati, kuchlanishi, mahsulotning milliy o’lchov birliklar tizimiga mosligi, ekologik zararsizligi va h.k. talablar) ifodalaydi. Tashqi savdoda texnik barerlarni qo’llayotgan davlatlar xalqaro standartlar asosida uni belgilashlari yoki nima asosida kiritilayotganliklari haqida UST sekretariatiga xabar berishlari lozim.
Tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solishda asosiy o’rinni tarif uslublari xususan, import bojxona tarifi egallaydi. o’z tabiatiga ko’ra import bojxona tariflari bir-biriga bog’langan to’rt asosiy elementdan tarkib topadi:
mamlakatga kiritiladigan tovarlar turkumining (nomenklaturasi) tizimga solingan tarkibi. Odatda u Bojxona hamkorligi Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan va UST/GATT tizimida tan olingan «Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning komil tizimi» (ingl. Harmonised Commodity Description and Coding System) asosida amalga oshiriladi. Ko’pgina hollarda u sodda tarzda «Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi»;
bojxona qiymatini aniqlash uslublari va bojlar undirish tartibi. U tegishli davlatning Bojxona Kodeksi va Boj tariflari to’g’risidagi qonun va hukumatning maxsus qarorlari asosida amalga oshiriladi;
bojlarni kiritish va bekor qilish mexanizmi (tartibi). Bu elementlar ham Bojxona kodeksi, Boj tariflari to’g’risidagi qonun hamda hukumat yoki qonun chiqaruvchi organlarning maxsus qarorlari asosida amalga oshiriladi;
tovarlarni kelib chiqish mexanizmini aniqlash qoidalari. UST/GATT hamda xalqaro bojxona tashkiloti yo’riqnomalari, tavsiyalari asosida tovarga qaysi manzilda ko’proq qo’shimcha qiymat qo’shilganligiga asoslanib, unga asosiy ishlab chiqarilgan davlat manzilini belgilash.
Shunday qilib, tashqi savdoni tartibga solish uslublari o’ta murakkab va o’zaro bog’liq bo’lgan qoida va tartiblar bilan bir qatorda, turli yo’nalishdagi choralarni o’z ichiga oladi. Tashqi savdoda tarif va notarif uslublarni qay me’yorda qo’llanilishi tegishli mamlakatning tashqi savdo siyosatiga bog’liq.